Auksion narxi kimoshdi savdosi natijasida aniqlangan tovar narxi


Download 20.85 Kb.
bet4/4
Sana08.02.2023
Hajmi20.85 Kb.
#1176273
1   2   3   4
Bog'liq
Narxlash

Oligopoliya - sanoatda bir emas, balki bir nechta firmalar hukmronlik qiladigan bozor turi.
O‘zgaruvchan xarajatlarning qiymati nimaga qarab o‘zgaradi мahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining o‘zgarishi bilan o‘zgaradi;
O‘zgaruvchan xarajatlar qanday xarajatlarni o‘z ichiga oladi - ishlab chiqarish uchun moddiy xarajatlarni, shuningdek, ishchilarning ish haqini o‘z ichiga oladi;
O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovar bojxona bojlaridan va aksiz solig‘idan ozod qilingan bo‘lsa, QQSni hisoblashda qaisi formulani qo‘llash kerak - QQS stavkasi x Tovarning bojxona qiymati = QQS.
Psixologik omillarni hisobga olgan holda narx belgilash usulinig mohiyati nimadan iborat - tovar narxining iste’molchining mahsulot haqidagi idrokiga ta’sirini ta’kidlaydigan narx belgilashga yondashuv;
Qiymat nazariyasining asoschilari bo'lib kimlar hisoblanadi - A.W.Petti, A.Smit, D.Rikardo.
Qiymat nazariyasiga ko‘ra, tovar narxi nimaga asoslanadi - tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan belgilanadigan mahsulot tannarxiga asoslanadi.
Qaysi usul olib kiriladigan tovarning bоjxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli bo'lib hisoblanadi - olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha aniqlash usuli.
Raqobat - xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi ishlab chiqarish omillaridan unumli foydalanish uchun, uning barcha ishtirokchilari uchun yagona qoidalarga ega bo’lish uchun kurash.
Raqobatchilarga yo’naltirilgan narxlar qanday turlarga bo'linadi - narxlarni pasayishini ko’rsatib berish, narxlarni ko’tarilishini ko’rsatib berish, tajribaga asoslangan egri chiziq asosida, narx bo’yicha ilg’orlik.
Raqobatchilarga asoslangan narxlarni shakllantirish metodlariga qanday metodlar kiradi - joriy narxlar metodi, narx bo’yicha ilg’orga yo’naltirilgan metod.
Sifatli kоn’yunktura tahlilini amalga oshirish uchun to’plangan ma'lumotlar qanday guruxlarga bo’linadi - o’tgan davr kon'yunktura ma'lumotlari, tadqiq qilinayotgan davr kon'yunktura ma'lumotlari, kеlgusidagi kon'yunkturaga ta'sir etuvchi ma'lumotlar.
Sifat nima - milliy iqtisodiyotning rivojlanish dinamikasi va darajasidan tortib, har qanday iqtisodiy birlik doirasida sifatni shakllantirish jarayonini tashkil etish va boshqarish qobiliyatigacha bo‘lgan ko‘plab omillarning jami namoyon bo‘lishini aks ettiruvchi sintetik ko‘rsatkich.
Taklif - sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) o'z tovarini bozorda ma'lum narxlarda sotish uchun taklif qilish qobiliyati va istagi bo’lib hisoblanadi.
Talab - haqiqiy yoki potentsial xaridorning, iste’molchining o‘zida mavjud bo‘lgan, ushbu xarid uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan foydalangan holda mahsulotni sotib olish imkoniyati.
Talab qonuni - tovar narxining oshishi bilan talab hajmining kamayib borishi, ya’ni talab miqdori va narx o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjudligi haqidagi tushuncha.
Talabning egiluvchanligi (elastikligi) - tovar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishi natijasida yalpi talabning o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Talabga asoslangan narxlash usulida mahsulot narxi qanday belgilanadi - mahsulot narxini ishlab chiqarish va tarqatish xarajatlariga qarab emas, balki birinchi navbatda talabning intensivligiga qarab belgilovchi narx belgilanadi;
Tender narxi qanday belgilanadi - firma tomonidan taklif qilinadigan narx bo‘lib, u birinchi navbatda o‘z xarajatlari darajasi yoki mahsulotga bo‘lgan talabning kattaligi bilan emas, balki raqobatchilar taklif etayotgan narxlar bilan belgilanadi;
Tovar yoki xizmatlar ishlab chiqaruvchisi narxlarni belgilashda qanday asosiy maqsadlarga erishishi mumkin - korxonani saqlab qolish, maksimal joriy daromad olish,maksimal joriy foyda olish;
Tovarlarga yakuniy narxni belgilashdan oldin korxona qanday masalalarni ko‘rib chiqishi kerak - sotuvchi narxning nafaqat iqtisodiy, balki psixologik omillarini ham hisobga olishi kerak, taklif etilayotgan narx belgilangan narx siyosatiga muvofiq tekshirilishi kerak, boshqa bozor ishtirokchilarining taxminiy narxga munosabatini hisobga olish kerak.
Talabga asosida shakllanadigan narxlar qanday turlarga bo'linadi - qabul qilinadigan qimmatdorlik metodi bo'yicha, maksimal mumkin bo’lgan narx, talab asosida belgilanadigan narx.
Talabga asoslangan narxlarni shakllantirish metodlariga qanday metodlar kiradi - birja savdolari metodi, auksion savdolari metodi, tender savdolari metodi.
Tijorat korxonasining muvaffaqiyatini qanday tashkil etuvchilar belgilab beradi - ilmiy asoslangan narx strategiyasi, oqilona narx taktikasi va narx belgilashning to’g’ri metodikasi.
Taklif hajmi nimaga bog'liq - nafaqat narxga, balki bir qator nonarxiy omillarga, jumladan ishlab chiqarish imkoniyatlariga, texnologiya holatiga, resurslar bilan ta'minlanishga, boshqa tovarlar narxlari darajasiga, inflyatsion kutilmalarga bog'liq.
Taklif qonuninining ma'nosi nimadan iborat - boshqa omillar o'zgarmagan holda, mahsulot narxining oshishi bilan taklifning qiymati (hajmi) ortadi.
Taklif qonuni qanday bog'liqlikni ifodalaydi - bu ma'lum bir davrdagi tovar yoki xizmatlarning narxi va taklifi o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikni ifodalaydi.
Taklifga qanday omillar ta'sir qiladi - o'rnini bosuvchi mahsulotlarning mavjudligi, bir-birini to'ldiruvchi tovarlarning mavjudligi (to'ldiruvchi), texnologiya darajasi, resurslarning hajmi va mavjudligi, soliqlar va subsidiyalar, tabiiy sharoitlar, kutishlar (inflyatsion, ijtimoiy-siyosiy), bozor hajmi.
Taklifning egiluvchanligi (elastikligi) nimani tavsiflaydi - tovar taklifining narxlarining o'zgarishiga sezgirligini (reaktsiyasini) tavsiflaydi.
Tovarlarni import qilganda bojxona chegarasi orqali olib o'tishda qanday soliqlar va to'lovlar to'lanadi - bоjxona boji, qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, bojxona yig'imlari.
Tovarning bоjxona qiymatini aniqlashning nechta usuli mavjud - 6 ta usuli mavjud.
Xarajatlar asosida shakllanadigan narxlar qanday turlarga bo'linadi - chegaraviy narx, zararsizlikka asoslangan narx, maqsadli narx, ustama qo’yilgan narx.
Chakana narx qachon qo‘llaniladi - chakana savdo nuqtalarida yakuniy individual iste’molchilarga tovarlarni sotishda;
Download 20.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling