Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- :” Har holda yashamoq – o‘limdan
Август 2020 8-қисм
Тошкент A.P.CHEXOVNING “GAROV ” HIKOYASIADA SHARQONA ODOB – AXLOQ MEZONLARI Sariqova Hulkaroy Baxtiyorovna Andijon viloyati Buloqboshi tumani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Telefon raqam: 91. 601-61-88 Annotatsiya: ushbu maqolada rus adabiyotining yirik vakillaridan biri, butun dunyoni o‘zining hikoya va asrlari bilan maftun etgan A.P.Chexovning “Garov” hikoyasidagi sharqona odob - axloq mezonlari ilgari surilgan. Tayanch so‘zlar: A.P Chexov, garov, yosh huquqshunos, bankir, erkinlik, choshgoh, tutqunlik, o‘lim jazosi, umrbod qamoq. Rus adabiyotining eng yirik vakillaridan biri adabiyotshunos va shifokor bo‘lgan iste’dodli yozuvchi Anton Pavlovich Chexov nafaqat rus adabiyoti, balki butun dunyo adabiyotiga o‘zining hikoya va asarlari bilan ulkan hissa qo‘shgan adib hisoblanadi. uning hikoyalari qisqaligi,real hayotiy voqealarga asoslangani, o‘ziga xos badiiy uslubi bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi. A. P.Chexov oddiy rus odamlarini, sodda voqealarga asoslanib, o‘z asarlariga mahorat bilan badiiy bo‘yoq beradi. Jumladan adibning mashhur “Garov” hikoyasi yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq jazosi borasidagi ziddiyatlar asosiga qurilgan. Hikoyada insonning bilim olishi va umrni mazmunli o‘tkazishga oid fikrlar ilgari surilgan. A.P.Chexov so‘zdan unumli foydalana olgan. Yosh huquqshunos garov evaziga umrining eng gullagan davrini bankirning chorbog‘ida, ya’ni yer to‘lasida o‘tkazadi. Inson bir kun tutqunlikda saqlansa, qanday holatga tushadi? Yosh huquqshunos bo‘lsa, naq 15 yil umrini tutqunlikda o‘tkazadi, garchi bu uning o‘z xohishi bo‘lsa ham, bu garovga inson ozgina o‘ylanib, fikr mulohaza qilmog‘i lozimdir. A.P.Chexov ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni bo‘mish A. Navoiyning “Xazoyin ul- maoniy“ asarida keltirilgan inson umrini 4 ga bo‘lganidek yozuvchi ham inson umrini 4 qismga bo‘ladi. Bankirning bolalik va o‘smirlik chog‘ini ozod erkinlik quchog‘ida o‘tkazganini ta’kidlasa, qolgan 1 qismini o‘z ixtiyori bilam tutqunlikda o‘tkazadi. Yosh huquqshunos nazarimizda barcha kitoblarni, u jug‘rofiya bo‘ladimi, turli tillarga oid kitoblar bo‘ladimi, mantiq va falsafaga oid bo‘ladimi, barchasini o‘qib o‘rganib, o‘zicha xulosalar chiqaradi. Bu dunyo qanchalar yolgo‘n dunyo ekanligi, barcha narsalar o‘tkinchi, bu dunyo yo‘lg‘on dunyo, haqiqiy dunyo bo‘lsa, oxirat ekanligini anglab yetadi. Shu o‘rinda ushbu hikoyani o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri bo‘lmish ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” asari bilan bevosita bog‘lash mumkin. Asar bilan tanishar ekanmiz, butun olam muvozanat qonuni asosida mustahkam turgan bo‘lsa, jamiyat ham uning asosini tashkil qilgan insonlar ham,ayni muvozanat tufayli barqarorligini tushunib yetamiz. “Garov” hikoyasi shiddatkor uslubi jihatidan boshqa hikoyalardan ajralib turadi.Asarni o‘qir ekan,kitobxonda shunday taasurot tug‘uladi. Adib qo‘liga qalam olibdi-yu bir o‘tirishda ko‘nglidagi borini qog‘ozga tushura qolibdi. “Garov” hikoyasida yosh huquqshunos shunday deydi:” Har holda yashamoq – o‘limdan Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling