Avtomatik boshqarish nazariyasi asoslari. Elementlar va absni ish rejimlari, ularni statik va dinamik rejimlarda matematik tavsiflash


Download 166.35 Kb.
bet1/3
Sana25.03.2023
Hajmi166.35 Kb.
#1294430
  1   2   3
Bog'liq
Avtomatik boshqarish nazariyasi asoslari. Elementlar va ABSni ish rejimlari, ularni statik va dinamik rejimlarda matematik tavsiflash.

Andijon mashinasozlik instituti EEE yo’nalishi S 357-19 guruh talabasi ISOMIDDINOV G’ULOMIDDINning tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

Avtomatik boshqarish nazariyasi asoslari. Elementlar va ABSni ish rejimlari, ularni statik va dinamik rejimlarda matematik tavsiflash.

Reja:

  • 1. Element va sistemalarni statik rejimda tavsiflash.
  • 2. Element va sistemalarni dinamik rejimda tavsiflash.
  • 3. Dinamik zveno tushunchasi.

Avtomatik sistemalarning ishlash rejimlari. Sistemaning ishlash jarayonini galayonlantiruvchi va boshqaruvchi ta’sirlarni xisobga olgan xolda o‘rganish va miqdoran baholash uchun elementlar va sistemalarning matematik tavsiflaridan foydalaniladi. Bunda sistema qanday xolatda (rejimda) ishlayotgani muxim ahamiyatga ega.

  • Avtomatik sistemalarning ishlash rejimlari. Sistemaning ishlash jarayonini galayonlantiruvchi va boshqaruvchi ta’sirlarni xisobga olgan xolda o‘rganish va miqdoran baholash uchun elementlar va sistemalarning matematik tavsiflaridan foydalaniladi. Bunda sistema qanday xolatda (rejimda) ishlayotgani muxim ahamiyatga ega.
  • Agar sistemada g‘alayonlantiruvchi va boshqaruvchi ta’sirlar vaqt davomida uzluksiz o‘zgarib tursa, bunday sistema dinamik rejimda bo‘ladi. Sistemaning asosiy xolati beqaror xolat bo‘lib, bunday rejimga dinamik rejim deyiladi. Sistemaning beqaror xolati shu bilan xarakterlanadiki, unga bo‘layotgan ta’sirlar bir qator o‘tish jarayonlarini vujudga keltiradi. Agar sistemaga kelayotgan ta’sirning qiymati yoki xarakteri o‘zgarmasa o‘tish jarayoni tugab sistema yana qaror (muvozanat) xolatiga qaytib keladi. Element yoki sistemadagi qaror jarayon bilan xaraterlanadigan rejim statik rejim deb ataladi.

Bu rejimda sistemaga ta’sir qilayotigan boshqaruvchi va galayonlantiruvchi ta’sirlar hamda chiqish kattaligi vaqt davomida o‘zgarmas deb qabul qilinadi.

  • Bu rejimda sistemaga ta’sir qilayotigan boshqaruvchi va galayonlantiruvchi ta’sirlar hamda chiqish kattaligi vaqt davomida o‘zgarmas deb qabul qilinadi.
  • Amaldagi ABSlar dinamik rejimda ishlaydi, shuning uchun ularning dinamik rejimdagi tavsifi asosiy tavsifidir. Statik rejimi sistemalarni ma’lum bir darajagacha ideallashtirish va element yoki sistemani o‘tish jarayoni tugagandan keyingi xolatini tavsiflashda foydalaniladi.
  • Element va sistemalarni statik rejimda tavsiflash. YUqorida ta’kidlanganidek statik rejim-bu o‘zgarmas ta’sir mavjudligida element yoki sistemaning qaror muvozanat xolatidir. Elementning qaror xolatida chiqish kattaligining kirish kattaligiga bog‘liqligi shu xolatning statik xarakteristikasi deb ataladi va u analitik yoki grafik ko‘rinishda beriladi. Statik xarakteristikani grafik ko‘rinishda berilganda absissa o‘qida kirish kattaligi x(t) ordinata o‘qida esa chiqish kattaligi y(t)ning qiymatlari ko‘yiladi. Elementlar statik xarakteristikalarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlari 3.1-rasmda keltirilgan.
  • Ko‘p xollarda amaldagi elementlar va sistemalarning statik xarakteristikalari chiziqli emas. SHu sababli injenerlik amaliyotida chiziqli bo‘lmagan xarakteristikalarni o‘rtachalash yoki kichik og‘ishlar usullari asosida taqribiy chiziqli xarakteristikaga keltiriladi. Bu jarayonga chiziqlantirish deb ataladi.
  • Eng oson chiziqlantirish - o‘rtachalash metodi agarda etarlicha tekis bo‘lgan xarakteristikani ma’lum bir analitik funksiya orqali tavsiflash, aproksimallashning iloji bo‘lmasa qo‘llaniladi. (3.2-rasm)
  • Kichik og‘ishlar metodi chiziqli bo‘lmagan y(x) xarak-teristikani koordinatalari ( ) bo‘lgan 0 nuqta atrofida shu nuqtaga o‘rinma bo‘lgan to‘g‘ri chiziq bilan almashtirishga asoslangan.

Download 166.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling