Avesto zardushtiylikning dini


Download 118 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi118 Kb.
#1157215
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AVESTO ZARDUSHTIYLIKNING DINI


AVESTO ZARDUSHTIYLIKNING DINI
Zardushtiylik, zoroastrizm — mil. av. 7—6a.larda vujudga kelgan din.[1] Asoschisi — Zardusht. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qad. paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi "Magupta" deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "majus" shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri "Zardusht" "majus", "zardushtiylik" esa "majusiylik" sifatida qoʻllanib kelingan. Z.da "otash" va "quyosh" tangri Ahuramazdanmng oʻgʻli deb hisoblangan. "Hyp", "otash" Z.ning ramzi, timsolidir. Z.da Ahuramazda oliy xudo hisoblanganligi uchun 3. — mazdaizm yoki mazdaiylik deb ham atalgan. 3. taʼlimoti uning muqaddas kitobi — Avestoaa bayon etilgan. 3. taʼlimoti dunedagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorugʻlik va qorongʻulik, hayot va oʻlim oʻrtasidagi kurashga bogliq, deb tushuntiradi. Olamdagi hamma yaxshiliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Anxramaynu ifodalaydi. Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi kurashadi, lekin uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilik b-n yomonlik oʻrtasidagi kurash olam dagi jarayenlar mazmunini tashkil etadi. Odam bu kurashda tanlash erkinligiga ega boʻlgan, oʻz faolligi b-n dunyoda adolat tantanasiga taʼsir eta oladigan shaxsdir. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida ragʻbatlantiriladi. 3. dinida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Z.ning axloqiy taʼlimoti "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" dan iborat muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topgan. 3. talabiga koʻra, har bir inson tangrining yakkayu yagonaligini eʼtirof etishi, xoh erkak, xoh ayol boʻlsin ilm oʻrganishi, turli kasblarni egallashi, chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik b-n shugʻullanishi, kanal qazishi, yer ochishi lozim. Eng asosiysi — Z.da eʼtiqod erkinligi mavjud boʻlgan. 3. insonlarni tenglikka, hamjihatlikka, birbiriga yaxshilik qilishga, yer yuzida tinchtotuv hayotni taʼminlash uchun kurashga chorlagan, unda maʼrifat zulmatga, adolat zulmga qaramaqarshi qoʻyilgan. Z.da har bir inson butun kuchini oʻzini kamolatga yetkazish yoʻliga sarf etmogʻi lozim. 3. murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu din jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. 3. ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. 3. arshakiylar va sosoniylar podshoxligi davrida hukmron dinga aylangan. 3. 13 a. davomida ajam mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7a. oʻrtalari — 8-a. boshlarida Eron va Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin islom dini hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil qiladi.
Tadqiqotchilar o‘rtasida Zardushtning tarixda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Baʼzilar uni tarixiy shaxs deb bilishsa, yana boshqalar uni afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u eramizdan avvalgi, taxminan, 570 yillarda tug‘ilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Zardusht O‘rta Osiyodagi ko‘pxudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va eʼtiqodlarni isloh qilib yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi to‘g‘risida ikki fikr mavjud: birinchisi «G‘arb teoriyasi» bo‘lib, unga ko‘ra Media (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili — birinchidan zardushtiylikning Qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoning bizgacha etib kelgan nusxasi qadimiy eron-pahlaviy tilida yozilganligidir.
Yana bir boshqa fikr «Sharq teoriya»si bo‘lib, bunga ko‘ra Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi va ko‘pchilik manbashunoslar shu teoriya tarafdoridirlar. Xorazm birinchi bo‘lib Zardushtiylik muqaddas olovi «Atar — xurra» yoqilgan va Axuramazda Zardusht bilan bog‘langan joy hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi hisoblangan Avestoda: "birinchi bor muqaddas olov «Atarxurra» «Eran-vej» (baʼzi manbalarda «Ayrian vedja»)da yoqildi" deyiladi.
«Eran-vej»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to‘g‘ri keladi.
Avestoda Axuramazda tomonidan berilgan «Barokot va najot» sohibi bo‘lgan bir qator mamlakatlarni zikr etiladi va ularning eng birinchisi deb, «dunyoda hech narsa uning chiroyiga teng kela olmas Eran-vej», keyin «odamlar va chorva podalariga mo‘l» Sogd (Sug‘d), «Qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «Baland ko‘tarilgan bayroqlar mamlakati» Batxi (Baktriya) zikr etiladi.
Avestoda, shuningdek, Zardusht tug‘ilgan va o‘z faoliyatini boshlagan yurt haqida ham maʼlumot beriladi. Aytilishicha, «SHunday mamlakatni ko‘p sonli lashkarlarni botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog‘lari bor, yaylov va suvlari bilan go‘zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, chuqur, suvga mo‘l ko‘llari bor, keng qirg‘oqli va kema yurar daryolari o‘z to‘lqilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva (Ariya) Bava (Sug‘d hududida), Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari tomon elituvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «Keng qirg‘oqli, kema yurar daryolar» bu Amu va Sirdaryo bo‘lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O‘rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg‘oqlarida joylashganlaridir.
MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONNING IQTISODIY TARAQQIYOTI
Aslida mustaqil O`zbekiston hududida, aniqrog`i ko`hna Turon zaminida bozor munosabatlari yangilik emas. Qadimdan ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan turfa xil mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini xorijiy mamlakatlarga olib chiqib savdo qilganlar, mol ayirboshlaganlar. Faqatgina so`nggi mustamlaka yillarida chor Rossiyasining, sho`rolar hokimiyatining iqtisodiy islohotlar o`tkazadigan laboratoriyasiga aylanib qolgan edik xolos. Endi bunday tajriba maydoni rolini o`ynovchilikdan qutildik, o`zimizning milliy an`analarimizni tiklab yana iqtisodiyotni rivojlantirishga kirishdik. O`zbekiston tanlagan yo`l bozor iqtisodini shakllantirishdir.
Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, bu tamoyillar mazmuni quyidagicha:
-iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, o`ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog`i kerak:
-davlat bosh islohotchi o`rnida bo`lib, uning yo`nalishlarini belgilab beradi va amalga oshiradi:
-bozor munosabatlariga o`tish qonun ustivorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart:
-bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini kuchli himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o`tkazish;
-bozor iqtisodiyotiga o`tish evolyusion yo`l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog`i zarur.
Bozor munosabatlariga o`tishda iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning tub maqsadi-markazlashtirilagan, ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o`tishdan iboratdir.
Bozor munosabati bu jihatdan klassik kapitalistik va sosialistik iqtisodiy tizimdan farq qiladi.
IJTIMOIY HAMKORLIK G'OYASI MAZMUNI
Reja:



  1. G’oya” tushunchasi, uning mohiyativa mazmuni.


  2. Download 118 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling