Август 2020 21-қисм
Тажимова Дилдора Юлдашевна
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
21.Kimyo yunalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
Тажимова Дилдора Юлдашевна
Хоразм вилояти ,Янгибозор тумани +998 91 996 57 08 Annotatsiya: ushbu maqolada uzliksiz ta’lim rivojida kimyo fanining ahamiyati, uning jami- yat hayotidagi о‘rni hamda kimyo о‘qitishning dolzarb masalalari mazkur maqolada tahlil qilingan. Tayanch so‘zlar: kimyo fani, kimyoviy texnologiya, jamiyat va atrof-muhit, xemofobiya, kimyoviy ta’lim va tarbiya, kimyo о‘qitish Kimyoviy tafakkur, kimyoviy madaniyat va kimyoviy ongning mukammal emasligi tufay- li ekologik nuqsonlar yuzaga chiqib qolmoqda. Vaziyatni о‘nglash uchun esa uzluksiz kimyo ta’limining ekologik tamoyilini kuchaytirish lozim. Uzluksiz kimyo ta’limining sifat va sa- maradorligini oshirish omillari sifatida quyidagilarni tan olish maqsadga muvofiqdir:kimyon- ing gnoseologik, ontologik va sotsial (ijtimoiy) masalalari metodologiyasidan kengroq foyda- lanish;kimyoning yaratuvchanlik va buzuvchanlik jihatlarini tо‘g‘ri va odilona baholay olish; kimyoning ekobiogeologik xususiyatlarini ilmiy va amaliy jihatdan batafsil izohlash; kimyo ta’limining mazmunini gumanitar va ekologik ma’lumotlar bilan boyitish; tirik va jonsiz moddiy dunyoning yakka negizliligi, abadiyligi, о‘zgaruvchanligi va evolutsiyaga moyilligini kimyoviy pozitsiyadan turib sharhlash va boshqalar. Kimyo о‘qitishning birinchi bosqichida о‘qituvchining vazifasi о‘quvchilarda muayyan qо‘zg‘atuvchilar (moddalarning о‘zi va hodisalar yoki ular tо‘g‘risida og‘zaki aytilgan ax- borotlar) tomonidan vujudga keltirilgan tuyg‘ularni idrok darajasiga kо‘tarishdan, о‘quvchilar ongida ularni boshqa, ilgari hosil qilingan tuyg‘u va idroklar bilan bog‘lab, umumiy tafakkur zaxirasiga qо‘shib yuborishdan iborat. О‘qituvchining ikkinchi vazifasi о‘quvchilarda hosil bо‘lgan tasavvur va tushunchalarni anglatishdan, о‘quv materialining yuzaki о‘zlashtirilishining oldini olishdan iboratdir. О‘qitish jarayonining uchinchi bosqichida maxsus mashqlar qildirish, kimyoviy masalalar va test topshiriqlarini berish, interfaol treninglar tashkil etish, sanoat va xalq xо‘jaligining turli ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar uyushtirish orqali kimyo ta’limi va tarbiyasidagi sifat va samaradorlikka erishish mumkin. О‘quv materialining ongli ravishda, chuqur о‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida kimyo о‘qituvchisi о‘z faoliyati davomida quy- idagi metodik tamoyillarga asoslanmog‘i lozim: a) о‘quvchilarni konkret moddalar va hodis- alar bilan, shuningdek, ular orasidagi bog‘lanishlar va munosabatlar bilan batafsil tanishtirish, ya’ni о‘quvchilarda kimyoviy tushunchalar hosil qilishi; b) moddalar hamda hodisalar orasidagi bog‘lanish va munosabatlarni izohlab berishi, kimyoviy tushunchalarning mazmunini chuqur- lashtirish; d) moddalarning eng muhim xususiyatlarini abstraktlash, ularni boshqa modda va hodisalarga tatbiq etish, xususiy tushunchalardan birmuncha umumiy tushunchalar hosil qilish, ya’ni tushunchalarni umumlashtirish; e) moddalar va ularning о‘zgarishi orasidagi ichki, tabiiy bog‘lanishlarni ochib berish, moddalar va hodisalarning klassifikatsiyasi bilan tanishtirish, ya’ni tushunchalarni sistemaga solish; f) о‘quvchilar ilgari о‘zlashtirgan tushunchalar mazmunidagi xatolarni tо‘g‘rilashi va noaniqliklarga aniqlik kiritishi, tushunchalarning ochiq-oydin va tо‘g‘ri bо‘lishiga erishuvi kerak bо‘ladi. Bilim va malakalarni aniqlash shakli ham о‘quvchilarning о‘zlashtirishini xarakterlashda katta ahamiyatga ega. Kо‘rsatmalilikning zarur vositalari tajri- balar, kimyoviy formula va tenglamalarning yozuvlari, asboblar, sxemalar, jadvallar va bosh- qalarning rasmlaridan foydalanib, mustaqil tarzda, bir-biriga bog‘langan holda, aniq-ravshan, tushunarli qilib, isbot talab etmaydigan tarzda bayon etish – bularning hammasi о‘quvchilar о‘zlashtirishining yuqori sifatini kо‘rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling