Avesto zardushtiylikning dini
G’oyalarning namoyon bo`lishi va xilma-xil ko`rinishlari
Download 118 Kb.
|
AVESTO ZARDUSHTIYLIKNING DINI
2.G’oyalarning namoyon bo`lishi va xilma-xil ko`rinishlari.
Tafakkurning mahsuli sifatida g’oya tevarak olamni o`rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Mazmuni va namoyon bo`lish shakliga qarab, g’oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. 1. Ilmiy g’oyalar; 2. falsafiy g’oyalar; 3. diniy g’oyalar; 4. badiiy g’oyalar; 5. ijtimoiy-siyosiy g’oyalar; 6. milliy g’oyalar; 7. umuminsoniy g’oyalar va hokazo. Diniy g’oyalar deb, har bir diniy ta`limot va oqimning asosini, diniy iymon, e`tiqodning negizini tashkil etuvchi g’oyalarga aytiladi. Ibtidoiy dinlar har bir narsaning jonli ekani, jonning abadiyligi , but va sanamlarning, ijobiy jism va hodisalarning ilohiy quvvatga egaligi to`g’risidagi qarashlarga asoslangan edi. Ilohlarning ko`pligi haqidagi fikrga tayanadigan politenzm dinlari vaqti kelib monotekstik – yakkaxudolik g’oyasi asosidagi dinlarga o`z o`rnini bo`shatib bergan. Ilmiy g’oyalar – fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo`ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalarni tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir. Ilm-fan taraqqiyotni atomning bo`linishini, koinot markazi er emasligini ham ishonchli dalilar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiy nazariyasi va boshqa ko`plab kashfiyotlar qilindi. Dunyoga A.eynshteyn, N.Bor, F.Rezerford, M.Kyuri va boshqalarning nomlarini mashhur yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy g’oyalar asosiga qurilgan. XX asrda insoniyat nihoyatda ko`p ilmiy g’oyalarni amaliyotga aylantirdi. Kosmik raketalar, komp`yuter va uyali telefonlar, televidenie va boshqa sohalardagi yutuqlar bunga yorqin misol bo`ladi. Falsafiy g’oyalar har bir falsafiy ta`limotlarning asosini tashkil etadigan olam to`g’risidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni o`rab turgan dunyoni bilish jarayonida, kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to`plangan bilimlarni umumlashtirish, inson hayotining ma`no-mazmuni, uning baxt-saodati kabi masalalar ustida mulohaza yurtish asosida shakllanadi. MAFKURAVIY TASIR JARAYONINING UZLUKSIZLIGI Mamlakatimizda bunyod etilayotgan insonparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurish tajribasi jamiyatni mafkurasiz tasavvur etish mumkin emasligini yana bir bor isbotladi. Aniq mafkuraviy dasturga ega bo‘lmagan har qanday davlatda boshboshdoqlik avj oladi. O‘z maqsadi va muddaolarini, orzu-umidlarini oldindan belgilab olmagan, uni amalga oshirish yo‘llari, omillari va vositalarini, usullari va uslublarini aniq tasavvur etmagan jamiyat yoki davlat hech qachon rivojlana olmaydi. Milliy istiqlol mafkurasining maqsadi va vazifa-larini omma ongi va shuuriga singdirish uchun jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish eng muhim vazifalardan biridir. Boshqacha aytganimizda, milliy istiqlol mafkurasi, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlar - oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, mehnat jamoalari, madaniy-ma’rifiy uyushmalar, tashkilot-larning tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish, fuqa-rolarga bir maromda uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishini ta’minlamoq darkor. Ushbu ma’ruza matnida mutaxassislarning ijtimoiy institutlar tarbiyaviy imkoniyatlariga doir mulohazalari, ularni muvofiqlashtirishga bag‘ishlangan tavsiyalari umumlashtiriladi. Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling