Bijuteriya – zargarlik mollari savdosi.
Birja – qimmatbaho qog’ozlar, valyuta, tovar, ish kuchi va xom ashyo sotiladigan va harid qilinadigan muassasa.
Boj to’lovi – chegaradan chiqayotgan yoki kelayotgan mollarga qo’yilishi mumkin bo’lgan to’lov. Uning miqdori davlat siyosatiga bog’liq. Boj miqdori mahsus boj tariflarida ifodalanadi.
Bozor segmenti – bozorning mahlum qismini tashkil etadi va bozordagi istehmol maqsadi bir bo’lgan xaridorlarning xatti-harakatini tavsiflaydi. Xaridorning daromadi, turar joyi, oilaviy, milliy urf-odatlari, jinsi, yoshi va boshqa xususiyatlariga qarab bozor segmentlashtiriladi.
Bozor sig’imi – mahlum bozorda mahlum muddatda to’lovga qodir mol taklifi va chakana narx darajasi hisobga olingan holda sotilishi mumkin bo’lgan mol miqdori. Bozor sig’imini aniqlashda biror tovarga mo’ljallangan aholining harid quvvati, korxona-larning aynan shu molni sotib olish ehtiyoji hisobga olinadi.
Bond – bojxona boji to’lanmagan tovar.
Bord – molning sotuvchi hisobidan kemaga yetkazib berilish sharti.
Bonus – xizmat uchun mukofotlash, rag’batlantirish. Tovar bozorida bonusning miqdori sotilgan yoki harid qilingan tovarning qiymatiga, undan olinadigan foizga, tovarning bozorda tez soti-lishiga, sotilish yo’liga, iqtidorli komissionerlar o’rtasidagi raqobat darajasiga bog’liq.
Broker – sotuvchi va oluvchi o’rtasidaga vositachi; mijozlarning topshirig’i bilan va ular hisobiga ishlaydigan hamda vositachilik ishi uchun o’z komission haqini oluvchi shaxs.
Buyurtma – haridorning (buyurtmachining) sotuvchiga jo’nata-digan hujjati bo’lib, unda molni harid qilishga qathiy qaror qilinganligi ifodalanadi.
Valvatsiya – chet el tangasi qiymatini davlat pul birligida baholash.
Valyuta – biror mamlakatda qabul qilingan pul tizimi va pul birligi.
Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalanishi. Valyuta kursining o’rnatilishi koti-rovka deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |