Avtomatika va elektrotexnika
Download 1.21 Mb.
|
2019- emt kb laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
- 6 .1 – rasm. CHastotaviy boshqariladigan asinxron elektr yuritmaning sxemasi ( a ) va xarakteristikalari ( b )
Nazorat savollari Sxemani ishlashini tushuntiring.? Tavsiflarni izoxlang.? 6-LABORATORIYA ISHI "Elektr mashina kuchaytirgich - Generator - Motor" tizimida tezlik va kuchlanish bo‘yicha yopiq tizimini statik tavsiflarini tadqiq qilish. Ishning maqsadi: "Elektr mashina kuchaytirgich - Generator - Motor" tizimida tezlik bo‘yicha yopiq tizimini statik tavsiflarini tadqiq qilish. "Elektr mashina kuchaytirgich - Generator - Motor" tizimida kuchlanish bo‘yicha yopiq tizimini statik tavsiflarini tadqiq qilish. Invertorni boshqarish, chastota o‘zgartkichning chiqishidagi chastotasi va kuchlanishi qiymatlarini aniqlovchi fb va Ub signallar orqali amalga oshiriladi. Ushbu signallar boshqarish sxemasida shakllantiriladi. Uning tarkibiga tezlik rostlagichi TezR, tok rostlagichi TokR, tezlik TT va tok TD datchiklari, yig‘uvchi kuchaytirgichlar Σ1 va Σ2 (proporsional rostlagichlar), TezR signalini chegaralash bloki CHB, funksional o‘zgartirgich FO‘ va jadallashtirish topshiriqgichi JT kiradi. 6.1 – rasm. CHastotaviy boshqariladigan asinxron elektr yuritmaning sxemasi (a) va xarakteristikalari (b) Tezlik rostlagichi TezR jadallashtirish topshiriqgichiga JT va yig‘uvchi kuchaytirgich Σ1 bilan birgalikdagi fsignali yordamida elektr yuritmaning turg‘un va o‘tish rejimlarida dvigatelning tezligi va tezlanishini talab darajasida rostlashni ta’minlaydi. Dvigatel stator toki va momentni chegaralash, tok rostlagichi TokR tomonidan dvigatel stator toki ustama (ustavka) toki I dan kichik, TokR chiqishdagi tok esa nulga teng va boshqarish sxemasi berilgan tezlikni ushlab turish rejimini ta’minlaydigan bo‘lganda amalga oshiriladi. Stator toki ustama toki I dan ortib ketganida, TokR chiqishdagi signal keskin ortadi, shuning xisobiga yig‘uvchi kuchaytirgich Σ1 chiqishdagi signal xam kamayadi. Bu dvigatel statoridagi kuchlanish xamda chastotani pasayishiga olib keladi va shu orqali dvigatelning stator toki va momenti chegaralanadi. Funksional o‘zgartkich FO‘ (xarakteristkasi, uning 6.1, a-rasmdagi shartli ko‘rinishining ustida 0abc siniq chiziqlar ko‘rinishida ko‘rsatil-gan) chastota o‘zgartkichning chiqish kuchlanishi va chastotasi o‘rtasidagi talab qilinayotgan nisbatni ta’minlaydi. 0a kesimda o‘zgartkich chiqishidagi boshlang‘ich kuchlanish xosil qilinadi, u kuchlanishni kichik chastotalarida dvigatel statori cho‘lg‘amlaridagi kuchlanishni tushishini oldini olish uchun kerak bo‘ladi. ab kesim chastota va kuchlanishni proporsional o‘zgarishini (chastotaviy boshqarish qonuni U/f = const) ta’minlaydi, bunda dvigatelni magnit oqimi o‘zgarmasdan ushlab turiladi. bc kesimda esa statordagi kuchlanish qiymati o‘zgarmay turadi, bunda uning chastotasi ortib ketishi mumkin. Stator zanjiridagi kuchlanish tushishini dvigatel magnit oqimining qiymatiga va shu orqali uning momentiga ta’sirini kamaytirish uchun sxemada tok bo‘yicha musbat teskari aloqa (IR- qoplash deb ataluvchi) ko‘zda tutilgan. Uning signali yig‘uvchi kuchaytirgich Σ2 kirishiga beriladi. Dvigatel yuklamasi ortganda, uning toki ortadi va Ub signali ko‘payadi, shu xisobga o‘zgartkichning chiqish kuchlanishi xam ortadi, shu sababli esa stator cho‘lg‘amlaridagi kuchlanishning tushishi qoplanadi. Zamonaviy elektr yuritmalarda 6.1, a-rasmdagi boshqarish bloklarini xosil qilish mikroprotsessorli vositalaridan foydalanib amalga oshiri-ladi, uning ko‘rsatkichlari va xarakteristkalarini sozlash dasturiy yo‘l orqali sodir etiladi. Ushbu sxemada turli tezlik topshiriq Utez.t signal-laridagi dvigatelning mexanik xarakteristkalari 6.1, b-rasmda ko‘rsatil-gan. Ba’zi xollarda tezlikni talab bo‘yicha rostlash tezlik bo‘yicha teskari aloqasiz ochiq sxemada xam olinishi mumkin. Bu xolatda sxemada TezR va TG bo‘lmaydi, JT chiqishidagi signal esa bevosita yig‘uvchi kuchaytirgich Σ1 kirishiga keladi; qolgan barcha xollarda sxema o‘zgarishsiz qoladi. Nazorat savollari Sxemani ishlashini tushuntiring. Tavsiflarni izoxlang. Elementlarni vazifasini ayting. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling