Auxiliary verbs (to be, to do, to have) Present simple


HOZIRGI DAVOM ZAMONNING ISHLATILISHI


Download 0.73 Mb.
bet6/35
Sana01.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1738517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
GOST ingliz tili 2-савол граматика

HOZIRGI DAVOM ZAMONNING ISHLATILISHI
1. Gapirayotgan paytda, hozir sodir bo‘layotgan ish-harakatni ifoda-
laydi:



He is reading a book.
U kitob o‘qiyapti.

She is typing a letter.
U mashinkada xat yozayapti.

Don’t make any noise, he is sleeping.
Shovqin qilmang, u uxlayapti.

Quyidagi hissiyotni, idrokni va aqliy holatni ifodalovchi fe’llar davom zamonlarda ishlatilmaydi:



like yoqtirmoq
love sevmoq
hate yoqtirmaslik, nafratlanmoq
want istamoq
wish, desire xohlamoq
see ko‘rmoq
hear eshitmoq
feel his qilmoq
notice payqamoq
know bilmoq

undersatand tushunmoq
remember eslamoq
forget unutmoq
believe ishonmoq
recognize tanimoq
seem, appear ko‘rinmoq, o‘xshamoq
possess egalik qilmoq
contain o‘z ichiga olmoq
consist -dan iborat bo‘lmoq
be bo‘lmoq

2. Gapirayotgan paytda bo‘lmasa ham, hozirgi zamonda uzoq vaqt davom etadigan ish harakatni ifodalaydi:

He is writing a new play.
U yangi pyesa yozayapti.

That firm is carrying on nego-tiations for the purchase of ore.
U firma ruda sotib olish haqida muzokaralar olib boryapti.

3. If, when, while va boshqalar bilan boshlangan payt va shart ergash gaplarda kelasi zamonda davom etgan (Future Continuous o‘rnida) ish harakatni ifodalaydi:



If I am sleeping when he comes, wake me up, please.
U kelganida agar men uxlayotgan bo‘lsam, iltimos, meni uyg‘oting.

I shall be reading the newspaper while you are writing your grammar exercises.
Siz grammatika mashqlarini bajarayotganingizda men gazetani o‘qiyotgan bo‘laman.

4. Kelasi zamondagi ish-harakatni ifodalaydi. Bunda ish-harakatning bajarilishi aniq bo‘lishi va gapda kelasi zamonni ko‘rsatuvchi payt holi bo‘lishi kerak:



They are going to the theatre to-night.
Ular bu oqshom teatrga boradilar (borayaptilar).

He is taking his examination on Friday.
U juma kuni imtihon topshiradi.

We are buying a new radio set soon.
Biz tezda yangi radiopryomnik sotib olamiz.

She is leaving by the fi ve o’clock train.
U soat beshlik poyezd bilan jo‘nayapti



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling