Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet6/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Tayanch so‘zlar: texnologik jaraѐn, avtomatlashtirish, boshqarish, kibernetika, boshqarish algoritmi, funksionallash algoritmi, sistema

Avtomatik boshqarish nazariyasining asosiy tushunchalari


Ilmiy-texnika taraqqiѐtining samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdir.
YAngi maqsulot (buyum) tayѐrlash uchun yo‘nalgan ishlab chiqarish jiqozlari kompleksi moddiy va energetik oqimlar xomashѐ ѐki yarim tayѐr mahsulotga ishlov berish va qayta ishlash usullarining vaqt bo‘yicha ketma-ket almashishiga texnologik jaraѐn deb ataladi.
Ishlab chiqarish jaraѐnlarini to‘g‘ri kechishi ѐki optimal olib borilishi uchun sistemani boshqarish algoritmiga muvofiq ularga aniq ta’sirlar yuborilishi talab qilinadi. Berilgan funksionallash algoritmini bajarish uchun boshqariladigan ob’ektga tashqaridan beriladigan ta’sirlar xarakterini aniqlaydigan ѐzuvlar to‘plamiga boshqarish algoritmi deyiladi.
Biror bir qurilmada (boshqariladigan ob’ektda) ѐki sistemada ishlab chiqarish jaraѐni to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydigan ѐzuvlar to‘plamga funksionallash algoritmi deyiladi.
Har bir sistemada boshqaruvchi va boshqariladigan asosiy qismlar bo‘lib, ular o‘rtasida to‘g‘ri va teskari bog‘lanishlar mavjud.
Kibernetika — boshqarish maqsadida qabul qilish, saqlash va qayta ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan har qanday tabiatli sistemani o‘rganadigan fan. Uning predmeti esa boshqarish qonunlarini o‘rganishdir.
Kimѐ-fizikaviy jaraѐnlar va ularni ishlash uchun kerak bo‘lgan qurilmalar to‘plamiga sistema deyiladi.
Sanoatda sistema texnologik jaraѐn, agregat, mashina, apparat, qurilma, ishlab chiqarishni nazorat va boshqarish qurilmalarini o‘z ichiga oladi. Har qanday ishlab chiqarish jaraѐnini avtomatik boshqarish sistemasi bir-biri bilan uzviy bog‘langan qismlardan iborat: Texnologik boshqarish ob’ekti (TBO) va boshqarish qurilmasi (BQ).



  1. rasm. Texnologik ob’ektlarni avtomatik boshqarish sistemasining struktura sxemasi.

Avtomatik sistemalarni kichik va katta sistemalarga bo‘lish mumkin. Kichik sistemalar ishlab chiqarish jaraѐni xossalari bilan aniqlanib u bilan chegaralanadi. Katta sistemalar zsa kichik sistemalardan son va sifat jihatidan farq qilib, kichik sistemalar to‘plamidan iboratdir.
Hozirgi zamon hisoblash texnikasi va avtomatik qurilmalarning rivojlanishi natijasida texnologik jaraѐnlarda avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari TJABSni qo‘llash talab qilinmoqda.
Texnologik boshqarish ob’ekti (TBO) — texnologik jihoz va unda ishlab chiqarish jaraѐni reglamentiga muvofiq ravishda kechadigan texnologik jaraѐnlar to‘plamidir. TBO ga quyidagilar kiradi:

  1. Texnologik agregat va qurilma (qurilmalar guruhi);

  2. Sexlar ѐki texnologik maydonlar;

  3. Ishlab chiqarish majmuasi.

Qabul qilingan boshqarish kriteriyasiga muvofiq texnologik jaraѐnlarni boshqarish uchun qo‘llaniladigan qurilma texnologik jaraѐn avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi (TJABS) deyiladi. TJABS boshqarish kriteriysi — boshqarish ta’siri natijasida texnologik ob’ektni sifatini sonli aniqlaydigan nisbatdir. (Masalan, mahsulot tannarxi, ish unumdorligi, sifat ѐki chiqariladigan mahsulotning texnik ko‘rsatkichlari).

Texnologik jaraѐnlarda odamlarning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling