Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet9/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

rostlanuvchi ob’ekt deyiladi.

Boshqarish prinsiplari


Boshqarish prinsiplari (tamoyillari) texnik jaraѐnlarni avtomatik boshqarish asosi bo‘lib hisoblanadi. Ularni o‘rganishda eng avval har xil boshqariladigan ob’ektlarda boshqariladigan kattalikning o‘zgarish qonuniyatiga bo‘lgan talabni bilishimiz zarur. Har xil ishlab chiqarishlarning boshqariladigan ob’ektlarga bo‘lgan talabni o‘rganish uchun uch xil boshqarish qonuniyati zarurligini ko‘rsatadi.

      1. Boshqariladigan kattalikning berilgan qiymatini vaqt davomida bir xil qilib ushlab turish;

Bunday qonuniyatni stabillashtirish qonuniyati deb ataladi. Ishlab chiqarish sharoitida bunday qonuniyat asosida texnik jaraѐnni boshqarish juda keng tarqalgan. Masalan, avtomobil generatorining chiqish kuchlanishi, ichki ѐnish dvigatelining tempereturasini, aylanishlar chastotasini boshqarish bunga misol bo‘la oladi.

      1. Ob’ektning boshqariladigan kattaligi ma’lum bir oldindan aniqlangan va vaqtga bog‘liq ravishda o‘zgaradigan funksiyaga mos ravishda o‘zgartirish. Bunday qonuniyatni dastur ѐrdmida boshqarish ham ishlab chiqarishda keng tarqalgan. Masalan, IYOD ni boshqarish, issiqlik pechlarini boshqarish, stanoklar va sanoat robotlari ishini boshqarish, svetoforlar ishini boshqarish bunga misol bo‘la oladi.

      2. Bir ob’ektning boshqariladigan kattaliklarining o‘zgarish qonuniyati ikkinchi bir boshqariladigan kattaligining o‘zgarishiga qarab aniqlanadi. Bunday turdagi boshqarish avtomobillarda o‘t oldirish shamlarini boshqarishda ishlatiladi. Ma’lumki, o‘t oldirish tizimida o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining kattaligi dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi va uning sarflaѐtgan quvvatiga mos ravishda o‘zgarib turishi kerak.

Qisqacha qilib aytganda yuqorida ko‘rilgan boshqarish qonuniyatlari ishlab chiqarishni boshqariladigan ob’ektlarga qo‘yilgan ishlab chiqarish maqsadlaridir.
Boshqarish prinsiplari ana shu ishlab chiqarish maqsadlarining bajarilishini ta’minlashi kerak. Hozirda boshqaruvchi qurilmalarini yaratishda qo‘llanib kelaѐtgan boshqarish prinsiplari avtomatika fani taraqqiѐtining eng boshlang‘ich bosqichida shakllanadi. Bu prinsiplar mutaxassislarning izlanishi natijasida insonni o‘z haѐtidagi faoliyatini analiz qilish asosida topiladi va ularni turlarini ajratadi. SHunga ko‘ra 3 ta boshqarish prinsipi aniqlangan:

  1. Boshqariladigan kattalikning o‘zgarishiga qarab boshqarish prinsipi;

  2. Bezovtalovchi kattalikning o‘zgarishiga qarab boshqarish prinsipi;

  3. Umumlashgan boshqarish prinsipi.




Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling