Avizo – o’zaro hisob-kitob holatidagi o’zgarishlar, pul o’tkazilishi, mol jo’natilganligi haqida axborot hujjati; hisob-kitob ishlari bajarilgani haqida bir tomonning ikkinchisiga jo’natgan axboroti Agent


Veksel – qonun tomonidan qathiy belgilangan, qarzni ifodalovchi yozma majburiyat bo’lib, veksel oluvchi uni egasiga topshiradi. Venchur korxonalari


Download 57,44 Kb.
bet4/9
Sana21.06.2023
Hajmi57,44 Kb.
#1637990
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10. Глоссари

Veksel – qonun tomonidan qathiy belgilangan, qarzni ifodalovchi yozma majburiyat bo’lib, veksel oluvchi uni egasiga topshiradi.
Venchur korxonalari – davlat, yirik firmalar bilan kontrakt asosida ilmiy izlanishlar olib boruvchi, muhandislik ishlarini yaratuvchi, yangiliklarni tatbiq yetuvchi korxona.
Garantiya – kafillik, ishontirish, gardaniga olish, biror-bir narsani tahminlaydigan sharoit. Kontrakt tuzuvchi tomonlar, masalan, kontraktning bajarilishiga, agar bajarilmasa, zararlarni qoplashga kafillik beradi.
Giperinflyatsiya – pul qadrsizlanishining juda yuqori surhatini ifodalaydi. Bunda pulning qadrsizlanishi yiligi 1000 foizdan ortadi.
Daromadlar – korxona, tashkilot, firmalar faoliyatining muhim ko’rsatkichi bo’lib, faoliyatning barcha tomonlaridan kelishi mumkin. Savdo firmasi, do’konning daromadi molning xarid narxi bilan sotilish narxi o’rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi.
Debitorbiror korxonadan, firmadan, muassasadan boshqa yuridik shaxs yoki fuqaroning qarzdor bo’lib qolishi.
Devalvatsiya – mamlakat pul birligi asosidagi oltin-ning kamayishi yoki kursining boshqa mamlakatlar valyutasi kursiga nisbatan qonuniy ravishda pasayishi.
Deklaratsiya – mahlum axborotni o’z ichiga oluvchi hujjat. Deklaratsiya bojxona uchun tayyorlangan bo’lsa, unda boj to’lanadigan molning nomi, miqdori, narxi va boshqalar ifodalanadi.
Dekort – molning haqini muddatdan avval to’langan yoki molning miqdori, sifati kelishuv shartlariga mos kelmagani uchun molning narxidan chegirma.
Demarketing – marketingning bir turi bo’lib, ishlab chiqarish quvvati, xom ashyoning yetishmasligi tufayli bozorga kam chiqariladigan molga talabni pasaytirishga qaratilgan.
Demping – eksport tovarlarini bozorning o’rtacha narxidan, hatto tannarxidan ham pastroq narxda sotish. Bu usul bozorni egallash, raqobatchilarni sindirish maqsadida qo’llaniladi.
Defitsit – biror narsaning yetishmasligi, kamchiligi. Jumladan, tovarlar yetishmasligi, byudjet mablag’ining yetish-masligi.

Download 57,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling