Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Август 2020 8-қисм Тошкент YOZUVCHI TARJIMAI HOLINING BERILISHIGA XOS XUSUSIYATLAR Toshpulatova Gulmiraxon Oiljonovna
- Kalit so‘zlar
Август 2020 8-қисм
Тошкент — o‘g‘iz, eng to‘g‘risi, yaxshisi — yag‘mo, tuxsi, eng ochiq, ravon til — haqoniy o‘lkasida yashovchilarning tili» ekanligi ta’kidlangan. Eski turkiy til eski o‘zbek tilining shakllanishi va rivojida muhim o‘rin tutgan. Turkiy tilning rivoj topishi bevosita turkiy madaniyatga ham bog`liq. Sababi, madaniyati rivojlanmagan xalq hech qachon o`z ona tilini asrab qola olmaydi. Inchunun, turkiy xalqlar o`zlarining asrlar davomida shakllangan va rivoj topgan madaniyatlari bilan ona tilning boyishida katta xizmat qilishgan va o`rin tutishgan. Tilini asragan, qadrlagan millat yuksaladi. Shu bilan birga, eski tilini unutmagan millatning kelajagi ham porloq bo`ladi. Shu sababdan ham yuksaklik biz tomonda bo`lishiga ishonaman. Turkiy til turkiy madaniyatning asosi ham negizidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligi; 2. Rustamjon O‘rinov “O‘zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari”; 3. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ona tili darsliklari. 70 Август 2020 8-қисм Тошкент YOZUVCHI TARJIMAI HOLINING BERILISHIGA XOS XUSUSIYATLAR Toshpulatova Gulmiraxon Oiljonovna Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani 43-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Tel 99 9921781 Annotatsiya: ushbu maqolada adabiyot darslarining asosini tashkil etuvchi adiblarning tarjimai holini o‘qitishning metodikasi haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: R. usmonov, Fitrat, Q. Yo‘ldoshev, V. G. Maransman, kinoko‘rsatuv, diafilm, videofilm. Ma’rifiy va ma’naviy ozuqa berishga da’vat etilgan ijodkor tarjimai holi qanday mazmunda bo‘lishi kerakligini belgilab olish o‘ta mas’uliyatli muammodir. Buning zarurligini ”Adabiyot” darsliklaridagi quruq faktlarni qalashtirish mazmunidagi biografik ma’lumotlarning hissiz qabul qilinib kelinganligidan ham bilish mumkin. O‘quvchilarga adib tarjimayi holini berishda quyidagicha berish maqsadga muvofiq: - adibning bolalik chog‘lari va o‘sib ulg‘ayishi; - san’atkorning ijod yoli; - yozuvchi yoki shoirning ijodiy faoliyati va badiiy mahorati; - asarlaridan parchalar; - dasturda tavsiya etilgan asarning yaratilish tarixi; - ijodkorning jamiyatda tutgan mavqei, xizmatlari; - so‘z ustasi haqida uning zamondoshlari fikri va hk. Biografik ma’lumotlar, ayrim metodistlarning ta’kidlashlariga ko‘ra, adibning shaxsi, ichki dunyosi va ruhiy olami, ma’naviy e’tiqodi va izlanishlarini qamrab olishi kerak. Bizningcha, e’tiqod va izlanishlar haqidagi gaplarni san’atkorning yoshlik yillari va o‘sib ulg‘ayishi bitiladigan qismda emas, uning ijod yo‘li yoritiladigan joyda berilgani ma’qul. Adibning bosib o‘tgan yo‘li, ijodiy faoliyati biografik ma’lumotda o‘ziga xos o‘rin tutib, uning shaxsi, ichki dunyosi, ruhiy olami, qarashlari, ma’naviy e’tiqodi qay tarzda shakllanganidan tortib badiiy mahoratini egallashigacha bolgan hayot yoli o‘z aksini topadi. O‘quvchi so‘z ustasining kimligini, orzu-o‘ylarini, intilishlarini tarjimai holining shu qismidan ko‘proq bilib oladi. Demak, bu yerda beriladigan ma’lumotlarning yoshlar uchun ma’rifiy ahamiyati katta. Tarjimai holning shu qismi orqali tarixiy davr bilan tanishish ham yuz beradi. R. usmonovning fikricha, tarjimai holda san’atkorning ijodiy takomiliga ta’sir etgan voqea va hodisalar bayoni ham aks etishi kerak. Masalan: “To‘rt yil davomida Istambul dorilfununida tahsil olgan Fitrat taqdirida Turkiya hayoti muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yillar Fitratning siyosiy va davlatchilik qarashlarida, dunyoqarashi, san ’atkorlik mahorati shakllanishiga yo ‘naltiruvchi ahamiyat kasb etdi” Q. Yo‘ldoshev 7-sinf uchun yozilgan «Adabiyot» darslik- majmuasiga yozgan metodik qollanmasida adiblarning tarjimai hollarini yoritishda shu vaqtgacha qaror topgan qoliplarga rioya etmay, bolalarning tafakkuriga, hissiyotiga ta’sir qiladigan, ularni loqaydlikdan chiqaradigan malumotlarini berish kerakligini eslatadi. V. G. Maransmanning adib biografiyasi bilan uning ijodiga beriladigan sharh oldinma-keyin emas, balki qo‘shib bayon etilishi kerak degan fikri e’tiborga molikdir. Chunki olimning uqtirishicha, yozuvchi biografiyasini o‘rganishdagi estetik vazifa san’atkor tomonidan san’at asarida hayot qanday mujassamlashtirilganini ko‘rishdan iboratdir. Maktabda yozuvchining hayoti haqidagi gapni ijodini o‘rganishdan ajratib qo‘yganda asaridan keltirilgan parcha tushunarsiz bo‘lib qoladi. V. G. Maransmanning fikricha, san’atkorning hayoti bilan ijodini ayrim-ayrim bo‘lib o‘rganish, o‘quvchilar ongida san’atning hayotdan uzib qo‘yilishiga olib keladi. Basharti, biografiyasi avval, ijodi keyin joylashtirilsa, birinchisi mazmunsiz bo‘lib qoladi, chunki undan san’atkorning hayot ma’nisi, baxti va tashvishlarini tashkil etuvchi zamin chiqarib tashlangan bo‘ladi. Yozuvchining hayoti haqidagi gaplar faktlar to‘plami va sanalar ro‘yxati bilan almashtirib qo‘yiladi yoki hayotni maishiy turmushga olib borib taqab qo‘yadigan biografizm tiklanadi. «Maktabda yozuvchi biografiyasini о ‘rganish faqat та’rifiy- axloqiygina emas, balki estetik maqsadlar uchun ham zarur. Rassom (san’atkor) kо’rganlarini о’z idrok qirrasi orqali о’tkazadi. Muallif shaxsining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling