Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси
Ishlab chiqarish jaraѐnlarini avtomatlashtirish
Download 1.23 Mb.
|
avtomatika maruza matni
Ishlab chiqarish jaraѐnlarini avtomatlashtirishIshlab chiqarish jaraѐnlarini avtomatlashtirish texnika taraqqiѐtining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini tinimsiz oshirish va mahsulot sifatini yuqori darajalarga ko‘tarish uchun xizmat qiladigan omil hisoblanadi. Ishlab chiqarish jaraѐnlarini avtomatlashtirish iborasining izohli lug‘atda «energiya, materiallar, ma’lumotlarni olish, maqsadga muvofiq o‘zgartirish, uzatish jaraѐnlarida odamni qisman ѐki to‘la ishtirok etishdan ozod qiladigan texnik vositalar, iqtisodiy-matematik metodlar hamda boshqarish tizimlarini ishlab chiqarishda qo‘llash» deb ta’riflanishi fan-texnika taraqqiѐtining bu sohasi juda katta iqtisodiy va ijtimoiy mohiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. U ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini va iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lmish ishlab chiqarish samaradorligining uzluksiz oshishini ta’minlaydi; jismoniy hamda aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar orasidagi tavofutni asta-sekin yo‘qolishiga olib keladi. Ishlab chiqarish jaraѐnlarining ish unumdorligi va mahsulot sifatini oshirish yo‘llaridan biri elektron hisoblash mashinalari, robot va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdir. Xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlarida, jumladan oziq-ovqat hamda kimѐ sanoatida alohida mashina, agregat mexanizmlarni avtomatlashtirishdan sex, texnologik bo‘lim va zavodlarni to‘liq avtomatlashtirishga o‘tilayapti. Natijada texnologik jaraѐnlarning boshqarishni avtomatlashtirilgan sistemalari (TJABS), korxonalarning boshqarishni avtomatlashtirilgan sistemalari (KABS) hamda to‘liq tarmoqlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari (TTBAS) yaratilmoqda. Ishlab chiqarish jaraѐnlarini boshqarishda odam qo‘l mehnatini maxsus avtomatik qurilmalar ishi bilan almashtirish jaraѐniga avtomatlashtirish deyiladi. Berilgan xom ashѐ ѐki yarim fabrikatdan tayѐr mahsulot olish uchun yo‘naltirilgan ta’sirlar to‘plamiga ishlab chiqarish jaraѐni deyiladi. Har qanday ishlab chiqarish jaraѐnini quyidagi asosiy elementlarga ajratish mumkin: Oddiy ishchi jaraѐnlar; Boshqarish operatsiyalari; Nazorat operatsiyalari. Oddiy ishchi jaraѐnlari quyidagilardan iborat: a) Sof ishchi jaraѐnlar; b) O‘rnatish operatsiyalari; v) Transport operatsiyalari; g) Xizmat ko‘rsatish operatsiyalari. Masalan, non ishlab chiqarish jaraѐnida sof ishchi jaraѐni bo‘lib xamirni bo‘lish apparatida xamir zuvalalarini olish hisoblanadi. Bu erda o‘rnatish operatsiyasida apparatning ma’lum tur yarim fabrikat olish uchun ishchi organlarini o‘rnatish tushunilsa, transport operatsiyasida esa xamir zuvalalarini keyingi apparatga (masalan, xamir maydalash apparatiga) transportѐr orqali uzatish tushuniladi, xizmat ko‘rsatish operatsiyasida esa mashinani o‘z vaqtida tozalash ѐki ѐg‘lash zarur. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling