Avtoklav kod- na 1001 Vazifasi


Download 41 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi41 Kb.
#1417927
Bog'liq
Avtoklav (2)


AVTOKLAV
Kod- NA 1001
Vazifasi:

Bug’ va bosim yordamida sterilizasiya qilanadigan uskuna.




Tuzilishi:

Ikki qavatli metal qozon og’ir germetik qopqog’li. Bug’ bosimini ko’rsatadigan monometr va temperaturani aniqlagich bor.


Ishlatilishi:

Avtoklav bilan oziqa muhitini, bog’lov materiallarini, laboratoriya idishlarini qo’lqoplarni sterilizasiya qilinadi. Ishlatishdan oldin elektr tarmog’iga ulanadi, uskuna ro’rsatkichlari nazoratdan o’tkaziladi, suv quyub suv satqiga e’tibor beriladi.




Ishlatishda xavhsizlik qoidalari:

Avtoklav suvsiz ishlatilmaydi. Erga elektr toki o’tkazuvchangligi bo’lishi kerak, ishlash vaqtida avtoklavga ishlash vaqtida qo’l tekkizish yaramaydi. Qopqoqni qachonki atmosfera bosimi ko’rsatuvchi monometr nolni (0) ko’satguncha ochilmaydi.


QOCHIRISH UCHUN QORA MOL MODELI


Kod- NA 1052


Vazifasi:

Qochirish uchun qora mol modelidan tos bo’shlig’idagi organlar topagrafiyasi-joylashgan o’rni, shakllari va hajmlari o’rganiladi. Bachadon shohlarini palpasiya ya’ni paypaslab ko’rish yo’li bilan talabalar hayvonni bo’g’ozlik darjasini aniqlashda malaka oshiradilar. Tos bo’shlig’ida tana temperaturaga mos keltiradigan uskunalar joylashtirilgan.


Modelning oldi qismida to’g’ri ichakka havo yuboradigan nasos va elektr lampalarini yoquvchi moslamalar joylashtirilgan. Modeldan qora mol sut bezini anatomiyasi va fizologiyasi o’rganiladi.


Ishlatishda xavhsizlik qoidalari

Model elektr tarmogi ulangan paytda ehtiyot choralariga amal qilish kerak. Qo’pollik bilsn harakat qilish yaramaydi.




Dizel dvigatelining krivoship shatun mexanizmi.


VAZIFASI: Krivoship – shatun mexanizmi silindrda yonilg’I aralashmasi yonganidan hosil
bo’lgan gaz bosimini qabul qilib porshenning ilgarilama –qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o’zgartirib beradi.
TUZILISHI: Krivoship-shatun mexanizmining barcha detallari harakatlanuvchi va qo’zg’almas qismlarga bo’linadi. Qo’zg’almas detallari dvigatelning korpusini tashkil etib , ularga silidr , uning kallagi va karterlar kiradi. Harakatlanuvchi detallari , porshen , uning barmog’I shatun , tirsakli val va maxoviklardan tashkil topadi .


Dizel dvigatelining ta’minlash tizimi detallari.
VAZIFASI: Karbyuratorli dvigatelda kiritish taktida silindrlarga karbyuratorda havo va benzindan tayyorlangan yonuvchi aralashma kiritilsa , dizelda esa sof havo kiritiladi. Siqish taktini oxirida karbyuratorli dvigatelda ish aralashmasi elektr uchqunidan alangalansa , dizelda esa silindrda siqilgan havoga dizel yonilg’isi purkaladi. Purkalgan yonilg’I mayda tomchilarga ajralib , yonish kamerasining butun hajmiga taqsimlanib bug’lanadi , havo bilan aralashadi va ish aralashmasini hosil qilib o’z-o’zidan alangalanadi.
TUZILISHI: Ta’minlash tizimi quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan: Yonilg’I baki ,yonilg’I haydash nasosi,filtrlar va tindirgichlar,yuqori bosimli yonilg’i nasosi , forsunkalar, past va yuqori bosimli ulovchi naychalar.
MOY NASOSI
VAZIFASI: Moy nasosi moyni bosim ostida dvigatel mexanizmlarining ishqalanuvchi yuzalarga, shuningdek moyni tozalash va sovitish tizimlariga yuborish uchun xizmat qiladi.
TUZILISHI: Haydash kanali , yetaklanuvchi shesternya , korpus , reduksion klapan prujinasi, kiritish kanali , yetakchi shesternya , ilashishda bo’lgan tishlar orasidan moyni o’tkazish ariqchasidan iborat.


KARBYURATOR.
VAZIFASI: Karbyurator benzinning juda mayda zarralari (yoki bug’lari) bilan havo havo aralashmasi- yonuvchi aralashma tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu jarayonni tashkil qilib beruvchi qurilma karbyurator deb ataladi.
TUZILISHI: Qalqovuch , qalqovuch kamerasi , yoqilg’I o’tkazgich berkitish ignasi , qalqovichli kameradagi teshik , havo tozalagich , drossel zaslonkasi , aralashtirish kamerasi va jiklordan iborat.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling