Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Operatsiya – bu maydon komanda mnemokodi ѐki assembler direktivasidan tashkil etiladi. Komanda kodi va operand orasi probel bilan ajratiladi. Operand


Download 1.23 Mb.
bet62/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Operatsiya – bu maydon komanda mnemokodi ѐki assembler direktivasidan tashkil etiladi. Komanda kodi va operand orasi probel bilan ajratiladi.
Operandbu registrlar, adreslar, metka va konstantalarning simvolik nomi. Konstantalar ikkilik (prefiks b, b‘1101101), o‘n oltilik (prefiks h, h’2asf) ѐki o‘nlik (prefiks yo‘q) sannoq sistemalarida aniqlanishi mumkin. Ikki operand mavjud bo‘lganda ularning orasi vergul bilan ajratiladi. Ba’zi komandalarda operandlar bo‘lmaydi va operandlar maydoni bo‘sh qoladi. Operandlar sifatidla Biron-bir ibora ham bo‘lishi mumkin. Assembler dasturini o‘rganishning dastlabki bosqichlarida ulardan foydalanmaslik ham mumkin.
Izoh – nuqtali vergul bilan boshlanadi. Agar dastur qatori nuqtali vergul bilan boshlansa, unda butun qator izoh hisoblanadi va unda har qanday simvollar istalgan ketma-ketlikda joylashishi mumkin. Izoh dasturni hujjatlashtirish va tushuntirish uchun ѐrdamchi vosita hisoblanadi. Lekin izohni ѐzaѐtganda shunga e’tibor qilish kerakki, qisqa vaqtdan so‘ng izoh avtorning o‘ziga ham tushunarsiz bo‘lib qolmasin.

Assembler direktivalari.


Assembler direktivalari (shartli komandalari) translyator ishini boshqaradi va mashina kodiga o‘girilmaydi. Hamma direktivalar metka va izohga ega bo‘lishi mumkin.
.ORG direktivasi – komandaning keyingi bajarilishida navbatdagi xotirada joylashadigan boshlang‘ich adresini aniqlaydi. .ORG direktivasi keyingi adresdan boshlanadi.
.END direktivasi oxirgi qatorda joylashadi va translyatorga dastur tugallanganligini ko‘rsatadi. Dasturda faqat bitta .END direktivasi bo‘ladi.
.EQU direktivasi (ekvivalentlik) mos ravishda konstanta, adreslar, registrlar va boshqa shunga o‘xshash simvolik nomlarga qo‘yiladi. Ba’zi holatlarda,masalan, adreslar, faqat .ORG direktivasini tahrirlash etarli.
.SET direktivasi xuddi .EQU direktivasi kabi ishlaydi, faqat .EQU dan farqli ravishda dasturda simvolik nomning qiymatini qayta aniqlab bir necha marta ishlatilishi mumkin. Bu turli qiymatlarda bitta simvolik nomdan foydalanish imkonini beradi.
.DB direktivasi xotira yacheykasini rezervlaydi va unga taqdim etilaѐtgan iborani joylashtiradi. Iboralar sifatida qo‘shtirnoq orasiga olingan simvollar zanjiri ishlatilishi mumkin. (masalan «STOP»).
.DW direktivasi .DB direktivasiga o‘xshash bo‘ladi, faqat farqi shuki har bir ibora ikkita xotira yacheykasida saqlanadi va simvollar zanjiriga yo‘l qo‘yilmaydi.
.RS direktivasi faqat xotira yacheykasini rezervlaydi. Ibora sifatida rezervlanadigan yacheykalar soni ѐziladi xolos.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling