Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Struktura sxemalarini o‘zgartirish


Download 1.23 Mb.
bet18/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Struktura sxemalarini o‘zgartirish


ARS larni tahlilining qulayligini ta’minlash uchun murakkab struktura tasvirlarini oddiyroq sxemalarga o‘zgartirishni bilish lozim. ARS struktura sxemasini o‘zgartirish yo‘li bilan yangi sxemani, dastlabkisiga faqat kirish yo‘li va chiqish yo‘li ta’sirlariga ekvivalent sxemani olamiz. O‘zgartirish sxemani soddalashtiruvchi uzel va jamlagichlarni ko‘chirish, alohida konturlari ayqash bo‘lmagan bog‘lanishli sxemalarni olishdan iborat. Har bir kontur ekvivalent uzatish funksiyali bitta bo‘g‘in bilan almashtiriladi va ARS sxemasi odatda hamma ta’sirlari (beriluvchi y0 , toydiruvchi f0) kirish yo‘liga keltirilgan namunaviy strukturaga keltiriladi. (10-rasm). uzel va jamlagichlarni ko‘chirish signal uzatilishi yo‘nalishiga mos ѐki qarama-qarshi bo‘lishi mumkin.

10-rasm. ARS ning namunaviy strukturasi.



11-rasm. Struktura o‘zgartirishlarning asosiy qoidalari.

Tizimning xususiyatini korreksiyalash, ketma-ket va parallel korreksiyalash.


Korreksiyalashda qayta bog‘lanishdan ifodalanish
ABS ni sintezlashda uning asosiy elementlari (boshqarish ob’ekti, datchiklar, ijrochi qurilmalar) berilgan deb hisoblanadi va uni shunday korreksiyalash lozim, sistemaning istalgan sifati (berilgan aniqligi, tezkorligi, barqarorlik ko‘lami) ta’minlansin.
Sintezlash masalasining echimi umuman olganda bir ma’noli, chunki berilgan sifat ko‘rsatkichlarini qanoatlantiruvchi bir ma’noli, ammo turli korreksiyaga ega bo‘lgan ABS larni yaratish mumkin. ABS ni shunday loyihalash lozimki, korreksiyalovchi qurilmalar (KQ) oddiy bo‘lishi, korreksiya esa oddiygina amalga oshishi lozim.
Hozirgi vaqtda logarifmik xarakteristikalardan foydalanib korreksiyalash usullari eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, miminal fazaviy sistemalar uchun faqat LACHX ni qo‘llash kifoyadir. (12- rasm).

12-rasm. ABS ni korreksiyalash.


Texnik topshiriq asosida korreksiyalangan sistema LACHX LK(w) quriladi. SHu bilan birga dastlabki sistema ma’lum xarakteristikalari bo‘yicha LD(w) quriladi. Ikkala LACHX ni taqqoslash asosida hamda keyingi texnik amalga oshirishning soddaligi nuqtai nazaridan korreksiya sxemasi (ketma-ket, teskari bog‘lanishli, kombinatsiyalashgan) tanlanadi. Undan keyin korreksilovchi qurilma LACHX i LKQ(w) topiladi va tanlanadi. Turli korreksiya sxemalari va mos KQ larni ko‘rib, ulardan eng yaxshisi tanlanadi.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling