Аутоген машқлар (аутотренинг) техникаси
Uslub nomi Uslub tavsifnomasi
Download 58.5 Kb.
|
Autogen mashqlari xillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Autogen trenirovkasi mashqlarini amalda ishlata bilish – harbiy xizmatchilarda zo’riqishli holatlarning oldini olish asosidir!
Autogen trenirovkasi mashqlarini amalda ishlata bilish – harbiy xizmatchilarda zo’riqishli holatlarning oldini olish asosidir! Qurolli Kuchlarimiz tizimida olib borilayotgan islohotlarning maqsadi vatandoshlarimizning barqaror hayot kechirishlarini ta’minlovchi armiyamiz safini etuk harbiy xizmatchilar bilan butlash hamda mamlakat fuqarolarida himoyalanganlik haqida real tasavvurni, milliy g’ururni shakllantirishdan ham iboratdir. Shuning uchun, Qurolli Kuchlar haqida, uning saflarida faoliyat yuritib kelayotgan insonlar xususida ommaviy axborot vositalari sahifalari hamda televidenie va radioda chiqishlar uyushtirish, ocherklar yozishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda harbiy mavzuda qalam tebratadigan ijodkorlar kam. Lekin, ularning yozgan roman, ocherk va hikoyalari o’quvchiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi aniq. Masalan, Irismuhammad Abdukarimovning «Men general bo’laman» asari yoshlarimizni harbiy kasbga yo’naltirishga va uni egallash uchun ta’limiy-tarbiyaviy sinovlardan o’tishga chorlaydi. Yoki O’tkir Hoshimov, Qo’chqor Norqobilning urush hayotidan olib yozilgan ba’zi roman, qissa va hikoyalari, serqirra ijodkor, telejurnalist va yozuvchi Abdurashid Nurmurodovning «Qonli yo’rgaklar», «Urush bevalari» kabi asarlari tinchlikning inson hayoti uchun, mamlakat uchun qanday muhim ekanligini idrok etishga yordam beradi. O’quvchi urushning mohiyatini, barqarorlik ne’mati mazmunini urushga ketgan erlari halok bo’lgan qishloq ayollari siymosi va hayoti bilan tanishganidan so’ng juda yaxshi tushunib oladi. Agarda, maktab o’quvchilariga bu kabi asarlar mustaqil o’qish uchun tavsiya etilsa, yoki qo’shimcha darslar doirasida keng muhokama etilsa, yoshlarimizda vatanparvarlik haqida o’ziga xos ijtimoiy tasavvurning shakllanishi uchun zamin yaratiladi, faxriylar va keksa avlodga ehtirom yanada oshadi. Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling