Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklining asosiy
ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi (sof) tushum.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda.
3. Asosiy faoliyatdan foyda (zarar).
4. Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar).
5. Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar).
6. Favqulodda foyda (zarar).
7. Soliq to‘langunga qadar foyda (zarar).
8. Sof foyda (zarar).
Ushbu ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish yuzasidan albatta korxonaning
quyidagi xarajat qatorlarini ham tarkiblash va farqlash lozim.
1. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2. Davr xarajatlari.
3. Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar.
4. Favqulodda xarajatlar.
Daromad va xarjatlarning bu tarkib turkumlanishi quyidagilarga
imkon beradi:
v Ishlab chiqarish xarajatlarini boshqa xarajatlardan farqlash va
korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga baho berish.
v Moliyaviy boshqaruv yuzasidan operatsion xarajatlarni boshqa
xarajatlardan farqlash.
v Korxona tomonidan olinadigan daromadlarni ularning yuzaga
kelishi yoki shakllanishi bo‘yicha alohida tarkiblash (asosiy faoliyatdan,
moliyaviy faoliyatdan hamda kutilmagan holatlardan).
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi yangi hisobot shakli ularning har
bir shakllanish qatori bo‘yicha to‘liq axborotlarni olish imkonini beradi.
Bu axborotlar ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarining manfaatlar
to‘qnashuvini keltirib chiqarmaydi. Agar shunday bo‘lganda moliyaviy
hisobotni tuzish qoidasi buzilgan bo‘lar edi, chunki moliyaviy hisobotdagi
ma’lumotlarda hech qachon bir turkum axborot foydalanuvchilar
foydasiga boshqa turkum zarari hisobiga aks ettirishlar bo‘lmasligi talab
etiladi. Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risidagi» Qonunining 6-moddasida ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |