Avizo – o’zaro hisob-kitob holatidagi o’zgarishlar, pul o’tkazilishi, mol jo’natilganligi haqida axborot hujjati; hisob-kitob ishlari bajarilgani haqida bir tomonning ikkinchisiga jo’natgan axboroti
Agent – turli kelishuvlarni tayyorlash, ayrim ishlarni bajarishda boshqa shaxs (yuridik yoki jismoniy) hisobidan va uning nomidan faoliyat ko’rsatuvchi shaxs. Savdoda savdo agenti bilan ishlab chiqarish korxonasi, firmasi yoki xususiy shaxs kelishadi va kelishuv asosida ishonch qog’oziga tayanib, faoliyat yuritadi.
Akkreditiv – naqd pulsiz hisob-kitob bo’ladigan bank schyotining turi; kredit muassasasidan olish mumkin bo’lgan, aniq oluvchi ko’rsatilgan qimmatbaho qog’oz.
Aktsept – tashkilotlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob-lashishning bir shakli; takliflarni qabul qilish, kelgan hujjatlarga va molga pul to’lashga rozilik berish ifodasi.
Aktsiz – ommaviy istehmolga hos bo’lgan oziq-ovqat mollariga hamda nooziq-ovqat mollariga qo’yiladigan egri soliq. Ushbu soliq davlatga shunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan to’lanadi hamda narxning oshirilishi bilan aholi gardaniga yuklatiladi.
Aktsiya – aktsiyadorlar jamiyati ahzosining mablag’ qo’shganligi haqida guvohlik beruvchi qimmatbaho qog’oz. Aktsiya sotib olgan shaxs aktsiyador hisoblanib, mahlum huquq va majburiyatga ega bo’ladi.
Aktsiyadorlik jamiyati – korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli bo’lib, jamiyat ixtiyoridagi mulki, boyligiga asoslanib faoliyat yuritadi. Aktsiyadorlik jamiyati sarmoyasi jamiyat ahzolarining qo’shgan pul mablag’i yoki moddiy nehmatidan tashkil topadi.
Aktsiyaning nazorat paketi – biron shaxsga aktsiyadorlar jamiyati faoliyati ustidan nazorat qilishni tahminlaydigan aktsiyalar hissasi. Odatda bunday holat aktsiyalar miqdorining yarmidan ko’pi yoki katta qismi bir qo’lda to’planganda amalga oshadi.
Arbitraj – xo’jalik tomonlari o’rtasidagi kelishmovchi-liklarni hal qiluvchi hakamlar sudi.
Aylanma fondlar – bu fondlar odatda ishlab chiqarish jarayonlarida bir marta ishlatilib, ularning har birida yangilanadi va o’z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga to’la o’tkazadi.
Asosiy fondlar – bu fondlar ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta ishlatiladi. U uzoq muddat davomida foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, yemirilishi darajasiga qarab ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga o’z qiymatini asta-sekinlik bilan o’tkazib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |