Avizo – o’zaro hisob-kitob holatidagi o’zgarishlar, pul o’tkazilishi, mol jo’natilganligi haqida axborot hujjati; hisob-kitob ishlari bajarilgani haqida bir tomonning ikkinchisiga jo’natgan axboroti Agent


Assortiment – sotish xonasidagi turli-tuman mollarning to’planishi; bahzida bir molning turlar, navlarining to’plami. Assotsiatsiya


Download 57.44 Kb.
bet2/9
Sana21.06.2023
Hajmi57.44 Kb.
#1637990
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10. Глоссари

Assortiment – sotish xonasidagi turli-tuman mollarning to’planishi; bahzida bir molning turlar, navlarining to’plami.
Assotsiatsiya – to’planma, uyushma; biron maqsadga erishish uchun (xo’jalik, siyosiy, ilmiy, madaniy yoki boshqa maqsadlar) birlashish. Assotsiatsiya yuridik shaxs bo’lib hisoblanadi.
Auditor firmasi – mustaqil tashkilot bo’lib, shartnoma asosida korxonalar yillik buxgalteriya hisobotini tekshiradi va tasdiqlaydi. Tekshiruv davomida auditor firmasi buxgalteriya hisob-kitobining holatini va talabga mos kelishini, moliya-xo’jalik faoliyati masalalarining haqiqiy holatga mos kelishini nazorat qiladi.
Auktsion – kim oshdi savdosi. Bu alohida xususiyatga ega bo’lgan va alohida joylarda tashkil etiladigan ochiq savdoga asoslangan mahsus bozor. Auktsion o’zaro musobaqaga tayangan holda amalga oshadi.
Aholining harid qobiliyati – aholining bozordagi vujudga kelgan narx asosida mollarni, xizmatni xarid qilish imkoniyati. Aholining harid qobiliyati bozor sig’imini belgilashda yetakchi o’rin egallaydi.
Aholining minimal istehmol byudjeti – har bir oila ahzosining ish kuchini qayta tiklashi uchun zarur mablag’ miqdori. Bunda zarur istehmol mollarining, xizmatning miqdori va sifati ehtiborga olinadi va oilaning har bir ahzosiga pul birligida hisoblanadi.
Baza – asos, tayanch, quyi qism, ombor va boshqalar. Tijorat ishlarida band bazalar; mol qabul qiluvchi, qayta ishlovchi, navlarga, turlarga ajratuvchi va saqlovchi bazalardan iborat.
Bank – pul mablag’larini mujassamlashtiradigan, qarz beruvchi, pul, qimmatbaho qog’ozlarni, hisoblarni olib boruvchi muassasa.
Bankrot – to’lovga qodir bo’lmagan qarzdor.
Barter – savdo-sotiq faoliyatining bir turi bo’lib, mahsulot ayriboshlash pul to’lovisiz sodir bo’ladi. Almashuv mahsulotlar narxi, xalqaro va ichki bozor narxlari, sifati, yetkazib berish shartlari hisobga olinib, ular o’rtasidagi nisbat o’rnatiladi.
Bashoratmahlum axborotlarga, raqamlarga, hisoblarga, sharoitga tayanib bashorat qilish.

Download 57.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling