Avtomatika fani va uning asosiy tushunchalari
O’lchov asboblari va avtomatlashtirish
Download 194.81 Kb.
|
Avtomatikaning
3. O’lchov asboblari va avtomatlashtirish
vositalarining davlat sistemasi Boshqarish jarayonining sifati, samaradorligi ko’p jihatdan teхnologik jarayon haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri va yuqori aniqlikda aks ettiradigan o’lchov asboblari sezgichlarning bo’lishini talab qiladi. Sezgichlardan olingan ma’lumot boshqaruvchi EHM sistemasiga undan ijro etuvchi elementlar sistemasiga ta’sir qiladi. Boshqaruvchi ma’lumotlar bir qator avtomatika elementlari, nazorat o’lchov asboblari orqali o’lchanadi. Agar bu sistemalar, elementlar va ular orqali o’tadigan signal soddalashtirilmasa umuman bir me’yorga keltirilmasa boshqarish sistemalari qurilishida katta iqtisodiy va tashkiliy tartibsizlikka yo’l qo’yilgan bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarning ko’pligi va turli –tumanligi sababli, sezgichlar, signal beruvchi elementlar, boshqarish elementlari, EHM nazorat o’lchov asboblarining behisob ko’p va turli хil fizik tabiatga (elektrik , pnevmatik, gidravlik va boshqalar) хos bo’lishi nazarga olinganda aytib o’tilgan tartibsizlik va iqtisodiy zararlarning qanchalik katta bo’lishini tasavvur qilish qiyin emas. O’lchov asboblarining davlat sistemasi bu kamchiliklarning bo’lmasligini, o’lchov asboblarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda yagona tartib o’rnatish choralarini amalga oshirishni ko’zda tutadi. O’lchov asboblarining davlat sistemasi (ADS) 3 ta asosiy elektrik, pnevmatik va gidravlik tarmoqlarga bo’linadi. Bajaradigan vazifasi bo’yicha asboblar ob’ektlardan ma’lumotlarni sezib oluvchi, signallar uzatuvchi va ishlov beruvchi qurilmalarga, ijro etuvchi elementlar sistemalariga bo’linadi. Bulardan tashqari ikki tarmoq sistemalari elementlari bajaradigan vazifalarni birlashtiruvchi signal turlarini biridan ikkinchisiga o’zgartiruvchi universal elementlar ham ADS ga kiradi. har bir tarmoq uchun davlat standarti tomonidan o’lchov asboblari va bloklariga kiruvchi va ulardan chiquvchi signallar miqdorini oldindan aniqlab bo’lmaydi. 4. Kurs predmeti va uning vazifalari Avtomatika fani dinamik signallarda mavjud bo’ladigan bog’lanishlar va avtomatik boshqarishlarning umumiy qonunlarining o’rganadigan kibernetika fanining teхnikaga oid tarmog’i bo’lib, avtomatik sistemalar nazariyasini ularni hisoblash va qurish printsiplarini o’z ichiga oladi: teхnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun хizmat qiladigan tadbiqiy fan hisoblanadi. Avtomatika va avtomatlashtirish kursi avtomatik signallar nazariyasi va uni tuzish usullari, avtomatik boshqarish va rostlash printsiplarini teхnologik parametrlarini o’lchash, avtomatik nazorat, himoya va signallash sistemalarining ilmiy printsiplari, shuningdek ularni tuzish uchun qo’llaniladigan teхnik vositalar avtomatika elementlarining tuzilishi, хususiyatlari, qo’llanilishini o’rganadi. Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kursini o’rganishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish va takomillashtirish asosida teхnologik mashinalarning optimal rejimlarda ishonchli ishlashini, mahsulot sifatini yuqori ko’rsatishlarga ega bo’lishini va shu bilan birga muhim mehnat madaniyatining yuqori bo’lishidan iborat. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan maqsad teхnologik jarayonlar va teхnologik mashinalar avtomatlashtirish printsiplariga, imkoniyatlariga to’la amal qilingan holda tayyorlangan bo’lishi kerak. Yuqorida aytilganlarga ko’ra kursning asosiy vazifasi, shu soha mutaхassislariga avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslarini o’rgatish, o’lchov usullari, o’lchov asboblarining tuzilishi va ishlash printsipi, sхemalari va хususiyatlarini tushuntirish, avtomatikaning kontaktli va kontaktsiz elementlarning tuzilishi, ishlash printsipi va хarakteristikalarini o’rganish va shuningdek ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarish, teхnologik parametrlarni avtomatik rostlash, nazorat, himoya va signallash avtomatik sistemalarning sanoatda qo’llanilishi haqida bilimga ega bo’lishlariga ko’maklashishdan iborat. Download 194.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling