«avesto» -tarixiy manba sifatida r e j a: Kirish i-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri
II-bob. “Avesto” O’rta Osiyo tarixini aks ettiruvchi tarixiy
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
«AVESTO» -TARIXIY MANBA SIFATIDA
II-bob. “Avesto” O’rta Osiyo tarixini aks ettiruvchi tarixiy
manba sifatida 2.1. “Avesto” kitobi va undagi tarixiy ma’lumotlar bayoni Ma`lumotlarda Islomda “Qur’on”, nasroniylarda “Bibliya” bo’lganidek “Avesto” - zardushtiylik dinining matnlari to’plamidir. Zardushtiylik ta`limoti er, suv, Havo va olovni muqaddas deb Hisoblagan. “Avesto” kitobi turli xil ma`lumotlarni o’z ichiga oladi. Shu jumladan - qadimgi geografik tushunchalar - daryolar, tog’lar, ko’llar nomlari, hududiy etnik qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi mamlakatlarning ro’yxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar haqida, siyosiy tuzum, diniy nasiHatlar, zardushtiylar falsafasi, dunyo tarixi rivojlanishi haqida qimmatli ma`lumotlar beradi. Tarixdan ma`lumki, zardo’shtiylik miloddan oldingi VII-asrdan, milodning VII asrigacha qariyb ming yil Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o’lkalarda diniy e`tiqod sifatida yashadi. 7 Asqarov A. O’zbekiston tarixi. (Eng qadimgi davrlardan milodning Y asrigacha) T. O’qituvchi. 1994. 15 Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Zardo’sht Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyotchi faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan. Zardo’sht zardo’shtiylik dinining payg’ambari sifatida tan olingan va e`tirof etilgan bo’lib, uning ta`limoti Markaziy Osiyo xalqlari tarixida va ma`naviy madaniyatida ulkan rol O’ynadi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov bu haqda Shunday dedi: “Eng mO’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, manashu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim O’lkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvoh lik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi” 8 . "Avesto"ning paydo bo’lgan davri apxeologik davrlashtirish bo’yicha so'ngi bronza va temir davriga to'g'ri keladi (mil-av IX-VII asrlar). Marziy Osiyoda shu davr yaz 1 va unga to'rdosh bo’lgach Chust, Kuchuktepa va Tillatepa madaniyatlariga tarqalgan. Ular moddiy madaniyati namunalarining "Avesto"da keltiriladigan ma'lumotlar bilan mos kelshi Ko’plab avestoshunos va arxeolog tadqiqotchilari tomonidan qayd etilgan. O'rta Osiyo hududlarida davrida "nom"tipidagi shaxar-davlatlar paydo bo’lganligi Oltintepa dashtli Jarqo'rg'on yodgorliklari misolida kuzatilsa, so'nggi bironza va ilk temir davrida esa "nom" tipidagi xududiy davlatlarining kakilanish jaroyonlari kechgan. hududiy avlodlar bir yoki bir necha kichik daryolar bo'zanlari xududlarini birlashtirib, markaziy shahar va shu shaxar atrofida jamlangan qishloqlar majmuasidan iborat bo’lgan. "Avesto" paydo bo’lgan paytda, ya'ni Yaz 1 davrida O'rta Osiyo hududlarida ilk marotaba mudofaa devorlari bilan o'ralgan arklar paydo bo’lgan bo’lsa (Yaztepa, 8 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelalak yo`q. –T.: Sharq. 1998. 126-bet 16 Kuchuktepa, Tillatepa, Qiziltepa va boshqalar), "Avesto"da jamiyatning siyosiy va huquqiy masalalari to'g'risidagi ma'lumotlarni topish mumkin. Jumladan, Mitraga ibodat qilganda, sig'inganda unga boy yoki kambag'al odamlarning farqi yo'qligiga ishora etilganligini o'qishimiz mumkim: Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling