Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet8/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Avtomatik boshqarish — texnologik operatsiyalarni belgilangan ketma- ketlikda avtomatik ravishda bajarilishini va boshqarish ob’ektiga nisbatan ta’sirlarning muayyan muttasilligini topshiriq bergichdan keladigan signal bo‘yicha ishlab chiqishdan iborat. Boshqaruvchi qurilma bosh Xo signalni qabul qilib uni boshqarish signali X ga aylantiradi va bajaruvchi qurilma BQ orqali boshqarish ob’ekti BO ga ta’sir qiladi (2, v - rasm).


Avtomatik rostlash sistemasining strukturasi


Har bir texnologik jaraѐn texnologik kattaliklar deb ataladigan o‘zgaruvchan fizik va kimѐviy kattaliklar (bosim, temperatura, namlik, konsentratsiya va hokazolar) bilan xarakterlanadi. Quyidagi sxema bo‘yicha avtomatik rostlash sistemasi elementlarini ko‘rib o‘tamiz.
I — g‘alaѐnlanuvchi ta’sirlar


    1. rasm. Avtomatik rostlash sistemasining bir konturli berk funksional sxemasi.

Qiymatni stabillash ѐki bir tekisda o‘zgarishini ta’minlash zarur bo‘lgan kattalikka rostlanuvchi kattalik deb ataladi. Rostlanuvchi kattalikning qiymatini stabillash ѐki ma’lum qonun bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlaydigan asbob avtomatik rostlagich deb ataladi. Rostlanuvchi kattalikning ayni paytda o‘lchangan qiymati rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati Xx deyiladi.


Rostlanuvchi kattalikninsh texnologik reglament bo‘yicha ayni vaqtda doimiy saqlanishi shart bo‘lgan qiymati rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati Xb deyiladi. Texnologik reglament rostlanuvchi kattalikning hozirgi va berilgan qiymatlarini vaqtning har bir onida teng bo‘lishini talab qiladi.
X—Xe — X rostlanaѐtgan kattalikning berilgan qiymatdan chetga chiqishi ѐki xato deb ataladi. Amalda ko‘pincha xomashѐning sarfi va tarkibi, apparatlardagi temperatura, bosim va boshqa turli kattaliklarning o‘zgarishi kuzatiladi. Texnologik jaraѐnning maqsadga muvofiq ravishda, oqib o‘tishiga teskari ta’sir ko‘rsatuvchi hamda sistemalardagi moddiy va energetik balansni buzuvchi o‘zgaruvchilar g‘alaѐnlanuvchi ta’sirlar deb ataladi.
Har bir boshqarish sistemasida kirish va chiqish kattaliklari bo‘ladi. Kirish katgaliklarga xom ashѐning boshlang‘ich holatini xarakterlovchi o‘zgaruvchi hamda vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan uskuna kattaliklari, texnologik jaraѐnning oqib o‘tishini aniqlovchi o‘zgaruvchilar kiradi. Kirish kattaliklari rostlanadigan va rostlanmaydigan bo‘lishi mumkin.
CHiqish kattaliklariga chiqariladigan maqsulot sifatini (kimѐviy tarkib, zichlik va boshqalar) xarakterlovchi ko‘rsatkichlar, shuningdek, hisoblash yo‘li bilan aniqlanadigan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar kiradi.
Moddiy va energetik balansga rioya qiladigan mashina ѐki apparat

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling