Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Uzatish-jo‘natish komandalari


Download 1.23 Mb.
bet47/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Uzatish-jo‘natish komandalari operandlar ustida hech qanday operatsiyani bajarishning talab qilmaydi. Operandlar shunchaki manbadan (Source) qabul qiluvchiga uzatiladi. Protsessorning ichki registrlari, xotira yacheykalari ѐki kiritish- chiqarish qurilmalari manba va qabul qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Bu holatda AMQ ishlatilmaydi.
Arifmetik komandalar qo‘shish, yirish, ko‘paytirish, bo‘lish, bir birlika oshirish (inkrementlash), bir birlikka kamaytirish (dekrementlash) operatsiyalarini bajaradi. Bu komandalar uchun bir ѐki ikki kiritish operandi talab qilinadi. Komanda bitta chiqarish operandini shakllantiradi.
Mantiqiy komandalar mantiqiy operatsiyalar operandlari ustida amalga oshiriladi. Masalan, mantiqiy VA, mantiqiy YOKI, tozalashni, inversiyani, turli xil siljish (o‘ngga, chapga, arifmetik siljish, davriy siljish)dan tashqari YOKI. Bu komandalarga, xuddi arifmetik komandalar kabi bir ѐki ikki kiritish operandi talab qilinadi. Komanda bitta chiqarish operandini shakllantiradi.
O‘tish komandalari – komandalar bajarilish ketma-ketligi odatiy tartibini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Bu komandalar ѐrdamida dastur osti dasturiga o‘tish va undan qaytish, barcha mumkin bo‘lgan sikllar, dastur shoxchalanishi, dastur fragmentlari (qismlari)ini o‘tkazib yuborish va shu kabi boshqa o‘tish operatsiyalari tashkil etiladi. Aynan shu komandalar axborotni qayta ishlashning murakkab algoritmlarini qurishga imkon beradi. O‘tishlar komandalari har doim komanda schechigi tarkibini almashtiradi. O‘tishlar shartli ѐki shartsiz bo‘lishi mumkin.
Har bir bajarilgan komanda natijasiga mos ravishda protsessor holatining registrlar biti (RSW) o‘rnatiladi ѐki tozalanadi.
Turli protsessorlarda komandalar tizimi bir-biridan ancha farq qiladi, lekin ular o‘zining asosida bir-biriga juda o‘xshash bo‘ladi. Turli protsessorlarda komandalar soni ham turlicha bo‘ladi. Masalan, MS68000 protsessorlarida bir-yo‘g‘i 61 komanda, 8086 protsessorida -133 komanda mavjud. Zamonaviy katta quvvatli protsessorlarda komandalar soni bir necha yuzga etadi, shuningdek qisqartirilgan komandalar to‘plamidan iborat (RISC- protsessorlar)
protsessorlar ham mavjud. Bu turdagi protsessorlarda komandalar sonining maksimal qisqartirishi hisobiga ularni bajarilishining yuqori tezligi va samaradorligiga erishiladi.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan to‘rt turdagi protsessor komandalar guruhining alohida xususiyatlari bilan batafsil tanishib chiqamiz.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling