Auxiliary verbs (to be, to do, to have) Present simple


To be fe’lining Simple Past


Download 0.73 Mb.
bet2/35
Sana01.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1738517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
GOST ingliz tili 2-савол граматика

To be fe’lining Simple Past zamonda birlik va ko‘plik uchun alohida shakllari mavjud: I (he, she, it) was, we (you, they) were.

  • Bo‘lishsiz gaplar yasashda to be fe’lining tegishli shaklidan keyin not inkor yuklamasi qo‘yiladi: I am not, I was not.

  • So‘roq gaplar yasashda to be fe’lining shakli egadan oldinga o‘tka- ziladi: Am I? Was I?

  • To be fe’li faqat ikkita davom zamonda ishlatiladi: Present Continuous va Past Continuousda va asosan majhul nisbatda: I am being invited, I was being invited.

  • To be fe’li Perfect Continuous zamonlarida ishlatilmaydi.

    TO DO FE’LI

    1. To do fe’li aniq va majhul nisbatning barcha zamonlarida umumiy qoidalar asosida tuslanadi. Uning Simple Presentda III shaxs birlikda does va qolgan shaxs va sonlar uchun do, Simple Pastda did shakli mavjud.

    2. To do fe’lining shakllari yordamchi va modal fe’llardan tashqari barcha fe’llarning Simple Present va Simple Past zamonlardagi bo‘lishsiz va so‘roq shakllarini yasashda yordamchi fe’l vazifasida keladi:

    Do you speak English? Siz inglizcha gapirasizmi?
    He doesn’t work here. U bu yerda ishlamaydi.
    Did you see him yesterday? Siz uni kecha ko‘rdingizmi?
    They didn’t speak to me about it Ular men bilan bu haqda gaplashishmadi.
    TO HAVE FE’LI

    1. To have fe’lining Simple Presentda ikkita shakli bor: 3-shaxs bir- likda has — he (she, it) has va qolganlar uchun have — I (we, you, they) have.

    2. To have fe’li faqat to have dinner, to have a talk kabi birikmalarda kelganda davom zamonlarda ishlatiladi:

    He was having dinner when I came. Men kelganimda u ovqatlanayotgan edi.
    He is having a talk with his father in the garden. U bog‘da otasi bilan suhbat- lashayapti.


    1. Download 0.73 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling