Avtomatika va elektrotexnologiya


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana20.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
«Правка» menyusi 


 
Отменит ввод  - hujjat ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor qiladi. 

 
Повторит ввод - takrorlash 

 
Вырезат - hujjatning ajratilgan qismini muvaqqat xotiraga olish 

 
Копироват - nusxasini olish. 

 
Буфер обмена Office – Office dasturlarida xotiraga olingan ma‘lumotlar saqlanadigan 
joy. 

 
Вставит - muvaqqat xotiradan kursor ko‗rsatgan joyga qaytish 

 
Вставит как гиперссылку – tegishli hujjatga o‘tishni taiminlovchi belgi yoki simvol 
qo‘yish.  

 
Спестиалная вставка - boshqa ilova fayllarini qo‗yish.  

 
Очистит - bir donadan yo‗qotadi. 

 
Выделит все – hujjatni to‘lig‘icha belgilab olish. 

 
Найти – ko‗rsatilgan belgi yoki so‗zni qidirish.  

 
Перейти – ko‗rsatilgan  joyga o‗tish. 

 
Заменит - ko‗rsatilgan belgi yoki so‗zni almashtirish. 

 
Связи – obyekt bilan aloqalarni yangilash. 

 
Объект – ilovaga murojaat qilish. 
«Вид» menyusi - hujjatni ekranda tasvirlash menyusi 

 
Обычный - normal ko‗rinish 

 
Веб - документ  - asosiy hujjatni bir necha hujjatga bo‗lish 

 
Разметка Страницы - sahifalangan ko‗rinish 

 
Структура - shakliy ko‗rinish 

 
Област задач – hujjat bilan ishlash, tashkil qilishga oid buyruqlar ro‘yhati.  

 
Панел инструментов - asboblar paneli. 

 
Линейка – hujjat o‘lchamlarini chizg‗ich shaklida qo‘yish. 

 
Колонтитулы - sahifaning yuqori va quyi sarlavhalarini o‗rnatish 

 
Сноски – eslatmalar qo‘yish.  

 
Разметка – izoh qilish. 

 
Во вес экран - hujjatni butun ekranga yoyish 

 
Масштаб - hujjatni ekranda ko‗rinishini katta kichikligi. 
«Вставка»  menyusi 

 
Разрыв - hujjatni sahifalarga ajratish.  

 
Номера страниц - sahifalarni raqamlash. 

 
Дата и время - sana va vaqtni. 

 
Автотекст - odatda ko‗p ishlatiladigan jumlalardan foydalanish. 

 
Поле - maydon shaklini sozlash. 

 
Символ - ixtiyoriy shriftdagi belgini qo‘yish. 

 
Примечания – аlohida izohlar qo‘yish. 

 
Ссылка – ko‗rsatmalar qo‘yish. 

 
Веб-компонент – WEB-komponent qo‘yish. 

 
Рисунок – rasmlar qo‘yish.   

 
Организастионная диаграмма – tashkiliy diagrammani qo‘yish. 

 
Надпис – qat‘iy chegaralangan matn qo‘yish. 

 
Файл – hujjatni tegishli joyiga boshqa bir faylni qo‘yish. 

 
Объект – biror bir amaliy dastur yoki fayllardan ma‘lumot qo‘yish. 

 
Закладка - hujjatning zarur joylarini belgilash. 

 
Гиперсылка - ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash.  
 
«Формат»  menyusi 

 
Шрифт - shrift tanlash 

 
Абзац - obzats o‗lchamlarini o‗rnatish  

 
Список - abzatslardan ro‗yxat tashkil qilish 


 
Границы и заливки - o‗rnatish, jadval chiziqlarini chizish, fonni o‗zgartirish 

 
Колонки - ustunlarni o‗rnatish 

 
Табулястия - tabulyatsiya ustunlari 

 
Направление текста – matn yo‘nalishini tahrirlash. 

 
Регистр – belgilarni tahrirlash. 

 
Фон – hujjatga fon berish. 

 
Тема – dasturda o‘rnatilgan format turini tanlash. 

 
Рамки – ramkalarni tahrirlash. 

 
Автоформат - hujjatlarni avtomatik ravishda formatlash. 

 
Стили и форматирования  - hujjat formatlash shakllarini tanlash. 

 
Показат форматирование – hujjatning formatlangan holati to‘grisidagi ma‘lumot berish. 

 
Объект – hujjatdagi mavjud obyektlarni tahrirlash.  
«Сервис»  menyusi 

 
Правописание – hujjat to‘gri yozilganligini tekshirish.  

 
Язык - imloni tekshirishda tilni ko‗rsatish 

 
Исправит поврежденный текст – noto‘gri yozilgan yoki buzilgan matnni to‘grilash. 

 
Статистика - hujjat haqida ma‘lumot berish 

 
Автореферат - matn imlosini avtomat tarzda tekshirib avtoreferat tayyorlash. 

 
Исправления  - matnni o‗zgartirilgan, belgilangan joylari bilan ishlash. 

 
Сравнит  и  объединит  исправления  -  matnni  o‗zgartirilgan,  belgilangan  joylarini 
taqqoslash va umumlashtirish.  

 
Установит защиту - hujjatni tahrirlashdan himoyalash. 

 
Совместная  работа  –  boshqa  foydalanuvchilar  bilan  bir  vaqtning  o‘zida  tarmoq  orqali 
birga ishlash. 

 
Писма и рассылки – hat va shu kabi hujjatlarni  tayyorlash. 

 
Средства в Интернете – Internet vositalaridan foydalanish. 

 
Макрос - makrokomandalar bilan ishlash 

 
Шаблоны и надстройки – Dastur shablon va boshqa parametrlari bilan ishlash. 

 
Параметры автозамены – avtomatik ravishda almashtirish parametrlari. 

 
Настройка - tugmachalar va buyruqlar majmuyini tashkil qilish. 

 
Параметры – taxrirlash, o‗zgartirish parametrlari bilan ishlash. 
«Таблица» menyusi 

 
Нарисоват таблицу - berilgan o‗lchamdagi jadvalni chizish.  

 
Вставит - berilgan o‗lchamdagi jadval, qator, ustun, yacheykani qo‗yish.  

 
Удалит - berilgan o‗lchamdagi jadval, qator, ustun, yacheykani o‗chirish  

 
Выделит - jadval, qator, ustun, yacheykani belgilash.  

 
Объединит ячейки – yacheykalarni birlashtirish. 

 
Разбит ячейки – yacheykalarni kataklarga bo‗lish. 

 
Разбит таблицу - jadvalni tegishli o‘lchamda bo‗lish.  

 
Автоформат таблицы - jadvalni avtomatik ravishda formatlash. 

 
Автоподбор  –  jadvalni  hujjat  oynasi,  tarkibi  bo‘yicha  to‘grilash,  qatorlar  va  ustunlarni 
teng o‘lchamlarga olib kelish. 

 
Заголовки – jadvalga sarlavhani o‗rnatish. 

 
Преобразоват - jadvalni matnga yoki matnni jadvalga keltirish. 

 
Сортировка - belgilangan ustun yoki satrdagi ma‘lumotlarni saralash. 

 
Формула – hisob-kitob ishlarini bajarish. 

 
Отображат сетку - jadval chiziqlarini chizish yoki o‗chirish. 

 
Свойства  таблицы - katakcha balandaligi va enini o‗rnatish 
«Окно» menyusi 

 
Новое - yangi darcha ochish. 

 
Упорядочит все - ekrandagi barcha darchalarni tartiblash. 

 
Разделит – hujjat darchasini bo‘lish. 

«Справка»  menyusi 

 
Справка -Microsoft Word - Microsoft Word haqida ko‗rsatma mundarijasini ochish. 

 
Показат помощника – Yordamchini ko‘rsatish. 

 
Что это такое – Biror bir ob‘yekt to‘grisida ma‘lumot olish. 

 
Office в Интернете – Internetda Office ma‘lumotlari. 

 
Активизироват продукт – Dasturni faollashtirish. 

 
Найти и восстановит – Ma‘lumotni qidirish va tiklash. 

 
О программе – Dastur haqida ma‘lumot olish. 
 
 
Word  matn muharririda yangi hujjatlar yaratish  bir necha usullar bilan amalga oshiriladi:  
1. Standart piktogrammalar qatorida piktogrammasi ustida sichqoncha bosiladi. Ekranda 
«toza  qog‗oz»    paydo  bo‗ladi.  Yangi  hujjat  ochilishini  oynaning  sarlavha  qatorida  Документ  
so‗zi yonidagi tartib raqamining o‗zgarishidan bilamiz. 
2.  Xuddi  shu  amalni  «Файл»  menyusidagi  «Создат»  (Yaratish)  buyrug‗i  orqali  ham 
amalga oshirish mumkin.  Bu holda ekranda quyidagi oyna namoyon bo‗ladi.   
Bu oynalarni savol-javob  (dialog) oynalari deb atashadi. Mazkur oynada tizim sizga bir 
nechta    andozalarni    (shablonlarni)  tavsiya  etadi.  Masalan,  hisobotlar  shakli,  fakslar,  xatlar, 
yozuvlar  va  boshqa  hujjatlar  andozalari  shu  yerda  jamlangan.  Siz  o‗z  hisobotingizni  mavjud 
andozaga solib yaratishingiz mumkin. 
Ma‘lumki,  yozuv  mashinkasida  matn  yozilganda  qog‗ozga  chegara  qo‗yiladi.  Bunda 
karetka  ma‘lum  joyga  kelgach,  qatordan  qatorga  avtomatik  ravishda    o‗tadi.  Shunga  o‗xshash 
amallarni  WORDda  bajarish  uchun  «Файл»  menyusidan  o‗rin  olgan  «Параметры  страницы» 
(Sahifa parametrlari) buyrug‗ini ishlatish lozim   
 
53-rasm. 
Namoyon  bo‗lgan  oynaning  «Поля»  qismida  qog‗ozga  chegaralar  (yuqori,  quyi,  chap, 
o‗ng tomonlardan) qo‗yiladi. Buning uchun har bir darchaning yonida tepaga va pastga qaragan 
uchburchaklar mavjud. Ular mos ravishda chegara enini  oshiradi va kamaytiradi. 
«Переплет»  darchasida  muqovalash  uchun  joy  qoldiriladi.  «От  края  до  колонтитула»  
qismida    sahifaning  chetidan  to    sahifaning  tartib  raqami      yozilishi  kerak  bo‗lgan  joygacha 
masofa ko‗rsatiladi. 
«Зеркалные поля» yozuvi oldida belgi qo‗ysangiz, hujjatda sahifalar kitobdagi kabi bir-
biriga aynan aks etadi. 
Hujjatning  bir  qismi  uchun  maydonlarni  o‗zgartirish  kerak  bo‗lsa,  o‗sha  sahifalarni 
belgilab    (Buning  uchun  mazkur  qism  boshlangan  joydan,  klaviaturadagi  Shift  tugmachasini 
bosgan  holda  klaviaturadan  pastga  qaragan  ko‗rsatkich  tugmachasini  bosib,  kerakli 
pozitsiyagacha  olib  borish  zarur),  Fayl  menyusidagi  «Параметры  страницы»  (Sahifa 
parametrlari)  oynasining  «Поля»  (Maydon)  qismida    chegaralarni  belgilash  kerak.  Shundan 
so‗ng  «Применит»    (qo‗llash)  ro‗yxatidan  «К  выделенному  тексту»  (Belgilangan  matnga) 
parametrini tanlash lozim. Belgilangan betlardan oldin va keyin avtomatik tarzda bo‗lim o‗zilish 
belgilari qo‗yiladi. Agar hujjat bo‗limlarga bo‗lingan bo‗lsa, kerakli bo‗lim ustida sichqonchani 
bir marta bosish kerak yoki bir nechta bo‗limni belgilab, maydonlarni o‗zgartirish kerak. 

Har  doim  bir  xil  chegara  qo‗llasangiz,  faoliyatingiz  boshida  bir  marta  chegaralarni 
o‗rnatib,  «По  умолчанию»    (Alohida  ko‗rsatmasiz)  piktogrammasini  sichqoncha  yordamida 
faollashtirib  qo‗ying.  Keyingi  hujjatlar  yaratish  jarayonida  sahifa  chegaralari  to  o‗zingiz 
o‗zgartirish  kiritmaguningizcha  o‗zgarmasdan  turadi.Oynaning  «Размер  бумаги»  (Kog‗oz 
o‗lchami)  qismida  qog‗oz  o‗lchami,  uning  holati    (gorizontal  joylashuv,  vertikal  joylashuv) 
o‗zgartiriladi A4 bichimli   (210x297mm) qog‗ozdan (Siz kurs ishlari,  referatlar, diplom  ishlari 
uchun  ishlatadigan  qog‗oz)  ko‗p  foydalaniladi.  Shu  qog‗ozning  teng  yarmi  —  A5  bichimni,  
ikkitasi esa — A3 bichimni tashkil etadi. 
Qog‗ozga  matnni  to‗g‗ri  va  ko‗ndalang  holatlarda    chop  etish  mumkin.  Buni 
«Ориентация» qismida aniqlab ketish  zarur. «Книжная» — to‗g‗ri chop etishni, «Албомная» 
— ko‗ndalang chop etishni anglatadi. 
Yozuv  mashinkasidan  farqli  o‗laroq,  kompyuterda  bir  necha  xil  shriftlar  mavjud. 
Bichimlash  panelida  joylashgan     
  darchasi  yonidagi  uchburchakni  bosib 
shriftlar  ro‗yxatini  chiqarib,  kerakli  shrift  tanlanadi  va  u  faollashtiriladi.  Mazkur  darchaning 
yonida  shriftlar  o‗lchovi     
  darchasi  joylashgan.  Undan    yuqoridagi  usul  bilan  kerakli 
o‗lchovni  tanlab  olib,  so‗ng  alfavit  turini  tanlash  kerak.  Klaviaturada  ikki  xil:  kirill  va  lotin 
harflari  mavjud.  Kerakligini  tanlab  olish  uchun  ekranning  quyida  joylashgan  masalalar 
panelidagi klaviatura indikatori ustiga sichqonchani olib borib, ro‗yxat ochiladi va hosil bo‗lgan 
ro‗yxatdan kerakli alfavit tanlab olinadi. 
Hujjatlarni saqlash 
 Hujjat  tayyor  bo‗lgandan  so‗ng  uni  saqlab  qo‗yish  lozim.  Buning  uchun  «Файл» 
menyusidagi «Сохранит как» buyrug‗ini ishlatamiz: 
 
  
54-rasm. 
 
Ekranda  namoyon  bo‗lgan  oynani  tahlil  etib  chiqaylik.  Papka  darchasida  hujjatni  eslab 
qolish  lozim  bo‗lgan  jild  yoki  disk  nomi  turadi.  Rasmda  «Мои    документы»    (Mening 
hujjatlarim)  jildi  aks  ettirilgan.  Agar  ro‗yxatdan  jildning  nomi  almashtirilmasa,  kompyuter 
hamisha  hujjatni  «Мои    документы»  (Mening  hujjatlarim)    jildiga  saqlaydi.  Agar  hujjatni 
disketada saqlash talab etilsa, ro‗yxatdan disk nomi tanlab olinadi (Disk 3,5 A). 
«Имя файла» (Fayl nomi) darchasida hujjatga nom beriladi. Uni kirill yoki lotin alifbosida 
berishingiz mumkin. Nom bir so‗zdan, jumladan, gapdan, sondan iborat bo‗lishi mumkin. «Тип 
файла» (Fayl turi) darchasida fayl turi tanlanadi. U doc, rtf, html  fayl yoki Word muharririning 
oldingi versiyalarida saqlanishi mumkin. 
Barcha  zarur  ma‘lumotlar  kiritilgandan  so‗ng,  «Сохранит»  (Saqlash)  tugmachasi 
bosiladi. Agar biror xatolik o‗tib ketgan bo‗lsa, «Отмена» (Bekor qilish) tugmachasi bosiladi.  
«Папка» (Jild) darchasidan keyin joylashgan piktogrammalar quyidagilarni bildiradi: 

 
Bir pog‗ona yuqoriga o‗tish, ya‘ni jildning ichidan yuqori -qatlamga chiqish; 

 
«Избранное»  («Tanlangan») jildini tanlash; 

 
Yangi jild yaratish; 

 
Jild va fayllarni ro‗yxat ko‗rinishida tasvirlash

 
Jild  va  fayllarni  jadval  ko‗rinishida    (hajmi,  yaratilgan  sanasi,  vaqti  va  h.k.)  tasvir 
etish; 


 
Jild va fayllarning xususiyatlarini aks ettirish; 

 
Buyruqlar va rejimlar piktogrammasi. 
Mazkur hujjatga  ishlov berish tugaganidan keyin  uni yopish zaruriyati tug‗iladi. Buning 
uchun «Файл» menyusidagi «Закрыт» (Yopish) buyrug‗ini faollashtirish lozim. 
Dastur  ishini  tugatmasdan  barcha  ochilgan  fayllarni  yopish  uchun  SHIFT  tugmachasini 
bosib, «Файл» menyusida «Закрыт все» (Barchasini yopish) buyrug‗ini faollashtirish kerak. 
Hujjatni tahrirlash va qo„shimcha ma‟lumotlar kiritish 
Mavjud hujjatni  taxrirlash uchun WORD dasturida aloxida buyruqlar to‗plami kiritilgan. 
Ularning barchasi «Правка» (To‗g‗rilash) menyusida jamlangan. 
Rasmlardan yoki matndan nusxa olish, joyini  o‗zgartirish mumkin. Matn va rasmlarni bir 
hujjatning  o‗zida,  shuningdek,  bir  hujjatdan  boshqasiga,  xatto  boshqa  ilovaga  ko‗chirish  va 
ulardan  nusxa  olish  mumkin.  Bu  ishlarni  yoki  amallarni  bajarishdan  oldin  matn  va  rasmlar 
belgilab olinadi. 
Matn va rasmlarni sichqoncha yordamida  belgilash: 

 
matnning ixtiyoriy  qismini  ajratish uchun siljitish amalini ishlatish kerak; 

 
so‗zni  belgilash uchun kursorni so‗z ustiga olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini 
ikki marta bosish kerak

 
rasmni ajratish uchun kursorni rasm ustiga olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini 
ikki marta bosish kerak; 

 
matnning qatorini  belgilash uchun kursorni   qatorning chap chetiga olib kelib, u o‗ngga 
yo‘naltirilgan  strelka  shaklini  qabul  qilgandan  keyin,  sichqonchaning  chap  tugmachasini    bir 
marta bosish kerak; 

 
matnning bir nechta qatorini   belgilash uchun  kursorni qatorning chap chetiga olib kelib, 
u  o‗ngga  yo‘naltirilgan  strelka  shaklini  qabul  qilgandan  keyin,    kursorni  pastga  yoki  yuqoriga 
siljitish kerak; 

 
gapni belgilash uchun CTRL tugmachasini bosib turgan holda gap ustida sichqonchaning 
chap tugmachasini  bir marta bosish kerak; 

 
abzatsni belgilash uchun  uning chap chetiga kursorni olib kelib, u o‗ngga yo‘naltirilgan 
strelka  shaklini  qabul  qilgandan  keyin  sichqonchaning  chap  tugmachasini  ikki  marta  bosish 
kerak;    yana  bir  usuli  —  Abzats  ustiga  kursorni  olib  kelib,  sichqonchaning  chap  tugmachasini  
uch marta bosish;  

 
butun  hujjatni    belgilash  uchun    kursorni  matnning  chap  chetiga  olib  kelib,  u  o‗ngga 
yo‗naltirilgan  strelka  shaklini  qabul  qilgandan  keyin  sichqonchaning  chap  tugmachasini    uch 
marta bosish kerak; 

 
kolontitullarni    belgilash  uchun  «Вид»  (Ko‗rinish)  menyusidagi  «Колонтитулы» 
buyrug‗ini  tanlash  lozim;  «Разметка»  (Belgilash)  holatida  turib,  kolontitullar  matni  ustiga 
kursorni  olib  kelib,  sichqonchaning  chap  tugmachasini  ikki  marta  bosish  kerak;  sung 
kolontitulning  chap  chetiga  kursorni  olib  kelib,  u  o‗ngga  yo‘naltirilgan  strelka  shaklini  qabul 
qilgandan so‗ng, sichqonchaning chap tugmachasini  uch marta bosish kerak;  

 
izohlar  va  xavovalarni    (snoskalarni)    belgilash  uchun  oynaning  mos  sohasida  
sichqonchani  bosib,  ko‗rsatkichni  matnning  chap  chetiga  olib  kelib,  u  o‗ngga  yo‗naltirilgan 
strelka shaklini qabul qilgandan so‗ng, sichqonchani  uch marta bosish kerak; 

 
matnning vertikal blokini  (jadval yacheykasi ichidagi matndan tashqari)  belgilash  
uchun siljitish davomida ALT tugmachasini bosib turish kerak.       
Amallarni bekor qilish. 
Bekor  qilinishi  zarur  bo‗lgan  amallar  ruyxatini  chiqarish  uchun  «Отменит»  (Bekor 
qilish)  tugmachasi oldidagi uchburchakli ko‗rsatkich bosiladi. 
Sichqoncha bekor qilinishi kerak bo‗lgan amal ustida bir marta bosiladi.   
Amalni  bekor  qilish  jarayonida  ro‗yxatda  undan  oldin  turgan  barcha  amallar  bekor 
qilinadi. 
 Oxirgi  bekor  qilingan  amalni  qayta  bajarish  uchun  «Отменит»  (Bekor  qilish) 
tugmachasi bosiladi. 

«Автофигуры»  (Avtoshakllar)  bo‗limini  ishlatsangiz  matnga  tayyor  geometrik  shakllar 
kiritish imkoniyatini qo‗lga kiritasiz. Masalan, to‗g‗ri to‗rtburchak, aylana, turli chiziqlar, har xil 
shaklli  ko‗rsatkichlar,  blok-sxemalar  elementlari,  yuldo‗zchalar,  bayroqchalar  va  h.k.    Shakllar 
o‗lchovini o‗zgartirish talab etilsa yuqorida rasm uchun bajargan amallarni takrorlang. Shakllar 
chegarasini,  aylanishini,  rangini,  soyasini  hamda  xajmli  effektlarni  qo‗llash  uchun  avtoshaklni 
belgilab,  rasm  piktogrammalari  qatoridagi  «Рисование»  (Chizish)  knopkalardan  foydalanish 
kerak: 
 
     1         2     3   4  5   6  7  8  9 10   11  12  13   14 15 16 17 18 
 
55-rasm. 
1.
 
Grafik  obyektlar  va  matn  o‗rtasidagi  tartibni  o‗rnatish,  grafik  obyektlarni  guruhlash, 
tarqatish,  qayta  guruhlash,  turni    o‗rnatish,  to‗rdagi  tugun  nuqtalarni  siljitish,  tekislash, 
taqsimlash, aylantirish, akslantirish va o‗zgartirish, avtoshakllarni o‗zgartirish uchun xizmat 
qiladi. 
2.
 
Obyektni tanlaydi. 
3.
 
Tanlangan obyektni ixtiyoriy burchakka aylantirish. 
4.
 
Tayyor geometrik shakllar. 
5.
 
Chiziqlar chizish. 
6.
 
Ko‗rsatkichli chiziqlar chizish. 
7.
 
Kvadrat yoki tug‗ri to‗rtburchak chizish. 
8.
 
Ellips yoki aylana chizish. 
9.
 
Faol oynada yozuv yaratish  (rasm yoki diagrammalarda, sarlavhalarda ishlatiladi). 
10.
 
WordArt ilovasidan foydalanish  (keyinroq batafsil ko‗rib chiqamiz). 
11.
 
Belgilangan obyekt ichidagi rangni o‗zgartirish, olib tashlash. 
12.
 
Belgilangan obyekt chiziqlari rangini o‗zgartirish, qo‗shish yoki olib tashlash. 
13.
 
Belgilangan matn shriftining rangini o‗zgartirish. 
14.
 
Chiziq turi  (belgilangan chiziq turi va qalinligini o‗zgartirish). 
15.
 
Shtrix turi  (belgilangan chiziqni  shtrix yoki punktir chiziq qilib jihozlash). 
16.
 
Ko‗rsatkich turi  (belgilangan chiziq uchun ko‗rsatkich turini tanlash). 
17.
 
Soya  ( belgilangan obyektga soya quyish). 
18.
 
Hajm  ( belgilangan obyektni hajmli qilish). 
 
Nazariy savollari 
1.
 
Microsoft Word matn muharriri qanday imkoniyatlarga ega? 
2.
 
Microsoft Word matn muharririni ishga tushirish usullarini aytib bering. 
3.
 
Microsoft Word interfeysi oynasining tuzilishini aytib bering. 
4.
 
Oynaning  o‗ng  yuqori  burchagida  joylashgan  piktogrammalar  qanday  vazifalarni 
bajaradi? 
5.
 
Menyular qatorida qanday  menyu turlari bor?  Ularning vazifalarini qisqacha tushuntirib 
bering. 
6.
 
Standart  va  bichimlash  uskunalar  panelidagi  piktogrammalarning  vazifalarini  aytib 
bering. 
7.
 
Matnning shriftlari va uning o‗lchami kanday o‗zgartiriladi? 
8.
 
«Автофигуры»  (Avtoshakllar) bo‗limi qanday imkoniyatlarga ega ? 
9.
 
Объект WordArt bo‗limi nima uchun ishlatiladi ? 
 
8-Mavzu. Elektron jadvallar bilan ishlashning zamonaviy vositalari. (2 soat) 
1.
 
MS Excel-elektron jadval bilan ishlashda zamonaviy vosita sifatida.  Dasturiy vositaning 
asosiy imkoniyatlari. 
2.
 
Yacheyka nomi va turlari. Yacheyka va formulalarni nusxasi. Taxrirlash.   
3.
 
Funktsiyalar ustasi. Saralash va filtrlash.  
4.
 
Diagrammalar ustasi. Jadvallarni yakuniy shakllari. CHop etish.  

5.
 
Muayyan fan tarmoqlarida MS Excel ni qo‘llash. 
 
Microsoft  Excel dasturi haqida umumiy ma‟lumotlar 
  
Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta‘minotining tarkibiy qismiga kiruvchi Microsoft 
office paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi Excel dasturidir. Excel  
WINDOWS  operatsion  qobig‗i  boshqaruvida    elektron  jadvallarni  tayyorlash  va  ularga  ishlov 
berishga mo‘ljallangan. 
  
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni  yechishga mo‗ljallangan bo‗lsada, uning 
tarkibiga  kiruvchi  vositalar  boshqa  sohaga  tegishli  masalalarni  yechishga  ham,  masalan, 
formulalar  bo‗yicha  hisoblash  ishlarini  olib  borish,  grafik  va  diagrammalar  qurishga  ham  katta 
yordam beradi. Shuning uchun Excel dasturini o‗rganish muxim ahamiyat kasb etadi va xar bir 
foydalanuvchidan Excel  bilan ishlay olish ko‗nikmasiga ega bo‗lish talab etiladi. 
Inson  o‗z  ish  faoliyati  davomida  ko‗pincha  biror  kerakli  ma‘lumot  olish  uchun  bir  xil, 
zerikarli,  ba‘zida  esa,  murakkab  bo‗lgan  ishlarini  bajarishga  majbur  bo‗ladi.  Microsoft  Excel 
dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir. 
Microsoft  Excel  elektron  jadvali    hisoblash  vositasi  sifatida  qaralib,  iqtisodiy  va 
moliyaviy  masalalarni  yechishda  yordam  beribgina  qolmay,  balki  xar  kungi  xarid  qilinadigan 
oziq-ovqatlar,  uy-ro‗zg‗or  buyumlari  hamda  bankdagi  hisob  raqamlari  hisob-kitobini    olib 
borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir. 
  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling