Автоматика, телемеханика ва ало=а =урилмалари


Download 118 Kb.
bet2/8
Sana25.10.2023
Hajmi118 Kb.
#1721613
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu (1)

Menejment fanining mazmuniga iqtisodiyotni boshqarishda qo‘llaniladigan nazariy va metodologik asoslar, boshqaruv tizimi va uni tuzishdagi tashkiliy shakli, xo‘jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari, boshqaruv texnikasi va texonlogiyalari kiradi. Bundan tashqari bu fanning mazmuniga boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi munosabatlar kiradi.
Menejment fanining vazifasi talabalarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sir-asrorlarini o‘rgatishdan iborat.
Menejment-inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tili lug‘atida berilgan ta’rifi bo‘yicha u boshqaruv hokimiyati va san’atini bildiradi. Menejment-bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayoni. Menejment-iqtisodga taalluqli, bozor munosabatlariga asoslangan alohida boshqaruv turi. Menejment-boshqaruvni tashkil qilish, rahbarlik qilish ma’nosini bildiradi. Boshqaruv-bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov. Boshqaruv, bu hamisha hukmronlik, insonlar ustidan amr etishlik, lekin hokimlik oqilona bo‘lishi lozim. YAxshi rahbar xodimlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi.
Menejment-bozor iqtisodining ilmiy dunyoqarashi bo‘la turib, uning butunlay boshqa belgilarini aks ettiradi. Masalan, barcha turdagi mulkka ega bo‘lish huquqi, shaxsning o‘zini-o‘zi iqtisodiy aniqlash, ya’ni har bir kishi o‘zi ishlab topgan boyligiga erkin egalik qilishi, tovar ishlab chiqarishda iqtisodiy erkinligi, ijtimoiy himoyaning keng chora-tadbirlari.
Menejer-bu tashkilot saviyasining har qanday darajasida xizmatchi hisoblanadi, u odamlar harakatini o‘z maqsadiga erishishga yo‘naltiradi. Menejer-istarasi issiq, ochiq ko‘ngilli, aqlli va irodali bo‘lishi kerak. U jismonan barkamol, yaxshi fikrlaydigan, o‘z aqliy qobiliyati nimalarga qodirligini bilishi, vijdon amriga quloq soladigan bo‘lishi kerak. Rahbar-menejer, odamlar bilan ishlaydi, ularning kasbiy yutuqlari va xavfsizligi uchun javob beradi, vazifalarini bajarish uchun ularning kuch-g‘ayratini uyushtiradi va uyg‘unlashuvini amalga oshiradi.

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling