Foydaning gorizontal tahlili
Ko‘rsatkichlar O‘tgan
yil
Hisobot
yili
Hisobot yili –
o‘tgan yilga
nisbatan, %
Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni
sotishdan sof tushum 4547,8 6548,9 144,0
Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)
tannarxi 2865,5 4449 155,2
Yalpi foyda (1 satr-2 satr) 1682,3 2099,9 124,8
Balans aktivi 7744,5 10543,7 136,1
Davr xarajatlari 435,9 572,5 131,3
Sof foyda 32,1 112,6 350,8
Gorizontal tahlil natijalari asosidagi xulosalar:
- tushumning o‘sish sur’ati (1,44)ning balans aktivining o‘sish
sur’ati (1,36) ga nisbatan yuqori bo‘lishi balans aktivi aylanishining
tezlashishiga, samaradorligining ortishiga olib kelgan;
- sof foyda (3,508)ning yalpi foyda (1,248) ga nisbatan o‘sish
sur’atini yuqori bo‘lishi korxonada soliq siyosati ratsional tarzda tashkil
etilganligini ifodalaydi;
- sotishdan kelgan tushum (1,44) o‘sish sur’atining yalpi foyda
(1,248) ga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi ishlab chiqarish xarajatlarining
ortib ketishiga olib kelgan;
- sotishdan kelgan tushumning davr xarajatlariga nisbatan yuqori
sur’atlarda o‘sishi davr xarajatlaridan nisbiy iqtisodga 55,1 mln so‘m
[572,5-(435,9x1,440)] olib kelgan. Vertikal tahlil orqali foyda turlari tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarga baho beriladi. Foyda solig‘i to‘lagunga qadar foydaga nisbatan yalpi foyda, davr xarajatlari, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan ko‘rilgan daromad, asosiy faoliyatning foydasi, moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad va xarajatlar, umumxo‘jalik faoliyatining foydasi, favqulodda foyda va zararlarning tutgan ulushlari o‘tgan yildagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi va tegishli xulosa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |