Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси
Boshqaruvchi tizimlarning turlari
Download 1.23 Mb.
|
avtomatika maruza matni
Boshqaruvchi tizimlarning turlari.Boshqaruvchi tizimning birinchi farq qilish belgisiga asosan 3 turga ajratiladi: Stabillashtiruvchi boshqaruvchi tizimlar. Stabillashtiruvchi tizimlar oldindan o‘zgarish qonuniyati ma’lum bo‘lmagan bezovtalovchi ta’sir ostida boshqariladigan ob’ektda bir ѐki bir nechta boshqariladigan kattalikning berilgan qiymatlarini ushlab turadi. Masalan: chastotani, kuchlanishni, temperatura va boshqa kattaliklarni stabillashtiruvchi tizimlar. Dastur ѐrdamida boshqariladigan tizim. Bu turdagi tizimlarda buyuruvchi ta’sir oldindan aniqlangan va vaqtga bog‘liq ravishda o‘zgarishi ta’minlanadi. Ba’zi hollarda bu bog‘lanish boshqariladigan jaraѐnning qandaydir parametri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, harakatlanuvchi ob’ektlarni boshqarishda boshqarish dasturi ob’ektning bosib o‘tgan yo‘liga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Bunday tizimlar boshqarish tajribasida keng tarqalgan. Masalan: IYOD ishini boshqarish, har xil dastgoh, stanok va sanoat robotlari, manipulyatorlarni boshqarish. Ergashuvchi boshqaruvchi tizim. Bunday tizim bir boshqariladigan ob’ektdagi kattalikni ikkinchi ob’ektdagi kattalik bilan bog‘liq ravishda o‘zgartirishni ta’minlaydi. Bunda kuzatuvchi qurilma ikkinchi ob’ektdagi boshqariladigan kattalikni kuzatadi va birlamchi signalni yaratadi. Bu signal ergashuvchi qurilma ѐrdamida ma’lum ishlovdan o‘tib, kerakli bo‘lgan kattalikning o‘zgrish qonuniyatini shakllantiradi. SHu tarzda avtomobillarda o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi, avtomobil g‘ildiragining qotib qolishini yo‘qotishni boshqarish hal qilinadi. Boshqaruvchi tizimlar ikkinchi farq qilish belgisi asosida ikki turga bo‘linadi: Ochiq zanjirli boshqarish tizimlari, YOpiq zanjirli boshqarish tizimlari. Boshqaruvchi tizimlar uchinchi farq qilish belgisi asosida ikki turga bo‘linadi: O‘z-o‘zidan moslashuvchi avtomatik boshqarish tizimi. Ishlash sharoitining o‘zgarishiga moslashish qobiliyati bo‘lmagan boshqarish tizimlari. O‘z-o‘zidan moslashuvchi avtomatik boshqarish tizimlari shu bilan ajralib turadiki, ular tarkibiga qo‘shimcha qurilmalar kiritilgan bo‘ladi. Bu qurilma tizimning ishlash sharoiti o‘zgarishi bilan uning strukturasida kerakli o‘zgartirishlarni, algoritmlarni tanlab olishni bajaradi. Oqibatda tizim o‘z xususiyatlarini saqlab qoladi. Boshqarish texnikasida boshqaruvchi tizimlarning uzluksiz va uzlukli turlarga ham ajratiladi. Uzluksiz boshqaruv tizimlarida signallar vaqt bo‘yicha uzluksiz ko‘rinishida bo‘ladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling