Avesto zardushtiylikning dini


§1.Jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari


Download 118 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi118 Kb.
#1157215
1   2   3   4   5
Bog'liq
AVESTO ZARDUSHTIYLIKNING DINI


§1.Jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari
tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirishda milliy istiqlol mafkurasining roli

Mamlakatimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish tarixiy zaruriyatga aylandi. Mustaqil O‘zbekis-tonning davlat mafkurasi asosida insonparvar, demokratik jamiyat qurish, o‘sha jamiyatning bunyodkori bo‘lgan jismonan baquvvat, manaviy barkamol inson shaxsini tarbiyalash g‘oyasi yotmog‘i lozim. Mustaqil fikrlash madaniyatiga ega bo‘lgan milliy manfaatni chuqur idrok etuvchi, milliy g‘ururi baland, chinakam vatanparvar shaxsni tarbiyalamasdan turib, mamlaka-timiz iqtisodiy, madaniy - manaviy mustaqilligini taminlash amri mahol. Boshqacha aytganda, milliy mustaqil-likni mustaqil shaxs yaratadi. Mustaqil tafakkurga ega bo‘lgan insongina mustaqil davlatimiz qudratini barpo etadi. Xuddi shuning uchun ham avlod – ajdodlarimiz orzu qilgan fozil jamiyatning bunyodkori bo‘lgan barkamol insonni tarbiyalash milliy istiqlol mafkurasining mazmunini tashkil etadi. Milliy istiqlol mafkurasi yangi jamiyatning bunyodkori bo‘lmish barkamol insonning ijtimoiy qiyofasida insoniyat-ning buyuk siymolari orzu qilgan eng oliyjanob fazilatlar va xislatlarni, o‘z xalqining, millatining tarixiy, madaniy va manaviy merosidan faxrlanish tuyg‘usini hosil qilish orqali


MARKAZIY OSIYO XALQLARI HAYOTIDA YUZ BERGAN UYG'ONISH DAVRI VA UNING BOSQICHLARI
REJA:


1.Yevropada Uyg`onish davrining vujudga kelish sabab va oqibatlari.
2.Uyg`onish davrining rivojlanish bosqichlari.
3.Yevropada Uyg`onish davrida fan va texnika taraqqiyoti.
1.UYG`ONISH DAVRI, Renessans — G`arbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlarning madaniyat tarixida o`rta asr madaniyatidan yangi davr madaniyatiga o`tish davri. Taxm. 14—16- asrlarni o`z ichiga oladi.
«Uyg`onish» termini 16-asr italyan gumanistlari, xususan rassom va tarixchi Jovanni Vazari (1511—74) asarlarida mohiyatini ochib berolmaydi va yangi madaniyat mazmunini faqat antik merosni «tiriltirish» b-n cheklab qo`yadi. Shunga qaramay bu termin fanda ham shartli ravishda qabul qi­lingan.
G`arbiy Yevropa uyg`ronish davrida ijtimoiy-falsafiy fikrlarning rivojlanishi. Uyg`onish davri YEvropada XIV asrning iskinchi yarmidan to XVII asrning boshlarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrga kelib, ko`pchilik mamlakatlarda asta-sekinlik bilan eski ishlab chiqarish munosabatlarining o`rniga yangi ishlab chiqarish munosabatlari kurtak shaklida vujudga kela boshlagan edi. Bu esa insoniyat tarixida shu davrgacha yuz bergan eng buyuk ilg`or to`ntarishlardan biri edi.
Haqiqatan ham bu davrda hayotning hamma tarmog`ida muhim ilg`or, hatto aytish mumkinki, inqilobiy o`zgarishlar yuz berayotgan edi. Sanoat ishlab chiqarish usulining dastlabki kurtaklari O`rta yer dengizi atrofidagi ayrim shaharlarda XIV va XV asrlardayoq yuzaga kelgan. Bu davrda, ayniqsa, Italiya eng taraqqiy etgan davlat bo`lgan. Bu yerda boshqa davlatlarga nisbatan avvalroq savdo-sotiq, hunarmandchilik tez sur`atlar bilan rivojlangan. Shular tufayli Italiyada boshqa YEvropa davlatlariga nisbatan shaharlar va shaharlarning hayoti tez sur`-atlar bilan o`sgan. Italiyada XIV asrlardayoq dastlabki manufakturalar vujudga kelganki, ular hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan oldinga tashlangan katta qadam edi. Savdo, sudxo`rlik, hunarmandchilik manufakturalaridan juda katta foyda kelar edi. Natijada bank egalari, savdogarlar, sanoatchilardan iborat mavqeli, tabaqa vujudga keldiki, ular Italiyaning Venetsiya, Genuya, Florentsiya shaharlarida feodallar ustidan g`alaba qozonib, siyosiy hokimiyatni qo`lga oldilar. Shuningdek, sanoatning rivoji G`arbiy YEvropada XV—XVI asrlardagi qator geografik va texnik kashfiyotlar bilan ham bog`liq. Amerikaga va Hindistonga dengiz yo`lining ochilishi, Magellanning butun dunyo bo`ylab sayohati shunga olib keldiki, bir necha asrlar davomida o`zgarmas deb hisoblagan YEr kurrasining chegarasini buzib yubordi.
QO'QON XONLIGINING TASHKIL TOPISHI
Farg’ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida edi. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung’arlar Farg’ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-taroj qila boshladilar. Vaziyat ichki kuchlarni birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog’i xo’jalar jamoasi o’z mulklarini mustaqil deb e’lon qildilar. Vodiydagi ming qabilasi oqsoqollari yig’ilishib, Buxoro xonligidan mustaqil davlat tuzishga qaror qilganlar. Ming qabilasi yo’lboshchilaridan biri Shohruhbiy hukmdor (1709 - 1721) deb e’lon qilinadi. 1710- yilda minglar chodaklik din peshvolari hokimiyatini ag’dardilar va Farg’ona vodiysida hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Shu tariqa, O’rta Osiyoda keyinchalik Qo’qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi. Tepaqo’rg’on Shohruhbiyning qarorgohiga aylantirildi.
Shohruhbiyning o’g’li Abdurahimbiy (1721 — 1733) davrida Xo’jand, O’ratepa viloyatlari qo’shib olindi. U Shahrisabz ostonalariga qo’shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo’qonga tobelik haqida bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va Jizzaxni egallaydi. Abdurahimbiy Xo’jandga qaytib kelgach, qattiq betob bo’lib, vafot etadi. Qo’qon xonligi taxtiga uning inisi Abdulkarimbiy o’tiradi (1733 — 1750). U Eskiqo’rg’on qal’asi yonida hozirgi Qo’qon shahriga asos solib, o’z poytaxtini Tepaqo’rg’ondan Qo’qon shahriga ko’chiradi. Shahar atrofini devor bilan o’ratadi.
Erdona hukmronligi davrida (1751 - 1762) xonlikning qudrati ortdi. U O’sh va O’zganni bo’ysundirdi. Erdona davrida Qo’qon xonligi g’arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib bora olgan davlatga aylandi. Biroq hukmronlik davri urushlar bilan o’tdi. Toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Nihoyat, 1763-yilda taxtga Abdukarimbiyning nabirasi Norbo’tabiy o’tqazildi (1763 — 1798). U dastlab Chust va Namangan hokimlarining isyonini bostirdi. Xo’jandni qayta bo’ysundirdi.
Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Norbo’tabiy davrida ekinlardan mo’l hosil olinib, bozorlarda narx-navo arzonlashgan. Mamlakatning qudrati o’sgan, hatto Xitoy imperiyasi Qo’qon xonligini tan olgan.
Norbo’tabiy, vafot etgach, taxtga uning o’g’li Olimbek o’tqazildi. Uning davrida (1798 — 1810) Qo’qonning siyosiy mavqeyi yanada kuchaydi. U Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o’ziga bo’ysundirdi. Natijada Rossiya bilan savdo yo’li ochildi. Orenburgga boradigan savdo yo’llari tutashgan joyda xonlikning chegara qal’asi Oqmasjid qurildi. U o’z davlatini 1805-yili rasman Qo’qon xonligi deb e’lon qildi, o’ziga esa „xon” rutbasini oldi va uni rasman Olimxon deb atay boshlashdi. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzishga intilayotganligi ayrim qabila boshliqlari orasida keskin norozilik tug’dirdi. Natijada ular Qo’qonda „Olimxon Toshkentda o’ldi” deb mish-mishlar tarqatishadi va uning ukasi Umarbekni xon deb e’lon qiladilar. Olimxon bundan xabar topib, Qo’qonga kelayotganida fitna qurboni bo’ladi.

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling