Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Август 2020 8-қисм
Тошкент ABDULLA QAHHOR ASARLARINING O‘RGANILISHI Boltaboyeva Dildora Ma’murovna Beshariq tumani 15-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Тел:94-320-34-41 e-mail:dildora@mail.ru Аннотация: ushbu maqolada Abdulla Qahhor asarlarini adabiy ta’limda o‘rganilish masalasi, darslikda berilgan hikoyalarni tahlil etis oqali o‘quvchiga g‘oyaviy mazunini yetkazish kabi masalalar yoritilgan Kalit so‘zlar: adabiyot mashg‘uloti, darslik, hikoya, o‘qitish usullari, yozuvchi Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri”, “Dahshat”, “Bemor” hikoyalarini o‘rganish yuzasidan tavsiya etayotgan metod va usullar rang-barangligi, keng qamrovliligi bilan “yarq” etib e’tiborimizni o‘ziga jalb qilsa-da, shakliy ustunlikning yuqoriligi, asosiy ob’ekt - asar matnidan uzoqlashish holatining etakchiligi, tavsiya etilayotgan metodlar qo‘llanayotgan darslar ko‘proq sahna tomoshalarini eslatishi, darsning ilmiylik tamoyili biroz “parda ortida qolib”, usullar tovlanishining ustuvor bo‘lishi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, darsni mustahkamlash, badiiy tafakkurini shakllantirish maqsadida berilayotgan savol va topshiriqlarning aksariyati faktologik xarakterga ega ekanligi, garchi adibning hikoyalari o‘rganilayotgan bo‘lsa ham biror o‘rinda o‘quvchilarga hikoya janri haqida nazariy bilimlar berishning ko‘zda tutilmagani kabi etishmovchiliklarga (xato va kamchilik so‘zini qo‘llashni joiz topmadik) boyligi bilan e’tirozlarimizga sabab bo‘ladi. Albatta, dars -muqaddas jarayon. uni tashkil etish, o‘quvchilarni qiziqtirish, maqsadga erishish oson kechmaydi. Bu borada o‘qituvchilarimizning tutgan yo‘llar- ini, qo‘llagan metod va usullarini e’tirof etib, amaliyotda keng qo‘llanishini tavsiya etamiz. Bizningcha, dars jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi shaxsining o‘rni modulatsiya qilinib turiladi: o‘qituvchi - sub’ekt, o‘quvchi - ob’ekt, iste’molchi; o‘quvchi - sub’ekt, o‘qituvchi - kuzatuvchi, nazoratchi. Yangilangan pedagogik tafakkur o‘quvchi shaxsini ko‘proq sub’ekt, jarayonning faol ishtirokchisi, “kashfiyotchi”si sifatida bo‘y ko‘rsatishini; loqayd, beparvo, e’tiborsiz tinglovchisi bo‘lmasligini istaydi va bu yo‘lda qat’iy harakat qiladi. Abdulla Qahhor ijodini o‘rganish darslari o‘tmish bilan bugun o‘rtasidagi ko‘prik; hayot dinamikasining badiiy tasviri; so‘z qudratining yorqin ifodasi; hayot, yashash suratining asl oq-qora in’ikosi; fikrlar, mushohadalarga turtki beruvchi botiniy qudrat; bugunning shukronasini teran tuyish uchun ma’naviy ibrat, ma’rifiy ozuqa sifatida baholanishi, his etilishi, voqelanishi juda muhimdir. Adabiy ta’limda o‘quvchini, Abdulla Qahhor asarlarini (bu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘rganishga tavsiya etilayotgan barcha adiblarimiz asarlarini) o‘rganishga kirishar ekan, har bir gap birikma so‘z qatiga yashiringan sirdan voqif bo‘lishga, uni idrok qilishga; hissiy ta’sirlanishga, mushohada yuritishga o‘rgatish asosiy vazifalardandir. Adabiy ta’limda Abdulla Qahhor asarlarini o‘rganish orqali o‘quvchilarda ma’naviy- ma’rifiy immunitet hosil qilishga alohida e’tibor beriladi. Ma’naviy tozarish, ruhiy poklik komillikka intilish - bu ma’naviy immunitet hosil tushunchasini to‘la ifodalaydi. Abdulla Qahhor asarlarida ko‘proq o‘tmish tasviri pardozsiz, oq-qora ranglarda aniq tasvirlanadi. O‘quvchi o‘tmish bilan aloqa bog‘lar ekan bugunning qadrini, shukronosini ongli idrok qila boshlaydi. Bu juda muhimdir. Ezgu ishlarga kamarbasta bo‘lish, fidoyilik, ilmsevarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularing shakllanib, kamolga etishi - mafkuraviy immunitetning mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Ma’lumki, Abdulla Qahhorning juda ko‘p “tesha tegmagan”, qaroqi fikrlari, so‘zlari kitobxonlar orasida hikmatlarga, iboralarga aylanib ulgurgan. Adabiy ta’limda, til ta’limida adib hikmatlaridan foydalanish o‘quvchilarning ma’naviy- ma’rifiy sifatlarini oshirishga xizmat qiladi. “Abdulla Qahhor hikmatlari” nomi ostida Asror Sa- mad tomonidan tuzilib, chop etilgan kitobcha kitobxonlarga hayot haqiqatlaridan saboq beradi, ruhiy quvvat bag‘ishlaydi. O‘qituvchi hikmatlar bilan o‘quvchilarini tanishtiradi; tahlil, munosa- bat bildirishlar o‘quvchilarda ma’naviy-ma’rifiy immunitetni yanada shakllantiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. D.Tojiboyeva.Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi – T.,Toshkent 2007 2. H.G‘afforova. “A.Qahhor ijodini maktabda o‘rganish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi – T.,Qo‘qon 2011. 3. www.wikipediya.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling