Moliyaviy natijalari hisobi reja: Kirish Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari,ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiymanfaatlari


Download 37.65 Kb.
bet1/7
Sana25.02.2023
Hajmi37.65 Kb.
#1231315
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bux balans




MOLIYAVIY NATIJALARI HISOBI
REJA:
Kirish
1.Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari,ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiymanfaatlari
2. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularning turlari
3. Operatsion jarayonlardan olingan daromadlar va yo‘qotishlar
tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari,ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiymanfaatlari
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati
asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish
va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki
bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida
hisobning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llashdan iborat. Moliyaviy
natijalar hisobini yuritishda «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli
1-son BHMS, «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar» nomli
2-son BHMS, «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 3-son
BHMS, «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMS, «Inventarizatsiyani
tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMS, «Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya
hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli
21-son BHMSlar uslubiy asos sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki,
ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan.
Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko‘proq moliyaviy natijalarni yuzaga
chiqish o‘rni, shakli bo‘yicha o‘zgarishlariga ahamiyat beriladi, ya’ni
ularning analitik qatoriga ko‘proq ahamiyat beriladi.
Foyda iqtisodiy kategoriya, uning umumiy mohiyati quyidagicha
ifodalanadi:
- firma, kompaniya, korxonalarning qisqa va uzoq muddatli
rivojlanishining asosiy manbayi;
- kreditga layoqatligini ifodalovchi ko‘rsatkich ;
- mulk egasining asosiy maqsadi;
- raqobatga bardoshlikning mezoni;
- ijtimoiy - ehtiyojlarni qondirishning manbayi;
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlar
moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga
kirib barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va uni to‘ldirish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi
140-sonli buyrug‘i asosida belgilanadi.
366

Download 37.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling