Аудиторское заключение


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/140
Sana12.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1700217
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140
Bog'liq
Audit fanidan masalalar to`plami

MAVZU BO’YICHA MASALALAR 
1-masala. Auditor buyurtmachilaridan birining hali e’lon qilinmagan balansini 
auditorlik tashkilotning boshlig‘i boshqa xodimlari bilan muhokama qilmoqda.
Aniqlang: Bu holatda sir saqlash majburiyati buzilganmi? Holatlarni tahlil 
qiling. 
2-masala. Yillik hisobotni tekshirish jarayonida auditor buyurtmachi 
tomonidan raqobatbardosh korxona sotib olinayotganligini aniqladi. Agar bu 
ma’lumotlar ma’lum bo‘lsa, raqobatbardosh korxona aksiyalari kursi oshadi. 
Auditor vositachi tomonidan korxona aksiyalarini sotib olishga qarshi emas va shu 
tarzda u ko‘proq foyda olish imkoniyatini qidirmoqda.
Aniqlang: Bunday holatda u o‘zining professionallik majburiyatini 
buzmayaptimi? Holatlarni tahlil qiling. 
3-masala. Audit o‘tkazish jarayonida bosh auditor auditorga audit 
o‘tkazilayotgan korxonaning soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarini O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq qonunchiligiga asosan tekshirib chiqish yuzasidan topshiriq 
berdi. Tekshiruv tugagach, auditor soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarda hech qanday 
xato aniqlanmaganligini ma’lum qildi. Audit jarayonida bir haftadan so‘ng 
auditorlik hisoboti va ijobiy auditorlik xulosasi tayyorlandi. Ikki oy o‘tgandan so‘ng 


26 
soliq inspeksiyasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, soliq hisob-kitoblari bo‘yicha bir 
qator kamchiliklarni aniqladi. SHunga ko‘ra, korxona, hisoblangan soliq va 
jarimalarni to‘lashi zarur bo‘ldi. Mijoz qonuniy asosda auditorlik tashkilotiga nima 
sababdan bu xato-kamchiliklar tekshirish paytida aniqlanmaganligi haqida murojaat 
qildi.
Aniqlang: Bu holatga qanday baho berasiz? Holatlarni tahlil qiling. 
 
4-masala. Sug‘urta kompaniyasi auditorlik tashkilotiga audit o‘tkazishni taklif 
qildi. Ammo auditorlar orasida sug‘urta kompaniyasi faoliyatini yaxshi biladigan 
mutaxassis yo‘q. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling