Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


-rasm. Rostlash ob’ektining o‘tish xarakteristikasi


Download 1.23 Mb.
bet16/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

9-rasm. Rostlash ob’ektining o‘tish xarakteristikasi.


Tizimni zvenolarga ajratish. Zvenolarni matematik ifodalash va ularning asosiy turlari. Zvenolarning statik va dinamik xarakteristikalari.
Har qanday qurilmaning tuzilishi bir necha oddiyroq bo‘lgan elementlardan tashkil topganidek, har qanday avtomatik boshqarish sistemasini ham qator bir- biriga bog‘langan elementlar – bo‘g‘inlar (zveno) dan tashkil topgan deb qarash mumkin. SHuni aytish lozimki, ABS ni tasvirlashda ikki xil tasvirdan (sxemadan) funksional va tuzilish (struktura) tasvirlardan foydalaniladi. Odatda ABS funksional sxemasi tuzilganidan so‘ng tuzilish tasviriga o‘tiladi. ABS tuzilish tasviri uning asosiy xususiyatlarini aniqlash, barqarorligi va boshqarish jaraѐni sifatini tahlil qilish, kerak bo‘lganda sistemani moslash (korreksiyalash) imkonini beradi.

Struktura usulining umumiy ta’rifi.


Struktrura usuli vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi signallarni o‘zgartirishning matematik tomonini alohida elementlar va butun sistema orqali grafik tasvirlashdan iborat.
Struktura usullar berilgan dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha sistema tuzilishini chizish qoidasini, sxemani tahlil qilishda uning xarakterli nuqtalari orasidagi sistema uzatish xususiyatlarini aniqlash maqsadida berilgan strukturalarni ekvivalent ekvivalent o‘zgartirish usullarini va nihoyat sistemani sintezlashda uning tuzilishini aniq bir maqsadga yo‘naltirgan holda o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi.
Struktura usullarini alohida dinamik elementlarga qo‘llash ularning ichki tuzilishini echishga imkon beradi. Bu o‘z navbatida elementlarda kechuvchi jaraѐn mohiyatini ochiq-oydin tushunishga va ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ѐki nomaqbul ichki bog‘lanishlarning ta’sirini yo‘qotuvchi qo‘shimcha tashqi bog‘lanishlar tashkil qilish yo‘li bilan xususiyatlarni yaxshilashga imkon beradi.
Struktura usullar vazifasiga bo‘g‘inlar va butun sistemaning differensial tenglamasini to‘la echish kirmaydi, ammo batafsillashtirilgan tuzilish qidirilaѐtgan echimni olish vazifasi yuklangan EHMda bevosita ishlatiladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling