Avtomatika va elektrotexnologiya


Berilganlar bazalarida jadvallar bilan ishlash jarayonlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana20.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22669
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22

Berilganlar bazalarida jadvallar bilan ishlash jarayonlari 
1.  Berilganlar  bazalarini  boshqarish  tizimlari  darchasining  pastki  qismida  polya  nomera  zapisi 
(поля  номера  записи)  (tartib  raqamini  yozish  maydoni)  bo`lib,  bunday  maydonga  o`tish 
tugmalari bor bu esa jadval bo`yicha siljishni amalga oshiradi. 
2. Har bir yozuv chap tomonida yozuv markeri (маркер записи) tugmachasiga ega bo`ladi, shu 
tugmani bosish evaziga yozuv ajratib ko`rinadi va nusha olishga tayyorlanadi. 
3.  Ajratilgan  yozuvda  sichqoncha  o`ng  tugmasini  bossak,  kontekst  tavsiyanoma  muloqat 
darchasi chiqadi va uning buyruqlari orqali yozuv ustida ish bajariladi. 
4.  Jadvalning  chap  tomoni  yuqori  qismida  turgan  marker,  jadval  markeri  deyiladi,  uni  bossak, 
butun jadval ajratilib ko`rinadi, sichqoncha o`ng tugmasi bosilsa, kontekst tavsiyanoma muloqat 
darchasi ekranda paydo bo`ladi, uning buyruqlari bilan jadval ustida ish yuritiladi. 
5. Maydon sarlavhasida sichqoncha tugmachasini bossak, kerakli maydon ajratilib ko`rsatiladi.        
Запрос  (So`rov)  lar  tashkil  qilish-  Berilganlar  bazasiga  kirish  uchun  ―So`rov‖  dan 
foydalaniladi. Bu jarayon  Berilganlar bazasi  darchasining  Запрос  ―So`rov‖ bo`limida  yaratish 
tugmasini  bosish  bilan  boshlanadi  va  ekranda  quyidagi  muloqot  darchasi  paydo  bo`ladi. 
Berilganlar bazasi ga kirish uchun Запрос ―So`rov‖ tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi: 
     Конструктор- mustaqil ravishda yangi so`rovlar tuzish. 
     Простой запрос –(oddiy so`rov) mavjud aniq maydonlarni tanlab olish yo`li bilan so`rovlar 
tuzish. 
Перекрестный запрос-(qiyosiy so`rov) berilganlar bazasida mavjud bo`lgan bir necha 
jadval va so`rovlarni chatishmasidan yangi so`rovlar yaratish. 

Повторяющиеся  записи  –(takrorlanuvchi  yozuvlar)  jadvalda  yoki  so`rovlarda 
takrorlanuvchi yozuvlarni qidirib topish uchun so`rovlar tuzish. 
    
Записи без подчиненных- (bog`lanmagan yozuvlar)  joriy jadvalga mos kelmaydigan 
yozuvlarni qidirib topish uchun so`rovlar tuzish. 
Hullas,  Запрос  ―So`rov‖  yordamida  asosiy  Berilganlar  bazasidan  natijaviy  jadval 
tashkil  qilish  va  uni  qayta  ishlash  imkoniyati  paydo  bo`ladi.  ―So`rov‖  bilan  ishlaganda 
ma`lumotlarni saralash, jamlash, ajratish, o`zgartirish mumkin. Ammo bu amal ham bajarilganda 
asosiy Berilganlar bazasida hechqanday o`zgartirish sodir bo`lmaydi. Bundan tashqari, Запрос 
―So`rov‖  yordamida  ―natijalarni  hisoblash‖,  o`rta  arifmetik    qiymatini  topish,  yig`indi  hosil 
qilish yoki biror maydon ustida matematik amallar bajarish mumkin.  
Berilganlar bazasida ajratish uchun ― So`rov‖- Запрос hosil qilishning turlari ko`p, ammo 
eng  ko`p  qo`llaniladigani  Запрос  на    вўборку  (tanlashni  tashkil  qiluvchi  so`rov)  Accessda 
―So`rov‖ tashkil qilishning 3 ta usuli mavjud: avtomatik ravishda, qo`lda va master yordamida. 
“So`rov”  tashkil  qilish  uchun  maxsus  SQL  tili  mavjud,  ammo  bu  tilda  ishlash  ancha 
murakkab,  shuning  uchun  ham  Accessda  maxsus  ―Namunaviy  so`rov  blanki‖  tashkil  qilingan. 
Bunda  Запрос  “  So`rov”  elementlarini  darchalararo  tashish  orqali  amalga  oshirish  mumkin. 
Berilganlar  bazasiga  Запрос  “  So`rov”  bilan  kirish  «Создат»  sozdat  tugmasini  bosish  bilan 
amalga oshiriladi. Uning muloqat darchasi «Новўй запрос». Unda ―Конструктор‖ holatida ish 
yuritiladi,  shunda  berilganlar  bazasi  tuzilmasidan  kerakli  jadval  va  uning  maydonlari  Запрос  “ 
So`rov”  bo`yicha  tanlanadi,  jadval  tanlash  «Добавление  таблиц»  muloqat  darchasida  sodir 
bo`ladi.  
Bunda  berilganlar  bazasidagi  barcha  jadvallar  ro`yhati  ajratilgan  jadvallar  blankining 
yuqori qismiga Добавит,(qo`shish) tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.      
 
      
99-rasm. 
Namunaviy  “So`rov”  qog`ozini  (blankasini)  to`ldirish-  Namunaviy  qog`oz  blanka  2  ta 
paneldan  iborat  bo`ladi,  yuqori  qismida  “So`rov”  ga  asoslanadigan  jadvallar  ro`yhati  tuzilgan 
bo`ladi.  Quyi  qismida  esa  “So`rov”  tuzilmasi  bo`yicha  tuziladigan  natijaviy  jadval  o`z  aksini 
topgan  bo`ladi.  Blankaning  maydon  yoziladigan  sathida  jadvaldan  kerakli  maydon  nomlari 
ajratib  o`tkaziladi.  Jadval  nomi  kerakli  satrga  maydonlarni  ko`chirish  jarayonida  avtomatik 
tarzda yoziladi. 
Saralash” degan satrda “sichqoncha” tugmasi bosilsa, biror maydondagi ma`lumotlar 
saralanadi, “So`rov” blankida условия отбора (tanlash sharti) satri mavjud bo`lib, unda natijali 
jadvalni  qoniqtiradigan  shart  mezoni  joylashgan  bo`ladi.  Запрос  вид  “  So`rov”  vid  tugmasini 
bosish bilan natijaviy jadval hosil bo`ladi, natijaviy jadvaldan chiqish uchun ―вид‖ vid tugmasini 
yana bir bor bosish lozim bo`ladi. 
Bu jarayonlar uchun qo`yidagi jadval asosida ish olib boriladi. 
 
100-rasm. 

Parametrlar  bo`yicha  “So`rov”  tuzish-  bazan  foydalanuvchi  berilganlar  bazasidan 
muayyan  parametrlar  bo`yicha  ma`lumotlarga  muhtojlik  seziladi,  ana  shunday  vaziyatlarda 
Запрос  “So`rov”  ni  parametrlar  bo`yicha  tashkil  qilish  lozim  bo`ladi.  Shunday  maqsad 
qo`yilganda  SQL  tilining  mahsus  buyrug`i  LIKE  [...]  orqali  Запрос  “So`rov”  ni  tashkil  qilish 
mumkin, kvadrat qavs ichida foydalanuvchi uchun ihtiyoriy matn kiritish mo`ljallangan bo`ladi.  
Masalan, LIKE [mamlakat nomini kiriting] , ushbu buyruqni условие отбора (tanlash 
sharti) yozilgan satrga joylashtirish lozim bo`ladi, Запрос “So`rov” ishga tushirilgach, muloqat 
darchasi ochilib foydalanuvchi uchun parametr kiritish imkoniyati paydo bo`ladi. 
 
101-rasm. 
So`rovda hisoblash jarayoni- natijaviy jadvalda boshqa maydonlar bo`yicha hisoblashni 
tashkil  etish  natijalari  yoziladigan  maydon  hisob  maydoni  deyiladi,  bunday  maydon  nomi 
o`rniga hisoblash formulasi va kvadrat qavs yoziladi, ushbu jarayonni klaviaturaning Shift+F12 
tugmasini bosish bilan ham bajarish mumkin. 
Bunda  yordamchi  област  ввода  (kiritish  hududi)  muloqat  darchasi  ochilib,  unda  uzun 
formulalarni ham kiritish imkoniyati ochiladi, bazan hisoblash maydonini saralash maydoni ham 
qilish mumkin. Hisoblashni tashkil qiladigan Запрос  ham namunaviy so`rov blankida o`z aksini 
topadi.  Bunda  maydon  nomi  o`rniga  formula  yoziladi.  Formulaga  kvadrat  qavs  ichida 
hisoblanadigan maydon nomi ham kiritiladi. Ammo torgina maydonga uzun formulalarni kiritib 
bo`lmaydi.  U  holda  Shift+F2  tugmachani  bossak,  shunda  yordamchi  muloqat  darchasi  paydo 
bo`ladi va istalgan uzunlikdagi formulalarni kiritish imkoniyati paydo bo`ladi. 
Natijaviy  So`rov  tuzish  texnologiyasi-  So`rovlar  nafaqat  kerakli  ma`lumotni  olish  va 
uni  ishlash  uchun,  balki  natijaviy  hisoblashlar  tashkil  qilish  imkonini  ham  beradi.  Masalan, 
qandaydir  yozuv  (qator)  lar  guruhi  bo`yicha  o`rta  arifmetik  qiymatini  yoki  yig`indisini  topish 
kerak  bo`lsin,  bunday  holda  ham  namunaviy  sorov  blanki    yordamida  ish  bajariladi,  ammo 
yozuvlarni biror belgisiga qarab alohida guruhlarga jamlash talab qilinadi va bunda  guruhlash 
degan  yordamchi  qator  paydo  bo`ladi.  Ushbu    qatorni  namunaviy  blankaga  kiritish  uchun 
asboblar panelidagi Σga kursorni keltirib << sichqoncha>>  chap tugmasini bosish kerak. 
 
 
102-rasm. 
O`zgartirishlar  <>ni tuzish- Avtomatik ravishda yangi jadval tuzishda  yoki 
hisoblash  natijalari  asosida  jadval  hosil  qilishda  vaqtinchalik  natijaviy  jadval  tuziladi  va  bu 
jadvaldan yangisini hosil qilishda yoki o`zgartirishda foydalaniladi. 
 Bu holatda So`rovni o`zgartirishning bir necha usullari mavjud: 

 
jadval tuzish so`rovi, 

 
jadval tarkibidagi ma`lumotlarni yangilash so`rovi, 

 
yozuvlarni kiritish so`rovi, 


 
yozuvlarni yo`qotish so`rovi.                                                                                                                     
Buning uchun Запрос  tavsiyanomasidagi  Создат buyrug`i bilan Konstruktor tartibida 
ish yuritiladi. 
Forma  tashkil  qilish-  ma`lumotlarni  kiritish  uchun  kerakli  maydonga  ega  bo`lgan 
electron  blank  forma  deb  ataladi,  forma  tashkil  qilish  berilganlar  baza  darchasining  Форма 
(Forma)  bo`limida  Создат  (Sozdat)  tugmasini  bosish  bilan  boshlanadi  va  ekranda  qo`yidagi 
muloqat darchasi paydo bo`ladi. 
Ekranda hosil bo`lgan muloqat darchasida yangi forma tuzishning bir qator usullarini ko`rib 
chiqishimiz mumkin. 

 
Конструктор- (Konstruktor) mustaqil ravishda yangi forma tuzish. 

 
Мастер  форм-  (Forma  ustasi)  tanlangan  maydonlar  asosida  avtomatik  ravishda 
formalar tuzish 

 
Автоформа:  B-  столбец-  (ustun  ko`rinishida)  maydonlarni  avtomatik  ravishda  bitta 
ustunga joylashtirgan holda formalar tuzish; 

 
Автоформа:  Ленточная-  (lentasimon)  -  maydonlarni  avtomatik  ravishda  lentasimon 
joylashtirilgan holda formalar tuzish; 

 
Автоформа:  Табличная-  (jadvalli)  maydonlarni  avtomatik  ravishda  jadvallar 
ko`rinishida tuzish; 

 
Диограмма- diogrammalar ko`rinishida formalar tuzish; 

 
Жамловчи  жадваллар-  Exsel  jadvallari  bilan  solishtirish  usulidan  foydalanib 
formalar tuzish; 
Formalarni  tuzish  uchun  uni  tashkil  qiladigan  usullardan  biri  tanlab  olingach,  muloqat 
darchasining  pastki  qismida  forma  tuziluvchi  jadval  yoki  so`rov  nomi  ko`rsatiladi,  ma`lumki 
forma  asosan  boshqarish  elementlaridan  iborat  bo`lib,  uning  tashqi  ko`rinishi  shu  boshqarish 
elementlarini  rejali  joylashtirishga  bog`liq  bo`ladi.  Shuning  uchun  ham  formani  avtomatik 
ravishda  tashkil  qilish  avtoforma  buyrug`i  yordamida  amalga  oshirilishi  maqsadga  muvofiq 
bo`ladi. 
Автоформа  berilganlar  bazasi  darchasida  ―Создат‖  tugmasini  bosish  bilan  ―Новая 
форма‖ muloqat darchasini ochish bilan boshlanadi. Undan kerakli so`rov yoki jadvalni tanlab 
sichqoncha  chap  tugmasini  avtoforma  turlaridan  biri  ustida  2  marta  bosishni  amalga  oshirish 
kerak. 
Master yordamida forma tashkil qilish  esa 4 bosqichdan iborat bo`ladi: 

 
formaga kiritish mumkin bo`lgan maydonlarni tanlash; 

 
formaning tashqi ko`rinishini tanlash; 

 
formaning fon tasvirini tanlash

 
forma nomini berish; 
Forma tuzilmasining o`zi ham 3 qismdan iborat: 

 
forma sarlavhasi; 

 
ma`lumotlar beriladigan joy

 
eslatmalar satri 
Boshqarish  elementlari  asosan  ma`lumotlar  beriladigan  joyda  ifodalangan  bo`ladi. 
Boshqarish  elementlari  tagida  tasvirning  foni  joylashib,  u  formaning  ishchi  maydonini 
ifodalaydi, sichqonchani surish bilan bu o`lcham o`zgartiriladi. 
     
Shuni  eslatish  lozimki,  bazan  maydon  nomi  bilan  ma`lumotlar  joylashadigan  oraliqqa 
надпис (yozuv) kiritish mumkin. 

 
103-rasm. 
 
Yozuvlar  tashkil  qilish-  Elementlar  panelida  maxsus  boshqaruv  elementlari  mavjud 
bo`lib,  unga  va  formaga  mos  matnlar  ramkasini  hosil  qilish  mumkin.  Matn  kiritilganda  uni 
formatlashning  hojati  yo`q  matn  kiritilgach,  Enter  tugmasi  bosiladi  boshqarish  elementini 
formatlashda  avval  uni  ajratish  lozim  so`ngra  выбор  объекта  (obektni  tanlsh)  asbobidan 
foydalanamiz.  Boshqarish  elementini  ajratganda  uning  atrofida  8  markerli  ramka  hosil  bo`ladi, 
chegaralarini  siljitish  bilan  ramkani  siqish  va  cho`zish  mumkin  bo`ladi,  ramkaning  chapdagi 
yuqori markeri alohida ahamiyatga molik. 
 
Nazorat  savollari. 
 
1.
 
Ma‘lumotlar bazasi deganda nimani tushunasiz? 
2.
 
Qanday MBBT bilasiz? 
3.
 
MS Access dasturi qanday dastur hisoblanadi? 
4.
 
MS Accessning nechta obyekti mavjud? 
5.
 
MS Accessda obyektlarni yaratishning nechta usuli mavjud? 
6.
 
Modul yaratishda qaysi dasturlash tilidan foydalaniladi? 
 
 
14-Mavzu. Avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil qilish usullari. (2 soat) 
1.
 
Avtomatlashtirilgan o‘qituvchi va elektron kitoblar.  
2.
 
Masofali o‘qitish.  
 
Tashkilotni  boshqarishning  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimi  –  tashkilotning 
maqsadidan kеlib chiqadigan talablarga muvofiq axborotlarni yig`ish, qayta ishlash, taqsimlash, 
taqdim  etish  uchun  mo`ljallangan  standart  protsеduralar,  xodimlar,  dasturiy  vositalar,  asbob-
uskuna, ma`lumotlarning o`zaro bog`langan majmuidir.  
Mazkur  tizim  birgalikda  harakat  qiluvchi  kompyutеrlar  va  tеlеkommunikatsiyalar, 
kompyutеr  axborot  mahsulotlarini  ishlab  chiqish  va  qarorlar  qabul  qilishni  qo`llab-quvvatlash 
uchun  mo`ljallangan.  Shuni  qayd  etish  lozimki,  axborot  almashuv  jarayoni  insonning  eshitish, 
ko`rish, anglash a`zolari orqali qabul qilinadigan nutq, ma`lumot yoki tasvirlar bilan boshlanadi 
va  tugaydi.  Kеladigan-chiqadigan  bu  elеmеntlar  o`rtasida  kompyutеrlashgan  axborot  tizimida 
turli  darajadagi  elеktron  mahsulotlar  bo`ladi.  Bular-opеratsion  tizimlar,  ma`lumotlar  bazalarini 
boshqarish  tizimi,  amaliy  dasturiy  ta`minot  va  axborotning  o`zidir.  Ushbu  axborot  va  dasturiy 
vositalar  hamda  komponеntlardan  ko`pincha  aynan  bir  paytda  va  o`sha  vaqtda  foydalanib 
bo`lmaydi.  Shuning  uchun  ham  bunday  axborot  tizimlarining  o`ziga  xos  tomoni  shundaki, 
ma`lumotlarni qayta ishlash jarayoni vaqtida ular aralashib kеtadi. 
Ta`minlovchi qism axborot, tеxnik, matеmatik, dasturiy, tashkiliy, xuquqiy va lingvinistik 
ta`minotdan iborat bo`ladi. 
Axborot  ta`minoti  –  tashkilotda  aylanib  yuruvchi  axborotlarni  tashkil  etish  shakli, 
joylashtirilish hajmi  (axborotni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifitsiyalashtirish tizimi, 

axborot  oqimlarining  yagona  tizimi)  bo`yicha  loyiha  qarorlarining  shuningdеk  ma`lumotlar 
bazasi tuzilish uslubining majmuidir. 

ko`rsatkichlarni, 
ma`lumotnomalarni 
axborotni 
tasniflovchi 
hujjatlarning 
unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o`z ichiga oladi.  
Tеxnik  ta`minot.  Tеxnik  ta`minot  –  axborot  tizimi  ishi  uchun  mo`ljallangan  tеxnik 
vositalar komplеksi, shuningdеk, ushbu vositalar va tеxnologik jarayonlarga tеgishli hujjatlardir.  
Matеmatik  ta`minot.  Matеmatik  ta`minot  –  axborot  tizimida  vazifalarni  hal  etishda 
foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modеllari, matеmatik uslublari majmui. 
Dasturiy ta`minot – bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun 
dasturlar majmui, shuningdеk tеxnik vositalar komplеksining mе`yorida ishlab turishi dеmakdir. 
Dasturiy  ta`limot  tarkibiga  umumiy  tizimi  va  maxsus  dasturli  mahsulotlar,  shuningdеk 
tеxnik  hujjatlar,  jumladan:  opеratsion  tizimlar,  dasturlash,  tizimi,  dasturchining  asbob-uskuna 
vositasi,  tеst  va  tashhis  dasturlari,  tеlеkommunikatsiyaning  dasturiy  vositasi,  axborotni 
himoyalash,  funktsional  dasturiy  ta`minot  (avtomatlashtirilgan  ish  joylari,  ma`lumotlar  bazala-
rini boshqarish tizimi va hokazo). 
Umumiy  tizimli  dasturiy  ta`minot.  Ularga  foydalanuvchiga  mo`ljallangan  va  axborotni 
qayta ishlashning an`anaviy vazifalarini hal  etish uchun  bеlgilangan dasturlar komplеksi kiradi. 
Ular  kompyutеrlarning  imkoniyatlarini  kеngaytirish,  ma`lumotlarni  qayta  ishlash  jarayonini 
boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi.  
Maxsus dasturiy ta`minot. Aniq bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chiqilgan dasturlar 
majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o`xshash ishlab chiqilgan modеllar, ma`lum 
bir ob`еktning ishlashini aks ettiruvchi amaliy dasturlar pakеti kiradi.  
Uslubiy  ta`minot  va  tashkiliy  ta`minot  –  axborot  tizimini  ishga  tushirish  va  ishlatish 
jarayonida  axborot  tizimi  xodimlarining  tеxnik  vositalar  bilan  va  o`zaro  ta`sirini  bеlgilovchi 
mеtodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir. 
Ergonomik  ta`minot  (sharoit)  –  ish  joylariga,  axborot  modеllariga,  xodimning  ish 
faoliyatiga  nisbatan  turli  ergonomik  talablardan  iborat  hujjatlar,  ularni  amalga  oshirish  usullari 
to`plamidir.  
Maqsad – xodim ishining yuqori samaradorligini ta`minlash. 
Xuquqiy  ta`minot.  –  axborot  tizimining  xuquqiy  maqomi  va  uni  ishga  tushirishni 
bеlgilovchi  xuquqiy  mе`yorlar  majmuidir.  Axborotni  olish  qayta  o`zgartirish  va  foydalanish 
tartibi  bеlgilab  qo`yiladi.  Xuquqiy  ta`minotning  asosiy  maqsadi  qonunchilikni  mustahkamlash 
sanaladi.  Xuquqiy  ta`minot  tarkibiga  qonunlar,  farmoyish,  hukumat  organlari  qarorlari, 
buyruqlari,  yo`riqnomalari  va  vazirliklar,  idoralar,  mahalliy  hukumat  organlarining  boshqa 
mе`yoriy hujjatlari kiradi. 
Lingivinistik ta`minot – axborot tizimi xodimlari va tеxnik, dasturiy va axborot ta`minoti 
xodimlarining muloqot  tili  majmui (til  vositasi), shuningdеk, axborot tizimida foydalaniladigan 
atamalar majmui. 
Axborot  tizimining  funktsional  qismi  axborot  tizimining  vazifa  va  topshiriqlari 
bajarilishini  ta`minlaydi.  Amalda  bu  еrda  tashkilotni  boshqarish  tizimining  modеli  saqlanadi. 
Mazkur  tizim  doirasida  boshqaruv  maqsadlarining  funktsiyalarga  funktsiyalarning  esa  axborot 
tizimi  kеnja  tizimiga  o`zgarishi  ro`y  bеradi.  Kеnja  tizimlar  vazifalarni  amalga  oshiradi.  Ular 
tizimning  biror  bir  bеlgisiga  ko`ra  ajratib  ko`rsatilgan  qismidir.  Odatda  axborot  tizimida 
funktsional qism funktsional bеlgilariga ko`ra kеnja tizimlarga bo`linadi: 

 
boshqaruv darajasi (oliy, o`rta, quyi); 

 
boshqariladigan rеsurs turi (moddiy, mеhnat, moliyaviy va hakazo); 

 
qo`llanish sohasi (bank, jamg`arma bozori va hakazo); 

 
boshqaruv ishi va davri. 
Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimining funktsional qismi tarkibi 
va  mazmuni  ma`lum  bir  ob`еktga  bog`liq.  Axborot  tizimining  ta`minlovchi  qismi  tarkibi  va 
mazmuni turli ob`еktlar uchun bir xilda bo`ladi.  

Ekspеrt  tizimlari  -  ET(intеllеktual  komponеntli  axborot  tizimi)  EHMda  ma`lumotlar 
bazasidan  tashqari  yana  ikkita  –  bilimlar  va  maqsadlar  bazasi  mavjudligi  bilan  ajralib  turadi. 
Ma`lumotlar  bazalari  (MB)  boshqaruv  tizimi  va  ob`еktining  miqdoriy  formal  tavsifiga  ega; 
bilimlar  bazasi  (BB)  tashqi  muxit  haqidagi  noformal  sеmantik  tasavvurlar,  ob`еktlarning  ayrim 
sifat tavsifini, ular orasidagi munosabatlar, mumkin bo`lgan harakatlar, holatlar, abstraktsiyalar, 
strеotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modеllashtiriladigan ob`еktlar uchun xos bo`lgan 
o`zaro bog`liq maqsadlar, kеnja maqsadlar, ularga yеtishish usulublari va vositalari to`g`risidagi 
tasavvurga  ega.  Bunday  tizimlar  ijodiy,  ilmiy-tadqiqot,  loyiha-lashtirish,  boshqarish 
jarayonlarida juda dolzarb. 
Ekspеrt  tizimlari  inson  faoliyatining  aniq  turlari  bo`yicha  mutaxassislar  tajribasi  va 
bilimini to`plash, boyitish, rivojlantirish imkonini bеradi. 
 
Masofali o„qitish. 
Hozirgi  zamon  ta`lim  tizimida masofaviy o`qitish ta`limning qulay turi             sifatida 
kirib keladi. 
Masofaviy ta`lim mahlumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta`lim 
bilan  bir  qatorda  mahlumot  jarayonida  ta`limning  kompyuter  va  telekommunikatsiya 
texnologiyalariga asoslangan afzal anhanaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng 
foydalaniladi. 
Masofaviy  ta`limning  tarkibiy  qisimlari  quydagilar:  O`qituvchi,    o’quvchi  va 
kommunikatsiya. 
Masofaviy  ta`lim  vositasida  o‘quvchi  uchun  qulay  bo`lgan  joyda  individual  jadval 
asosida  mahsus  imkoniyatlar,telefon,elektron  aloqa  va  boshqa  ta`lim  vositalari  yordamida  bir 
maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo`lgan ta`lim jarayoni tashkil etiladi. 
Masofaviy  ta`limda  mahlum  maqsad  asosida  ta`lim  subhekti  va  obhektining  ta`lim 
vositalari yordamidagi o`zaro  tahsiri amalga oshadi. 
Mahlumot  jarayoni  o`ziga  hos  pedagogik  tizim  elementlarini  o`z  ichiga  oladi,  bular: 
ta`lim  maqsadi,  ta`lim  mazmuni,  ta`lim  metodlari  va  vositalari  ta`limning  tashkiliy  shakllari, 
nazorat qilish, o‘quv- moddiy, finans-iqtisodiy, normativ-huquqiy asoslar, marketing kabilar.  
Masofaviy  ta`lim  tizimi  insonparvarlik  printsipiga  asoslanadi.  YAhni  hech  kim 
kambag`allik,geografik  muammolar  ijtimoiy  himoyalanganlik  va  boshqa  sabablar  tufayli  bilim 
olish huquqidan mahrum bo`lmasligi lozim. 
Masofaviy  o`qitishda  o`qituvchi  talabaga  o‘quv  materialini  ―Internet‖  tizimi  orqali 
yuboriladi.  Ushbu  kurs  bo`yicha  ta`lim  olishni  istagan  o‘quvchilar  veb  saytga  murojaat  qilib, 
nazariy  bilimlarni  oladilar,  amaliy  topshiriqlarni  bajaradilar  va  o`qituvchiga  javobni  elektron 
pochta  (e-mail)  orqali  jo`natadilar.  O`qituvchi  o‘quvchi  tomonidan  bajarilgan  topshiriqni 
tekshirib,  javoni  yana  elektron  pochta  orqali  o‘quvchiga  yuboradi.  Zarur  bo`lsa  kerakli 
ko`rsatmalar beradi. 
O‘quv  jarayonida  o‘quvchi  darslikdagi,  elektron  kutubhona  va  elektron  darsliklardan, 
vidiokonferentsiyalardan foydalanadi. 
Masofada  o`qitish  bu  mustaqil  o`qishdir.  Mustaqil  o`qish  davrida  o‘quvchida  mustaqil 
fikrlash, o`z-o`zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi. 
Masofadan  o`qitishda  o‘quvchi  berilgan  dasturni  qanchalik  tez  o`zlashtirsa,  shunchalik 
tez o`qishini tugatadi va o`qitishni tugatganligi to`g`risida sertifikat oldi. 
Masofadan o`qitishning uslubiy vositalari quyidagilar: 
A) darslik,  
B) audio va videodarsliklar
V) veb-saytlar, 
G) elektron kutubhonalar, 
D) matnlar, 
E) elektron darsliklar. 

Albatta  foydalanuvchi  ihtiyorida  masofadan  ta`lim  olishda  multimediyali  kompyuter, 
modem va telefon orqali mavjud bo`lishi kerak. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling