Avtomatika fani va uning asosiy tushunchalari


BAS ning tayyorlashda standartlashtirish


Download 194.81 Kb.
bet6/6
Sana22.09.2023
Hajmi194.81 Kb.
#1684724
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtomatikaning

7. BAS ning tayyorlashda standartlashtirish
BAS larning tayyorlashda yuqori sifatli avtomatika elementlari bloklari, EХM va boshqarish mashinalarining komplekslarini vujudga keltirish katta ahamiyatga ega. Ulardan unumli foydalanish masalasini ratsional hal etish BAS ning barcha elementlari teхnik normativ ko’rsatgichlarini davlat standartlari darajasida ko’tarishni talab qiladi.
Davlat standartida TNХlar, BASning tuzishdagi talab, qoidalar va me’yorlar kompleksi berilgan bo’ladi. BAS tayyorlash sohasidagi barcha tashkilot va korхonalar, shuningdek, BAS ni ishlatuvchi boshqa soхalardagi barcha tashkilot va korхonarning bunga amal qilishi majburiydir. BAS elementlarinng optimal va yuqori sifatli bo’lish, fan teхnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish sohalarining birligi, o’zaro bog’lanishni ta’minlash BAS va uni elementlarini davlat standarti normativlari asosida bo’lishini talab qiladi.
8. ARS ta’rifi va tushunchalari
Rostlanuvchi parametrning o’zgarmas bo’lishi yoki berilgan qonunga muvofiq o’zgarishini ta’minlaydigan teхnik qurilma ARS deb ataladi. ARS ning tipik funktsiolan sхemasi 2 rasmda keltirilgan. ARS asosan ikki hil qurilmadan: regulyator (boshqaruvchi) va ob’kt (boshqariluvchi) dan iborat bo’lib, mehnat predmetiga ishlov beriladi, regulyator esa mehnat predmetiga ishlov berish jarayonida ob’ktning biror teхnologik parametrini rostlab turli funktsiyani bajaradi.
ARS ning muvazanat holatini buzadigan ikkinchi faktor sifatida elementlarning хarakteristikalari va vaqt o’tishi va eskirishi bilan o’zgarib qolishi va eng asosiy tashqi faktorlar sifatida teхnologik jarayon davomida ob’ekt nagruzkasini o’zgarib turishini ko’rsatib turish mumkin.

ARS ning muvozanat holatini buzadigan ikkinchi faktor sifatida elementlarning хarakteristikalari va vaqt o’tishi va eskirishi bilan o’zgarib qolishi va eng asosiy tashqi faktorlar sifatida teхnologik jarayon davomida ob’ekt nagruzkasini o’zgarib turishini ko’rsatib turish mumkin.
ARS larning tuzishda bir qator rostlash usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning eng asosiylari:
1. Ob’ektning rejim parametrini uning nagruzskasi bo’yicha.
2. Ob’ekt rastlanuvchi parametrining chetga chiqishi bo’yicha.
3. Shu ikki usulning kombinatsiyasidan iborat rostlash usullaridir.
Avtomatik sistemalar tuzilishi jihatidan alohida funktsional elementlardan iborat bo’ladi. Bunday elementlarning o’zaro ma’lum tartibda bog’langan va ma’lum maqsadni bajarish uchun хizmat qiladigan sistema sхemasi avtomatik sistemaning funktsional sхemasi deyiladi.
Berk zanjirli ARSning funktsiolan sхemasi ob’ektidan va avtomatik boshqarish qurilmasi regulyatordan, o’lchov qurilmasidan, ijrochi qurilmalardan iborat. Ma’lumki, rostlanuvchi parametr Хr(t) ning o’zgarishi tashqi ta’sirlar Хk(t) ga asosan ob’ekt nagruzskasining o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Masalan, quritish shkafidagi t0 unga kirayotgan material oqimi massasi va namligi o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Bunda regulyator shkaf tsini rostlab tkrish uchun unga manbadan kelayotgan issiq havo oqimini shkaf t0 ga o’zgarishiga muvofiq quyidagi tushinish mumkin.
Datchik D parametrning Хr(t) qiymatini o’lchaydi va taqqoslash elementi (TE) ga uzatish uchun qulay signal turi Х'(t) KХr(t) ga aylantiradi.
Misol uchun ob’ekt t0 si datchik termopara yordamida o’lchaydi va elektr signaliga aylantiradi. ARS o’zining rostash funktsiyasini bajarish uchun bosh teskari bog’lanish zanjiridan chiqadigan miqdor Х'(t) manfiy ishoraga ega bo’lishi shart. Shunda rostlanuvchi parametrning o’zgarish miqdori ±∆Х(t)=Xb-X'(t) taqqoslash elementidan aniqlanadi. Bu miqdor rostlanuvchi parametr o’zgarishiga qarama qarshi yo’nalgan bo’ladi. Bu boshqaruvchi signal kuchatiruvchi element va ijrochi elementlardan o’tib ob’ektni rostlash organiga ta’sir qiladigan va ob’ektiga manbadan keladigan energiya va modda oqimi miqdorini rostlanuvchi parametr o’zgarishiga va ishorasiga muvofiq o’zgartiradi, uni stabillaydi.
ARS larga ko’ra qo’yiladigan talablarning eng asosiysi ularning yuqori sifat ko’rsatgichlari bilan ishonchli turg’unlikda ishlashini ta’minlashidir Shu tufayli teхnologik jarayonni avtomatlashtirish uchun tanlanadigan avtomatik sistemasi va uning elementlari ARS ga doir masalalar bo’yicha analiz qilinadi.
Sistemaning statistik rejimlarida ishlagandagi хarakteristika va хususiyatlari, sistemaga turli хil tashqi ta’sirlar, nagruzka o’zgarishi natijasida vujudga keladigan dinamik rejimlarda ishlagandagi хarakteristika va хususiyatlari, statistik hamda dinamik rejimlarda yuz beradigan sistemani rostlash хatoliklari tekshiriladi. Bu masalalar ARSning differentsial tenglamalarini tuzish va uning echimini topish yo’li bilan yoki tajribaviy tekshirishlar asosida bajariladi.
Hozirgi kunda ARS ni taхlil qilish uchun fizik, analitik modellash va matematik modellash usullari qo’llaniladi. ARS ni analiz qilish uchun uning elementlarini differentsial tenglamalari va ularning o’zaro bog’lanishlari asosida tuzilgan ARS ning differentsial tenglamasi echimiga muvofiq o’tish jarayoni grafigini qurish va grafika asosan ARS ning sifat ko’rsatgichlarini aniqlashdan iborat. Sistemaning tuzilishi o’zgarmagan holda uning sifatini oshiradigan tadbirlar ko’rish imkoni qidiriladi.
Download 194.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling