Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet46/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Mikroprotsessorning komanda tizimi.

Reja:


  1. MPT ning komanda tizimi.

  2. Uzatish-junatish komandalari.

  3. Arifmetik komandalar.

  4. Mantiqiy komandalar.

  5. Stek. Stek ustida bajariladigan komandalar.



Tayanch so‘zlar: komanda, komanda formati, komanda tizimi, dastur, dasturosti dasturi, o‘tish, siljitish-ko‘chirish, mantiqiy, arifmetik, kod, operand, stek, yacheyka, shifr, operatsiya.


Komanda – EHM ga qaysi operatsiya bajarilishi keraklgini ko‘rsatadigan axborot birligi hisoblanadi.
Dastur (programma) – belgilangan operatsiyani bajarilishi uchun komandalar to‘plami.
MPT da komandaning bajarilishi ikki fazadan iborat: adreslangan komandaning xotiradan tanlanishi va uning bajarilishi. Ikkinchi faza o‘z navbatida yana ikki qismga bo‘linadi: xotiradan operandlarning tanlanishi va operandlar ustida operatsiyalarning bajarilishi. Har qanday protsessorning asosiy funksiyasi – bu komandaning bajarilishidir. Protsessor tomonidan bajarilaѐtgan komandalar tizimi mantiqiy elementlarning haqiqiylik jadvali ѐki birmuncha murakkab mantiqiy mikrosxemalar ish rejimining jadvaliga o‘xshash holatni o‘zida namoѐn etadi. Boshqacha aytganda, u protsessor ishi mantig‘ini va uning u ѐki bu tashqi holatlar kombinatsiyalariga reaksiyasini aniqlaydi.
MPT uchun dastur ѐzish – bunday tizim uchun eng muhim va birmuncha murakkab bosqichdir. Samarador dastur ѐzish uchun hech bo‘lmaganda protsessor foydalanaѐtgan
komanda tizimi haqida umumiy tasuvvurga ega bo‘lish kerak. ko‘pchilik protsessorlarda ishlatiladigan asosiy komanda turlari va ularning qo‘llanish xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz. Protsessor xotirasidan tanlanadigan har bir komanda protsessorning yaqin bir necha taktlarda harakati algoritmlarini aniqlaydi. Komanda kodi mikroprotsessorga qaysi operatsiyani bajarish kerakligi va qaysi operandlar bilan bajarish kerakligi, komanda bajarilishi uchun zarur axborotni qaerdan olish va natijani qaerga joylashtirish kerakligi haqida ma’lumot beradi. Protsessorda komanda kodining shifri ochiladi va protsessorning alohida qismlari bajaridigan mikrooperatsiyalar to‘plamiga o‘zgartiriladi.
Protsessorning komanda tizimi umumiy holatda quyidagi asosiy to‘rt guruhni o‘z ichiga oladi:

  • ma’lumotni uzatish-jo‘natish komandalari;

  • arifmetik komandalar;

  • mantiqiy komandalar;

  • o‘tish komandalari.




Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling