Август 2020 8-қисм
-rasm”Xo‘jakent qishlog‘ining ko‘rinishi tasvirlangan
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Август 2020 8-қисм Тошкент
1-rasm”Xo‘jakent qishlog‘ining ko‘rinishi tasvirlangan.
Rasmda Chirchiq daryosining o‘ng irmog‘i ugom daryosi tasvirlangan. Xo‘jakent qishlog‘ida: Oqbuloq,Duldul bobo va Quyi Mozor ziyoratgohlari joylashgan.Oqbuloq-Xo‘jakent qishlog‘ining eski hududida joylashgan buloqlardan biri bo‘lib,sersuvligi,axoli maskanining o‘zida,qishloq ekinzorlariga suv beradigan sathida ekanligi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lgan. u Murdaxona deb ataladigan tog‘ning etagidan oqib chiqadi.[1]. Oqbuloq ziyoratgohi Xo‘jakent qishlog‘i aholisi uchun eng muqaddas va ziyoratchilar uchun esa yaxshi maroq olishlari uchun tabiat tomonidan tashkil etilgan buloqlardan bo‘lib bu yerni aholisi bu yerda avvallari muqim yashashgan,ya’ni 1962-yildagi tog‘ ko‘chkisi bo‘lishi tufayli bu buloqning atrofida yashovchi aholi Chirchiq daryosining chap sohilidan o‘ng sohiliga ko‘chib o‘zlari uchun uylar bunyod etishgan.Shuni takidlab o‘tish joizki,turistlar bu yerlarga tashrif buyurishsa ba’zi noto‘g‘ri tushunchalarni aytib o‘tishadi. Masalan: turistlar Chorvoqqa ketyapmiz deyishadi lekin ularni tashrif buyuradigan joylari eski Xo‘jakentning aholisi yashagan hududlar hisoblanadi.Men shu maqolada shunga aniqlik kiritish maqsadida turistlarga shuni aytib o‘tmoqchimanki Chorvoq shaharchasiga Do‘stlik mahallasi, Beshtut va Nurchilar mahallalari kirsa. Xo‘jakent qishlog‘i esa turistlar dam olishlari uchun Chirchiq daryosining o‘ng irmog‘i ugam daryosining qirg‘oq bo‘yi hududlaridagi yerlar kiradi.Shuning uchun turistlardan shuni talab qilmoqchimanki ular Xo‘jakentga kelishsa ham Chorvoqqa keldik deyishlari noto‘g‘ri. Shuning uchun har bir turist tashrif buyuradigan joyini nomini to‘g‘ri aytishsin.Xo‘jakentning yana bir 64 Август 2020 8-қисм Тошкент noyob qadimiy yodgorliklari bu Duldul bobo (shevada Duldul buva ham deyiladi) qadamjosidir. Bu yodgorlikning tarixi ham ibtidoiy odamlar yashagan Muste davriga borib taqaladi.Dunyoning boshqa ko‘p joylaridagi singari ular ov bilan bog‘liq suratlarni qoyalarga o‘yib chizishgan.[1]. Bu ziyoratgoh ham Oqbuloq ziyoratgohining atrofida joylashgan g‘orlarning bir qismida joylashgan bo‘lib bu hududlarning o‘ziga xosligi qadimda yashagan odamlarning hayoti,turmush darajasini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.Bu yerlarga tashrif buyuruvchi sayyohlar faqatgina bu yerni tabiati bilan emas balki tarixiy voqealarini g‘orlarga o‘yib chizilgan har xil shakl va belgilardan bilib olishlari mumkin.Bu yerda yana Qo‘ymozor yoki quyi mozor ziyoratgohi ham joylashgan bo‘lib,ikki ming yillik chinor daraxti mavjud bo‘lib,shu daraxtning ildizi ya’ni pastki qismidan buloq suvi chiqib turadi.Avval takidlab o‘tganimizda bu yerda eski Xo‘jakent aholisi yashagan degandik.ular huddi shuni iste’mol qilishgan hisoblanadi.Hozirgi kunga kelib bu yer insonlarning shaxsiy mulkiga aylanib qolganligi uchun bu yerlarda turistlar uchun kafe va barlar tashkil etilgan hisoblanadi.Shuning uchun bu yerlarga eski Xo‘jakentlik aholi kirishi taqiqlangan va ma’lum miqdordagi mablag‘ orqaligina kirish mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Xo‘jakent qishlog‘i tabiiy, tarixiy, arxeologik yodgorliklari va ziyoratgohlari bugungi kunga kelib,turizm sohasini rivojlanishiga sababchi bo‘lib kelayotganligi u yerda yashovchi aholining turmush tarzining yaxshilashiga olib kelmoqda. Ziyoratgohlar-Xo‘jakent qishlog‘ida yonma-yon joylashganligi tashrif buyuruvchilarda ijobiy ta’riflarni berishlariga va ziyoratgohlarni qiynalmay topishlariga zamin yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.A.Ergashevning “Xo‘jakent-tarixiy,etnografik va ekologik lavhalar” Toshkent “Mumtoz so‘z”-2014-yil.(17,18-betlar). 2.Mamatqulov M, Oripov K “O‘zbekiston g‘orlari” Toshkent: 1978-yil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling