Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlari
Август 2020 8-қисм
Тошкент KOMIL XORAZMIYNING “MANGO QILMA, EY MOHI OLIYJANOB” MATLA’LI G‘AZALI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR Sharipova Hulkaroy Umrbekovna Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Telefon: +99894 230 21 12 hulkaroysharipova@mail.ru Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining yetuk vakili Komil Xorazmiyning “Mango qilma, ey mohi olijanob” g‘azalining g‘oyasi, mazmuni, badiiyati, vazni va she’riy san’atlari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlari: poeziya, xrestomatiya, vazn, aruz, takrir, bayt, misra XIX asrda yashab ijod etgan yetuk adib, ma’rifatparvar shoir, Xorazm adabiy muhitining yirik namoyondasi Muhammadniyoz Komil o‘zbek mumtoz adabiyoti hamda zamonaviy badiiy adabiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan shoir, xattot, bastakor, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobidir. Komil Xorazmiy haqidagi eng qimmatli ma’lumotlar adabiyotshunos olimlar, jumladan, O.Sharafiddinovning “O‘zbek adabiyoti tarixi” xrestomatiyasi, “O‘zbek poeziyasi antologiyasi”, Mahmudali Yunusovning Komil Xorazmiy ijodiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasi va shu kabi qator ilmiy tadqiqotlarda yoritilgan. Bunda asosiy e’tibor Komilning ijodiy merosi va badiiy mahoratiga qaratilgan. XIX asr Xiva xonligi siyosiy hayotida ahamiyatli mavqega ega bo‘lgan ijodkorning lirik merosi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. u o‘z zamonasidayoq shoir sifatida kata e’tibor va e’tirofga sazovor bo‘lgan, iste’dodli shogirdlarni tarbiyalab, jamiyat uchun ulkan ishlarni amalga oshirgan. Komil Xorazmiy o‘z she’rlarini to‘plab, devon tuzgan. XIX asrning oxiri XX asr boshida tuzilgan bir qator bayoz (to‘plam, antologiya)larda ham shoirning she’rlari uchraydi. Devoni shoir hayotligidayoq nashr qilingan. Birinchi nashri 1880-1881 yillarga to‘g‘ri keladi. Devon Xivada toshbosma (litografiya) usulida bosilgan edi. Ikkinchi marotaba yana Xivada 1895-yili bosildi. Bu nashr oldingiga nisbatan to‘liqroq. Kitob uchinchi marotaba 1909-yilda Toshkentda nashr etilgan. Ayrim she’rlari “Turkiston viloyatining gazeti”da bosilgan. uchala nashr ham Komil she’rlarini to‘la qamrab olmaydi. Mazkur devonning 1975-yil, shoirning 150 yilligi munosabati bilan nashr qilingan variantida 1ta bahri tavil, 3ta muammo, 4ta ruboiy, 1ta qasida, musabba’, musaddas, muxammas, murabba’, mustazod va g‘azallari jamlangan. “Devon”dan o‘rin olgan barcha she’rlar o‘zining g‘oyasi, badiiyligi va shakily xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday she’rlaridan biri “Mango qilma, ey mohi olijanob” matla’li g‘azalidir. Bu g‘azal o‘zida jamlangan badiiy go‘zallik, she’riy san’atlarning mohirona tanlanishi bilan boshqa g‘azallardan tafovut kasb etadi. Quyida bu xususiyatlarni ko‘rib o‘tish mumkin. Mango qilma, ey mohi olijanob, Itob-u, itob-u, itob-u, itob. O‘n bir baytdan iborat ushbu g‘azal aruzning mutaqoribi musammani maqsur (Ba’zi o‘rinlarda mutaqoribi musammani mahzuf ham uchrab turadi.) vaznida yozilgan. Afoyili: fa-uv-lun⁄fa-uv- lun⁄fa-uvlun⁄fa-uvl (fa-uv-lun⁄fa-uv-lun⁄fa-uv-lun⁄fa’-al); taqte’si: V--⁄V--⁄V--⁄V-V (V--⁄V--⁄V-- ⁄V-). G‘azalning badiiyligini ta’minlovchi o‘ziga xos xususiyatlardan biri, uning musiqiyligi va mazmunining kuchayishini belgilagan takrir san’atidan mohirona foydalanilganligidir. Ya’ni g‘azaldagi har bir baytning ikkinchi misrasi bir so‘zning takroridan tashkil topadi. Masalan, birinchi bayt quyidagi misra bilan yakunlangan: “Itob-u, itob-u, itob-u, itob”. Bu esa g‘azalga o‘zgacha ohang bera olgan. Takrir san’ati o‘zbek mumtoz lirikasida o‘ziga xos ahamiyatga ega. u she’rning badiiy malohatiga yangicha ruh olib kiradi, o‘qishlilikni ta’minlaydi. Badiiy san’atlarni chuqur tahlilga olgan adabiyotshunos olimlar bu san’atga quyidagicha ta’rif beradi: “Takrir “takrorlash” ma’nosini ifodalovchi lafziy san’at bo‘lib, she’rda u yoki bu so‘zni takror qo‘llashni nazarda tutadi. Takrorlash vositasida so‘z ma’nosini, uning mohiyatini ta’kidlab ko‘rsatish ushbu san’atning asosiy xususiyati sanaladi”. “Takror uslub bilan bog‘liq unsur sifatida matn zamirida yotgan asosiy g‘oya-muddaoni alohida ta’kidlash va tasvirga emotsional tus berishga xizmat qiladi”. Mazkur badiiy san’at biz tahlil qilayotgan g‘azalda ham o‘zini to‘la namoyon eta olgan. G‘azalning birinchi baytida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling