Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
1-masala. Auditorlik hisobotini imzolashdan oldin, auditor shuni aniqladiki, mijozning filiallaridan biriga kuchli shamol tufayli katta ziqn etkazilgan. Bu hodisa moliyaviy hisob sanasidan keyin ro‘y bergan. Zarar sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplanmaydi. Talab qilinadi: Bu hodisa kompaniyaning moliyaviy hisobotiga ta’sir ko‘rsatadimi? Agar shunday bo‘lsa buxgalteriya hisobida nima o‘zgaradi? 2-masala. Audit o‘tkazish davrida keyingi yilning boshida shartnoma tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra sizning mijozingiz tovar-moddiy boyliklar sotadi va hisobot yilidagiga nisbatan 10 marta ko‘proq daromad olishini aniqladingiz. Talab qilinadi: Bu xo‘jalik muomalasi tekshirilayotgan yil hisobotiga va auditor xulosasiga qanday ta’sir qiladi? 3-masala. Asosiy vositalarni tanlov asosida inventarizatsiya qilishda dastlabki narxi 800000 so‘m, amortizatsiyasi 300000 so‘mlik ob’ekt etishmasligi aniqlandi. Hisobot yilining dekabr oyida bu ob’ekt shartnomaga ko‘ra uning narxi 1560000 so‘m inventarizatsiya o‘tkazish paytida auditorga shartnoma va qabul qilish-topshirish akti taqdim etilgan. Xaridor bilan hisob kitoblar amalga oshirilgan. 186 Bu xo‘jalik muomalasi hisobot yilining 31 dekabriga bo‘lgan holati bo‘yicha buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilmagan. Talab qilinadi: Xo‘jalik muomalasiga auditor nuqtai nazaridan baho bering, bu korxona moliyaviy hisoboti va auditor xulosasiga qanday ta’sir qiladi? 4-masala. “Xolis” kompaniyasi bosh buxgalteri kasalligi tufayli, tugayotgan hisobot davri uchun malakasi yuqori bo‘lmagan buxgalter yordamchisi kompaniyaning buxgalteriya balansini tuzdi. Tuzilgan balansda bir qator xatoliklar mavjud. YOrdamchi buxgalter qisman balans to‘g‘risida tushunchaga ega ekanligi va uning barcha muomalalarning natijalarini qo‘shilishi, ya’ni yig‘ish orqali tuzilishini bilganligi bois kompaniya balansini tuzdi. Lekin natijalar balans (tenglik)ni keltirib chiqarmadi va tenglikni keltirib chiqarish uchun u xususiy kapital summasiga korrektirovka kiritish orqali balansni chiqardi. Balans moddalari summalari to‘g‘ri aks ettirilgan, ammo xususiy kapital summasida xatolik mavjud. “Xolis” kompaniyasining 201 yil 1 yanvar holatiga Buxgalteriya balansi Aktiv Summa Majburiyatlar Summa Kassa $ 2,000 Olinadigan schyotlar $3000 Kanselyariya tovarlari 1,000 Xizmat ko‘rsatishdan olingan daromad 35,000 Er 22,000 Mulk solig‘i bo‘yicha xarajatlar 800 Reklama xarajatlari 500 To‘lanadigan schyotlar 8,000 Ofis mebeli 10,000 Xususiy kapital To‘lanadigan veksel 16,000 Ijara xarajatlari 4,000 Jami xususiy kapital 8,700 Jami aktivlar $ 55,500 Jami majburiyatlar va xususiy kapital $55,500 Topshiriq: 1. 201 yil 1 yanvar holatiga to‘g‘ri buxgalteriya balansini tuzing. Aktivlar va majburiyatlar summasini hisoblang. So‘ngra xususiy kapitalning to‘g‘ri summasini chiqarish uchun farqlarni aniqlang. 2. YUqorida keltirilgan moddalarning ayrimlari nima uchun buxgalteriya balansida aks ettirilmasligi kerakligini izohlang. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling