Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси
Download 1.23 Mb.
|
avtomatika maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’RUZA № 2
Boshqarish operatsiyasi ikki turga bo‘linadi: a) Jaraѐnni normal boshqarish;
b) Mashina va mexanizmlarni berilgan talablarni bajarish uchun tuzatish ѐki moslash bilan bog‘liq o‘rnatish operatsiyalari. Nazorat operatsiyasi quyidagilardan tuzilgan: a) Jaraѐn natijalarini berilgan talab bilan muvofiqligini tekshirish; b) Jaraѐn borishini berilgan talabdan o‘zgargan vaqtda (jaraѐn kattaliklarini normal qiymatdan o‘zgargan vaqtda ѐki avariya holatlarida) himoyalash operatsiyasi. Ishlab chiqarish jaraѐnlarini yaxshi olib borish uchun nazorat qamda boshqarish operatsiyalari bir-biri bilan bog‘liq olib borilishi zarur. CHunki nazorat operatsiyasini natijalari asosida boshqarish operatsiyalari yaratiladi. Ishlab chiqarishning borishida odamni ishtiroki jaraѐn borishini nazorat-o‘lchov asboblari ѐrdamida kuzatish qamda mashina va mexanizmlar ishini boshqarishdan iboratdir. Avtomatlashtirish ierarxik strukturaga ko‘ra 3 bosqichda olib boriladi: 1-bosqich. Xususiy avtomatlashtirish; 2-bosqich. Kompleks avtomatlashtirish; 3-bosqich. To‘liq avtomatlashtirish. Xususiy avtomatlashtirishda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan asosiy ishlab chiqarish jaraѐnlari avtomatlashtiriladi. Bunda alohida agregat, apparat ѐki texnologik qurilmalar alohida-alohida avtomatlashtiriladi. Kompleks avtomatlashtirishda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish jaraѐnlari avtomatlashtiriladi. Alohida sexlar, texnologik bo‘lim va texnologik tizimlarini avtomatlashtirish kompleks avtomatlashtirishning mazmuni bo‘lib hisoblanadi. To‘liq avtomatlashtirishda esa bir-biriga bog‘liq asosiy va ѐrdamchi ishlab chiqarish jaraѐnlari avtomatlashtiriladi. Bunda ishlab chiqarish korxonasi to‘liqligicha avtomatlashtiriladi (zavod-avtomat, sex-avtomat, restoran-avtomat va hokazolar). MA’RUZA № 2Avtomatikaning asosiy tushunchalari Reja Avtomatikaning asosiy tushunchalari. Boshqarish prinsiplari. Boshqaruvchi tizimlarning turlari. Rostlash algoritmlari. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling