Аудиторское заключение


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/140
Sana12.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1700217
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140
Bog'liq
Audit fanidan masalalar to`plami

 
3-masala. Korxonada muddatidan avval eskirishi oqibatida ikkita 
boshlang‘ich qiymati 135000 so‘mdan bo‘lgan muzlatgich hisobdan chiqarilgan. 
Muzlatgichlardan birining amortizatsiya ajratmalari 118000 so‘mni, ikkinchisiniki 
esa 120000 so‘mni tashkil qilgan. Tugatish dalolatnomasida amortizatsiya to‘liq 
hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yo‘qligi deb 
ko‘rsatilgan. Muzlatgichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj uchun 
3750 so‘m ish haqi hisoblangan, 4000 so‘m metalalom hamda 9500 so‘mlik ehtiyot 
qismlar korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan 
muzlatgichlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan moliyaviy natijani 30650 so‘m deb 
baholab, uni 9590 schyotga hisobdan chiqargan.
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri 
hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing. 
 
4-masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida shu narsa aniqlandiki, tekshirish 
davrida tasdiqlangan dalolatnomaga muvofiq eskirish natijasida 2 dona yuk 
ko‘taradigan uskunalar hisobdan chiqarilgan. Ular bo‘yicha amortizatsiya summasi 
140000 so‘mni tashkil etadi. Hisobdan chiqarish natijasida 3000000 so‘mlik 
metallom kirimga olingan. YUk kqtargich uskunalarini demontaj qilish uchun 
ishchilarga 280000 so‘m ish haqi hisoblangan va 2010-»Asosiy ishlab chiqarish 
schyotiga» o‘tkazilgan. Kirimga olingan metallom buxgalteriya hisobida 1090 
schyotning debeti va 9320-schyotning kreditiga yozuv qilingan. Har bir yuk 
ko‘targich uskunasining tugatish natijalari buxgalteriyada alohida hisobga 
olinmagan va tegishli analitik schyotlarda aks ettirilmagan. Dalolatnomada 
ko‘rsatilishicha yuk ko‘tarish uskunalarini muddatidan ilgari hisobdan chiqarilishiga 
asosiy sabab undan uzluksiz ravishda foydalanilganligi va yuqori namlik joyda 
ishlatilishi ekanligi kqrsatilgan. 
Korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobi registrlarida yuqoridagi 
muomalalar quyidagicha aks ettirilgan: 
D-t 9210 sch, K-t 0130 sch -180000 so‘m 


103 
D-t 0230 sch, K-t 9210 sch -140000 so‘m 
D-t 9431 sch, K-t 9210 sch -403000 so‘m
D-t 1040 sch, K-t 9210 sch -300000 so‘m 
D-t 2010 sch, K-t 6710 sch -280000 so‘m 
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri 
hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik 
dalolatnomasini tuzing. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling