3. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda
yoki zarar). Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi
quyidagi bog‘lanishlarda, ya’ni mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan
olingan foyda summasidan davr xarajatlari tarkibiga kiruvchi sotish
xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va boshqa umumxo‘jalik xarajatlarini
chegirish hamda asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan
daromad va xarajatlarni tartibli farqlash asosida aniqlanadi.
4. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (zarar). Moliyaviy faoliyatdan
olingan foyda va zararlar qatoriga moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobotda quyidagi umumlashgan ko‘rsatkichlar kiritilgan.
368
- sho‘ba va qo‘shma korxonalardan olingan dividendlar;
- boshqa olingan dividendlar;
- sho‘ba va qo‘shma korxonalarga berilgan va olingan qarzlar
bo‘yicha foizlar;
- boshqa to‘langan va olingan foizlar;
- valuta kursining o‘zgarishidan farqlar;
- moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar va xarajatlar.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasiga moliyaviy
faoliyatdan olingan natijani qo‘shish asosida umumxo‘jalik faoliyatidan
moliyaviy natija (foyda, zarar) aniqlanadi.
5. Umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija. Umumxo‘jalik
faoliyatidan olingan moliyaviy natija soliq to‘loviga qadar foyda summasidan
yoki hisob foydasi summasidan favqulodda foyda va zararlar
summasiga farq qiladi.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda summasi moliyaviy natijaning
shakllanish qatori emas, balki uni jamlovchi qator sifatida tarkiblanadi.
6. Favqulodda foyda (zarar). Favqulodda foyda (zarar) – korxona
tomonidan odatiy hol hisoblanmagan va uch yillik oraliqda bunday
faoliyat bilan shug‘ullanmagan holatlardan oladigan daromad va
yo‘qotishlar favqulodda foyda va zararlar qatoriga kiritiladi.
Favqulodda foyda va zararlar moliyaviy natijalar shakllanishining
uchinchi tarkibi sifatida qaraladi.
Kutilmagan suv toshqini, yong‘inlar, tabiiy ofatlar ta’siridagi yo‘qotishlar
ham ushbu qatorga kiritiladi. Ular bo‘yicha foyda va zararlarning
boshqa shakllanish qatorlarida soliqqa tortish bo‘yicha hech qanday
farqlanish yo‘q. Agar foyda olinadigan bo‘lsa, u bo‘yicha ham tegishli
tartibda soliq to‘lanadi, zarar olinadigan bo‘lsa, umumxo‘jalik faoliyatidan
olinadigan foyda summasi zarar summasiga kamaytiriladi. Lekin
amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki ularning shakllanish
ehtimoli nihoyatda qisqa yoki kam. Bo‘lgan taqdirda ham faqat zarar
shaklida bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |