Avtomatika elementlarining prinsipial sxemalarda grafik ifodalanishi
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatika elementlarining prinsipial sxemalarda grafik ifodalan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Umumiy tushunchalar
Nazorat savollari
1. Tеrmоrоstlаgichni 2 tа RK 1 RK 2 vа R1 R2 rеzistоrlаri sxеmаsi qаndаy shаkldа ulаngаn? 2. Rеmоrоstlаgich sxеmаsidа qаysi elеmеnt dаtchigi vаzifаsini bаjаrаdi? 3. Muhitning hаrоrаti оshgаndа qаysi qаrshilikning qаrshiligi kаmаyadi? 19 5-LABORATORIYA ISHI QADAMLI IZLAGICHNI O‘RGANISH VA SINOVDAN O‘TKAZISH 1.Ishning maqsadi Asbob bilan bevosita tanishish, avtomatika sxemalarida qadamli izlagichning ulanishi sxemasini va ishlash printsipini o'rganish. 2. Umumiy tushunchalar Qadamli izlagich (taqsimlagich) elektromagnitli ko'p qatorli o‘zgich- taqsimlagichlardan iborat. U telemexanika va hisoblash qurilmalarining apparati hisoblanadi. Bundan tashqari u aloqa uskunalari va ko‘p sonli obyektlarni boshqaradigan avtomatik sistemalarda qo‘llaniladi. Qadamli izlagichlar elektr sxemalarni vaqt bo‘yicha ulab, ajratish va ko'pincha chiqishdagi elektr zanjirlarini bitta kirish zanjiriga ketma-ket ulashda qo‘llaniladi yoki teskarisi, kirish zanjirini ketma-ket chiqish zanjiriga ulashda. Qadamli izlagich (5.1-rasm) uchta asosiy qismlardan: rotor, stator va elektromagnit mexanizmidan iborat. Rotor harakatlanuvchi qism bo‘lib, unda shchyotka 3 o‘rnatilgan. Shchyotka qo‘zg‘almas kontaktlarni ikki tomondan o‘rab turgan ikkita parallel prujinadan iborat. Stator bir-biridan izolyatsiyalangan qo‘zg‘almas plastinkalardan (lamellardan) terilgan. U lar (a, b, v) kontaktli maydonlar hosil qiladi. Har bir kontaktli maydonning nollik kontakti (2) va aniq sonli qo‘zg‘alms kontakti (1) bor. Elektromagnitli harakatlanuvchi mexanizm tishli g‘ildirak 4, turtki 5, yakor 6, o‘zak 7, elektromagnit cho‘lg‘am 8, prujinalardan 9 iborat. U to‘g‘ri va teskari harakar qilishi mumkin. To‘g‘ri harakat yuritmasi yakorni cho‘lg‘amga tortish jarayonida rotorni joyidan siljitadi, teskari harakat yuritmasi esa, yakorni qo‘yib yuborganda (chulg‘amni tokdan ajratganda) siljitadi. Qadamli izlagich va to‘g‘ri harakat yuritmasining ishini ko‘rib chiqamiz (1- rasm). Cho‘lgamga (8) kuchlanish berilganda yakor (6) o‘zak 7 ga tortiladi va turtki 5 bilan tishli gildirak 4 ning tishidan itaradi. Buning oqibatida rotor ko‘zlangan burchakka (qadamga) buriladi va shchyotkalar keyingi kontaktga otishadi. Cho‘lgam 8 da kuchlanish ykolgan paytda prujina 9 harakat mexanizmini avvalgi holatga qaytaradi. Shunday qilib, qadamli izlagichlar nol kontakt (2), shchyotka (3) va har bir kontaktli maydon lameli (1) dan o‘tadigan elektr zanjir hosil boladi. Shu bilan birga qadamli izlagichning 10- ajratuvchi kontakti va 22-nol holatidagi chekka ajratuvchi kontaktlari mavjud. Bu kontaktlar qadamli izlagichning boshqarish sxemasida qo‘llaniladi. qadamli izlagichlarning shartli belgilanishi: ShI-26/8. Bunda 26-lamellari, 8- kontaktli maydonlar soni. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling