Auksion narxi kimoshdi savdosi natijasida aniqlangan tovar narxi
Download 20.85 Kb.
|
Narxlash
Auksion narxi - kimoshdi savdosi natijasida aniqlangan tovar narxi; Agar aksiz solig‘i solinmaydigan, bojxona boji solinadigan tovar import qilinsa, QQSni hisoblashda qaisi formulani qo‘llash kerak - QQS stavkasi x (Tovarning bojxona qiymati + bojxona bojlari)=QQS. Bozor kon'yunkturasi - talab, taklif va narxning nisbatini tavsiflovchi va joriy vaqtda bozorda yuzaga kelgan vaziyat, shart-sharoitlardir. Bozor kon'yunkturasi - omillar, kuchlar, shart-sharoitlar majmuasi ta’siri ostida cheklangan vaqt oralig’ida joriy vaqtda shakllangan bozor holati yoki aniq vaziyat. Bоjxona hududiga olib kiriladigan tovarning bоjxona qiymati - tovarning bоjxona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bоjxona to'lovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar uchun yakuniy narxni tanlash jarayoni qanday omillarga qarab amalga oshiriladi - mahsulot tannarxi, raqobatchilar bahosi, talab va taklif nisbati va boshqa omillarga qarab amalga oshiriladi; Bozor narxlari funksiyalariga nimalar kiradi - hisobga olish va o‘lchov, rag‘batlantirish, talab va taklifni muvozanatlash, taqsimlash (qayta taqsimlash), ishlab chiqarishni oqilona taqsimlash vositasi sifatida, axborot berish (informatsion); Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlar nimalarni belgilab beradi - ishlab chiqarishning tuzilishi (strukturasi) va hajmini, moddiy oqimlar harakatini, tovar massasini taqsimlanishini, jamiyatning turmush darajasi. Bozor munosabatlari sharoitida korxona tomonidan to’g’ri narx siyosatini olib borilishi qanday darajadalarda iqtisodiy tahlilni olib borishni ko’zda tutadi - mamlakat iqtisodiyoti darajasida, tarmoq darajasida, firma (korxona) darajasida. Bozor kon'yunkturasi tushunchasi qaysi tildan olingan va u qanday ma'noni anglatadi - lotincha - “conjungo” so’zidan olingan bo’lib, bog’layman degan ma’noni anglatadi. Bozor kon'yunkturasi tushunchasi nimani tavsiflaydib - mazkur tovar turiga bo’lgan talab va taklifning ma’lum bir nisbati hamda narxning darajasi va nisbatini tavsiflaydi. Bozor kon'yunkturasi turlari nimalarga ko’ra bеlgilanadi - tovar ishlab chiqarish miqyosiga, sotib oluvching xarid qobilyatiga, narx-navoga, modaning o’zgarishiga. Bozor kon'yunkturasi nimalarga nisbatan aniqlanadi - milliy bozorga, mintaqaviy bozorga, jahon bozoriga, ayrim tovarlarga nisbatan. Bozor коn’yunkturasini tadqiq etishning qanday darajalari mavjud - umumiqtisodiy darajasi, tarmoq darajasi, tovar darajasi. Bojxona bojlaridan ozod qilingan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib kirishda QQS ni hisoblashda qaisi formulani qo‘llash kerak - QQS stavkasi x (Tovarning bojxona qiymati + aksiz solig‘i) = QQS. Davlatning narx siyosati - davlat organlarining iqtisodiyotda narxlarni belgilash, shakllantirish va tartibga solishga, shuningdek, davlat narx intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga qaratilgan amaliy harakatlaridir; Davlatning narx siyosati sohasidagi vazifalariga nimalar kiradi - narxlar darajasini nazorat qilish va uni tartibga solish; Davlatning narx belgilash jarayoniga aralashuvi qanday hujjatlar bilan qat’iy tartibga solinadi - davlatning qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan qat’iy tartibga solinadi; Download 20.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling