Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
Август 2020 8-қисм
Тошкент Romanda keltirilgan yana bir tabiat tasviri quyidagicha: “Kuz keldi. Osmonga firuza ro‘mol keltirdi, to‘qayga sariq sarupo keltirdi. To‘rong‘ilar, tollar, teraklar uni kiyib yasandilar. Sariq yaproqlar o‘zlarini tilloga mengzadilar. Shabada ularni o‘yinga chorladi. O‘ynadilar. O‘yinlarida bahorgi sho‘xlik, yozgi otash ko‘rinmadi. Vazmin-vazmin o‘ynadilar”. ushbu tasvir barcha inson ko‘z o‘ngida yuz beradigan jarayonlar: kuz kelishi, barglar sarg‘ayishi, yoz garmseli o‘rnini shabada egallashi kabi holatlarning badiiy ifodasidir. Kuzgi daraxtlar har doimgiday fasl almashinishi bilan o‘zlarining zarrin liboslarini kiyib, xuddi raqqosa singari yasanadilar. Biroq hozirgi kuz avvalgilaridan tamoman farq qilishini, unda mahzunlik hukm surishini payqab “vazmin-vazmin o‘ynaydilar”. Bu o‘rinda adib asar voqealarini aynan shu faslda berish orqali muayyan badiiy niyatni ko‘zlaydi. Ya’ni ayni damda tabiat bilan bir xil kechayotgan bashar holatini, aziz ne’mati – suv va tuz konidan bebahra bo‘lgan inson ruhiyatini tasvirlay turib, o‘z go‘shasidan (dastlab insonlar orasidan, keyin esa vatan tutgan to‘qayidan) judo etilgan otlar holatini aks ettiradi. “Saraton oftobi tinmay yerga olov purkaydi, g‘ir etgan shabada yo‘q. Qirg‘oqdagi bujmaygan, qovjiragan o‘tlar daryodan epkin so‘raganday zorli mo‘ltirashadi. Kichik o‘zanga jo bo‘lib qolgan daryo esa to‘lqin otolmaydi. To‘lqin bo‘lmagan joyda epkin ne qilsin, buni anglashdan o‘t-o‘lan ojiz”. Bu parchada ham adib tabiat tasvirini jonlantirish san’ati orqali ifodalaydi. Bunda o‘t-o‘lan daryodan epkin so‘rab mo‘ltiraydi, daryo esa to‘lqin otolmay qiynaladi. ushbu jumlalar bilan yozuvchi o‘z ijodiy mahoratini ishga solib, yana bir badiiy topilmani kashf etadi. Bu esa asar o‘quvchisini so‘z go‘zalliklari va tovlanishlari bilan takror hayratga soladi. Bu topilma oftobning yerga olov purkashi va parchada ifodalanayotgan so‘zlarning ko‘p qirraliligidir. “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romanining yutug‘i shundaki, bu asar, avvalambor. inson va tabiat munosabati haqida so‘zlaydi. Bu munosabatning mo‘tadil bo‘lmasligi, ya’ni insonning tabiatga, tabiatning insonga ta’siri salbiy holatda bo‘lsa, qanday holat yuzaga kelishi mumkinligi badiiy ifoda etilgan. Romanni o‘qish davomida kitobxon asar mazmuniga singdirilgan birlamchi g‘oyani - o‘ylash, anglash baxtining faqat insonga ato etilganini, biroq odam bu baxtga goh yetib, goh yetmay yashashi, o‘ylari, tuyg‘ularini tizginlab, oq nima, qora nima ekanligini anglab yetganida vaqt o‘tgan bo‘lishini, yorug‘ o‘ylardan, chek bilmagan orzu-umidlardan yurakning tub-tublarida o‘chmas armonlar va nadomatlar qolib ketishini uqa boradi. Bu g‘oya orqali o‘quvchi esa o‘ziga muayyan saboq oladi. Yozuvchi butun bir asarni yozish jarayonida nemis adibi Gyotening “Tabiat hazilni ko‘tarmaydi, u doimo jiddiy, doimo qattiqqo‘l. u doimo haq. Xato va kamchiliklarga faqat odamlar yo‘l qo‘yadilar” degan fikrni asoslaydi va aynan shu jumlani roman ikkinchi qismiga epigraf sifatida tanlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. T.:1986 2. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. T.:2018 3. Эркин Самандар. Ғайб қушлари.Т.: “Шарқ”, 2009 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling