Agar statik xarakteristika analitik ko‘rinishda berilgan bo‘lsa, u xolda chiziqlantirish y(t) funksiyani Teylor qatoriga ajratish (yoyish) yo‘li bilan bajariladi (3.2-rasmga qarang). - Agar statik xarakteristika analitik ko‘rinishda berilgan bo‘lsa, u xolda chiziqlantirish y(t) funksiyani Teylor qatoriga ajratish (yoyish) yo‘li bilan bajariladi (3.2-rasmga qarang).
Xar bir konkret zvenoning xarakat differensial tenglamasini tuzish tegishli texnik fanlar (mexaniqa, elektrotexnika, issiqliktexnikasi, gidravlika va x.k.)ga ta’luqlidir. Lekin umumiy xolda differensial tenglamani tuzishning quyidagi tartibini tavsiya qilish mumkin: - Xar bir konkret zvenoning xarakat differensial tenglamasini tuzish tegishli texnik fanlar (mexaniqa, elektrotexnika, issiqliktexnikasi, gidravlika va x.k.)ga ta’luqlidir. Lekin umumiy xolda differensial tenglamani tuzishning quyidagi tartibini tavsiya qilish mumkin:
- 1) zvenoning kirish va chiqish kattaliklari, shuningdek g‘alayonlantiruvchi ta’sirlar aniqlab olinadi;
- 2) barcha o‘zgaruvchilar koordinatlari uchun xisob boshi va musbat o‘zgarish yo‘nalishi tanlanadi;
- 3) qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib u yoki bu cheklanishlar yoki yo‘l qo‘yishlar qabul kilinadi:
- 4) tadqiqlanayotgan zveno uchun, uning tabiatiga qarab asosiy fizik qonunlardan foydalaniladi: mexaniq zvenolar uchun-Nyuton qonunlari: gidravlik va pnevmatik zvenolar uchun- suyuqlik va gazlarning oqish qonunlari: elektrik zvenolar uchun esa - Kirxgof qoidalari va boshqalardan foydalangan xolda zvenoning differensial tenglamasi tuziladi.
Xulosa - Xulosa qilib aytganda avtomatik sistemalarning ishlash rejimlari. Sistemaning ishlash jarayonini galayonlantiruvchi va boshqaruvchi ta’sirlarni xisobga olgan xolda o‘rganish va miqdoran baholash uchun elementlar va sistemalarning matematik tavsiflaridan foydalaniladi. Bunda sistema qanday xolatda (rejimda) ishlayotgani muxim ahamiyatga ega.
- Agar sistemada g‘alayonlantiruvchi va boshqaruvchi ta’sirlar vaqt davomida uzluksiz o‘zgarib tursa, bunday sistema dinamik rejimda bo‘ladi. Sistemaning asosiy xolati beqaror xolat bo‘lib, bunday rejimga dinamik rejim deyiladi. Sistemaning beqaror xolati shu bilan xarakterlanadiki, unga bo‘layotgan ta’sirlar bir qator o‘tish jarayonlarini vujudga keltiradi. Agar sistemaga kelayotgan ta’sirning qiymati yoki xarakteri o‘zgarmasa o‘tish jarayoni tugab sistema yana qaror (muvozanat) xolatiga qaytib keladi. Element yoki sistemadagi qaror jarayon bilan xaraterlanadigan rejim statik rejim deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |