Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Fanning asosiy masalalari


Download 1.23 Mb.
bet3/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Fanning asosiy masalalari


Avtomatika asoslari va mikroprotsessor texnikasi fani dinamik sistemalarda mavjud bo‘ladigan bog‘lanishlar va avtomatik boshqarishlarning umumiy qonunlarini o‘rganadigan kibernetikaning texnikaga oid tarmog‘i bo‘lib, avtomatik tizimlar nazariyasini, ularni hisoblash va qurish prinsiplarini o‘z ichiga oladi, texnologik jaraѐnlarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiladigan tadbiqiy fan hisoblanadi.
Kibernetika – grekcha so‘z bo‘lib, «boshqarish» degan ma’noni bildiradi va uning muhim amaliy ahamiyatg egaligi shundaki, u avtomatlashtirish fanining nazariy asoslarini o‘z ichiga oladi.
Kibernetika jonli organlar, jamiyat va mexanizmlardagi boshqarish qonunlari o‘zoro o‘xshash va umumiy bog‘lanishda ekanligini tasdiqlaydigan fandir. Bunda turli fizik tabiatga xos bo‘lgan tizimlardagi boshqarish jaraѐniga umumiy nuqtai nazardan qaralib, ular uchun boshqarishning yagona matematik nazariyasi yaratilishi mumkinligi aytiladi. Kibernetika avtomatlashtirish fanining nazariy asoslarini o‘z ichiga oladi. Kibernetika fani uch asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.

  1. Texnik kibernetika - sanoat kibernetikasi (avtomatika). Bunda sanoat ishlab chiqarishi ob’ektlaridagi avtomatik boshqarish jaraѐnlari va avtomatika qurilmalari o‘rganiladi.

  2. Biokibernetika. Bunda biologik tizimlardagi boshqarish jaraѐnlari o‘rganiladi.

  3. Iqtisodiy kibernetika. Bunda iqtisodiy tizimlar (xalq xo‘jaligi) dagi boshqarish jaraѐnlari o‘rganiladi.

Kibernetika ma’lumotlar va ularni tartibga solish ishlari bilan shug‘ullaniladi.
Murakkab dinamik sistemalarni boshqarish haqidagi fan – texnik kibernetika alohida (lokal) avtomatik rostlash sistemalaridan tortib hozirgi vaqtda vujudga kelaѐtgan murakkab agregat, sex va zavod ishlab chiqarishini boshqarishning «odam-mashina»dan iborat avtomatlashtirilgan sistemalarining nazariy asoslarini o‘rganadi.
Avtomatika asoslari va mikroprotsessor texnikasi kursi texnik kibernetikaga tegishli bo‘lib, sanoat ishlab chiqarishini avtomatik boshqarish, rostlash va boshqa avtomatlashtirishga oid masalalarni o‘rganadi.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling