Август 2020 17-қисм
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika matematika 2 qism
Kalit so‘zlar: verbal, ilm – fan texnologiya, zamonaviy texnologiyalar, pedagogik texnologiya.
Mamlakatimiz uchun ilm – fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm – fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm – fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz. Joriy yilda matematika, kimyo – biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirib,olimlarga barcha shart – sharoitlar yaratib beriladi. Ilm – fan yutuqlarining elektron platformasi,mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga 2 muvofiq umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy – axloqiy va intellektual rivojlanishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv – tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O’zbekiston Respublikasining 2030 – yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi kimyo – biologiya, fizika fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Shunday ekan biz matematika fani o‘qituvchilari o‘z oldimizga o‘quvchilarning xalqaro ta’lim standartlariga mos holda o‘qitishimiz kerak. Buning uchun biz PISA asosida o‘quvchilarning testlarga tayyorlashimiz ularga PISAning asl mohiyatini tushuntirishimiz, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishimiz kerak. Hozirgi kunda bizni oldimizdagi eng katta muammolardan biri PISA xalqaro dasturi reytingiga tayyorgarlik ko‘rsatish va kuchli natijalarni egallashimiz kerak. Pedogogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun o`ziga xos vositalari zarur bo`ladi. Har bir innovatsion texnologiyada qo`llaniladigan vositalar umuman o`xshash bo`lib, ularning turlari ko`p. Ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: verbal, noverbal, vizual, audio, tabiy hamda o`quv anjomlari. Bizning mavzumizga vositalarning verbal turi ko`proq mos keladi. Verbal vositalarining asosini axborot tashkil qiladi. Ular so`zlar bilan ifodalanadigan axborotlar bo`lib, ularni so`z orqali ifodalab berish uchun o`qituvchi uni o`zlashtirgan bo`lishi, yani shu axborot haqidagi bilimga ega bo`lishi lozim. Ushbu verbal muloqot shakllarida qo`llaniladigan nutq intenatsiyalari so`zlovchilarning fikrlaridagi uning maqsadiga muvofiq bo`lgan mano mazmunlarni chuqurlashtirish, yaqqollashtirish imkonini beradi. O`qituvchi o`quvchi uchun malum bo`lgan tushunchalarga asoslangan holda yangi axborotlarni tanishtirib, tushintirib boradi. Bu jarayonda o`quvchilar diqqatini jamlash, tinglash, eshitish, anglash, tushunish, idrok qilish, mantiqiy fikrlash, xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari bilan band bo`ladilar. Bunda o`quvchining qiziqishi, havasi, ehtiyoji, manfaatdorligi, qobiliyat, istedod, iqtidori uning muvaffaqiyati asosi bo`ladi. Yuqoridagi fikrimizning dalili sifatida verbal muloqot shakli haqida to`xtalib o`tamiz. Ma’ruzalarni faol usulda o`tkazish. Har qanday yuqori saviyada o`tkazilgan maruza, garchand u faktlarga boy bo`lsa ham, agar uzoq vaqt davom etsa, o`quvchining eshitish qobiliyati susayadi va charchaydi. Bu holat o`quvchini loqayd eshituvchiga aylantiradi. Ma’ruza qancha uzoq davom etsa, samaradorlik shuncha kamaya boradi. Shuning uchun m’aruzani kichik innovatsion texnologiya darajasida quyidagicha tashkil etish o`quvchilar uchun qulaylik tug‘daradi. Maruzachi o`z maruzasini bir necha bloklarga bo`ladi. Har blokni 15-20 minut davom ettiradi va har bir blokdan so`ng to`xtab, mazu bilan bog‘liq qisqa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling